Shayboniylar davrida
B uxoro xonligi m a ’m uriy jih a td a n
davlat boshqaruvi
viloyatlar va tu m an larg a b o ‘lingan.
Xonlikda oliy davlat idorasi tem uriylar
davridagidek dargoh deb atalgan. Uning tepasida xon turgan. Ijro
etuvchi hokimiyat ham aw algidek devon (vazirlik) deb atalgan.
Unga devonbegi (bosh vazir) rahbarlik qilgan. K atta nufuzga ega
b o ‘lgan devonbegi ayni paytda davlatning moliya va xo ‘jalik
ishlarini ham boshqargan. Biroq, shayboniylar davrida devon
faoliyati tem uriylar davridagidek nufuzga ega b o ‘lmagan. Bunga
dargohdagi m ansablar mavqeyining kuchli b o ‘lmaganligi sabab
b o ‘lgan.
Yana bir katta davlat mansabi — otaliq edi. Xon siyosatining
viloyatlardagi ta ’siri otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi
bilan belgilangan. Xon viloyatlami shalizodalarga taqsimlab berar
ekan, ularga rahnam o etib o ‘z nazoratcliisini, ishongan kishisini
tayinlagan. B unday n azo ratch i, ishonchli shaxs otaliq deb
24
atalgan. Balog‘atga yetm agan shahzodalar ulg‘ayib, m ustaqil
faoliyat yuritgunlariga q ad ar viloyatlardagi davlat ishlarini
ularning nom idan otaliqlar boshqargan.
Yana bir davlat m ansabi — parvonachi deb atalgan. Uning
vazifasi xon farm onlarini, rasmiy hujjatlarni m as’ul shaxslarga,
ijrochilarga yetkazishdan iborat b o ‘lgan.
Dodxoh m ansabida ishlagan am aldor dargohga tushgan
arizalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek,
dodxoh m am lakatda adolat mezonlariga am al qilinishini ham
nazorat qilgan.
M uhim davlat m ansablaridan yana biri — ко ‘kaldosh m an
sabi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina
tayinlangan. K o ‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolam ing m unosa-
batini o ‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta ’minlagan.
Xon va shahzodalar o ‘rtasidagi ichki m unosabatlar masalasi
bilan xon yasovuli m ansabida ishlagan am aldor shug‘ullangan.
Shayboniylar davlatida eshikog‘aboshi lavozimi ham m uhim
sanalgan. U dargoh xavfsizligi, undagi tartib ham da kelgan-
ketganlardan xabardor b o ‘lib turish masalalari bilan shug‘ul-
langan.
Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega b o ‘lgan
lavozim lardan yana biri shayxulislom hisoblangan. Shayxulislom
shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qozikalon b o ‘lgan am aldor esa sud ishlariga yetakchilik
qilgan.
Yana bir m uhim davlat lavozimi muhtasib (rais) deb atalgan.
Bu lavozimni egallagan amaldor m am lakatda jam oat tartibining
saqlanishini, diniy m arosim va am allarga rioya qilinishini
kuzatgan, bozorlarda narx-navo va tarozilarning t o ‘g ‘riligini
nazorat qilish bilan shug‘ullangan.
M ehtar lavozimiga tayinlangan m ansabdor esa zakot va
boshqa tushum lardan tushgan mablag‘larni zarur o ‘rinlarda ish-
latishni nazorat qiluvchi am aldor hisoblangan.
Xonlikda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, naqib
unvoniga sazovor b o ‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland
b o ‘lgan. C h u n o n ch i, u xonning yaqin va ishonchli kishisi
sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalala-
rida xonning maslahatchisi ham hisoblangan. Zarur b o ‘lganda
elchilik vazifasini ham bajargan.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |