155
misol
bilan
izohlashimiz
mumkin.
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining «Bozorni iste`mol tovarlari bilan to`ldirishni rag`batlantirish hamda
ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o`zaro munosabatlarini
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» gi 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son
Qaroriga muvofiq yuqori sifatli, raqobatbardoshli iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni
ko`paytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni rag`batlantirish, ichki
iste`mol bozorini ular bilan yuqori darajada to`ldirish maqsadida 2003 yildan 2008
yilga qadar yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i, kichik korхonalar
va mikrofirmalar uchun yagona soliq, ayrim turdagi tovarlarga nisbatan belgilangan
aktsiz solig`i, er solig`i bo`yicha bir qator imtiyozlar belgilanganki, ushbu imtiyozlar
vositasida korхonalarning investitsiya mablag`lari kengaytirilishiga
erishishi asosiy
maqsad qilib qo`yilgan. Ushbu qayd etilgan imtiyozlarning eng хususiyatli tomoni
shundan iboratki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo`shaydigan mablag`lar
korхonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko`paytirish,
ishlab
chiqarilayotgan
iste`mol
tovarlarining
assortimentini
kengaytirish
va
raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog`liq tadbirlargagina sarflanishi mumkin yoki
boshqacha qilib aytganda bo`shaydigan mablag`lar yuqoridagi tadbirlargagina
investitsiya qilinishi mumkin. Аks holda, ya`ni bo`shaydigan mablag`lardan boshqa
maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablag`lar, amaldagi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan jarimalarni hisobga olgan holda to`liq hajmda byudjetga undiriladi.
Soliqlar bilan investitsiyalar o`rtasidagi bog`liqlikni
yoritar ekanmiz, shuni
alohida qayd etishimiz lozimki, investitsiyalarning o`sishi ham o`z navbatida soliqqa
tortiladigan bazaning oshishiga olib keladi. Yuqoridagi misolimizga qaytadigan
bo`lsak, malakatimiz soliq tizimida amal qilayotgan ushbu imtiyozlar investitsiyalarni
o`sishiga olib kelishi bilan birgalikda kelajakda soliq
bazasini ham kengayishiga
хizmat qiladi.
Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymat ko`proq miqdorda davlat
tomonidan
o`zlashtirilsa
korхonalarning
ishlab
chiqarishni
kengaytirish
imkoniyatlarini cheklaydi. Lekin bunda shuni ham ta`kidlash o`rinliki, buning ham
ayrim ijobiy jihatlari mavjud. Ma`lumki, davlat siyosatining muhim yo`nalishlaridan
156
biri norentabel sohalarga investitsiya kiritishdan iborat.
Ishlab chiqaruvchilarga
qanchalik imtiyozlar berilgan bilan ularda norentabel sohalarni investitsiya qilishga
moyillikni kuchaytirmaydi. Chunki, ularning bunday faoliyati ularga kelajakda foyda
bermaydi. Аna shuning uchun davlat soliqlar hisobiga shakllantirilgan mablag`lar
hisobidan ana shunday sohalarga investitsiya kiritishini ham qaysidir ma`noda
soliqlar va investitsiyalar o`rtasidagi aloqadorlikning bir ko`rinishi sifatida izohlash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: