Q. R. Qarshiev Samisi dotsenti


Sezgi va ularning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/180
Sana03.12.2022
Hajmi1,77 Mb.
#877421
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180
Bog'liq
psixologiya

 
2. Sezgi va ularning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari. 
Tevarak-atrofdagi narsalar haqida, tovushlar va ranglar, hidlar va harorat,
miqdor va boshqa ko’plab narsalar to’g’risida biz sezgi organlari tufayli bilamiz.
Sezgi – bu oddiy psixik jarayon bo’lib, u moddiy olamdagi narsa va 
xodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, moddiy qo’zg’atuvchilar 
tegishli reseptorlarga bevosita ta’sir etgan taqdirda organizmda hosil bo’ladigan 
ichki holatlarga aytiladi. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilib sezgi 
hosil qildiradi. 
Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga 
yetkazib beradi. Miya bunday axborotni benixoya katta va tuganmas oqimini har 
daqiqada qabul qilib va qayta ishlab turadi. 
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona 
yo’llaridir. Biz moddaning Hech qanday shaklini, harakatning Hech qanday 
shaklini sezgilardan boshqacha yo’l bilan bila olmaymiz. Sezgi a’zolari kishiga 
tevarak-atrofdagi olamda mo’ljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha sezgi 
a’zolaridan maxrum bo’lib qolsa bormi, u o’zining atrofida nimalar yuz 
berayotganini bila olmas, atrofdagi odamlar bilan munosabatga kirisha olmas, 
ovqatni qidirib topa olmas, xavf-hatardan qutilib qola olmas edi.
Sezgilar mohiyatiga ko’ra obyektiv olamning subyektiv siymosidir. Lekin 
sezgilarning hosil bo’lishi uchun organizm moddiy qo’zg’atuvchining tegishli 
ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o’zi ham qandaydir ish 
bajarishi darkor. Bu ish yo faqat ichki jarayonlardan, yoki tashqi harakatlardan 
iborat bo’lishi mumkin. Lekin u hamisha bo’lishi shart. Sezgilar muayyan payt 
davomida reseptorga ta’sir o’tkazayotgan qo’zg’atuvchining o’ziga xos 
quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanishi jarayonida hosil bo’ladi.
Sezgi nerv sistemasining u yoki bu qo’zg’atuvchidan ta’sirlanuvchi 
reaksiyalari tarzida xosil bo’ladi va har qanday psixik xodisa kabi reflektor 
xususiyatiga ega. Qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga 
ta’siri natijasida hosil bo’ladigan nerv jarayoni sezgining fiziollogik asosi bo’lib 
hisoblanadi.


101 
Analizator uch qismdan tarkib topadi: 1. Tashqi quvvatni nerv jarayoniga 
o’tkazadigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo’lim (reseptor), 2. 
Analizatorning periferik bo’limini markaziy analizator bilan bog’laydigan 
yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan 
qochuvchi) nervlar, 3. Analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv 
signallarining qayta ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning 
o’zi bilan tugaydigan) bo’limlari. Sezgining hosil bo’lishi reflektor yoyi tufayli 
bo’ladi.
Aks etish xususiyatiga va reseptorlarning joylashgan o’rniga qarab 
sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 1. Eksterioseptiv sezgilar. Bularga 
tashqi muhitdagi narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan va tana 
yuzasini sezadigan sezgilar (ko’rish, eshitish, hid bilish, tam bilish, teri-
tuyg’u) kiradi. 2. Tananing ichki a’zolaridagi o’zgarishlarni sezadigan 
interioseptiv sezgilar. Bunga organik sezgilar kiradi. 3. Mushaklar va paylardagi 
holatni sezadigan prorioseptiv sezgilar. Bunga muskul-harakat sezgisi kiradi. 
Ular gavdamizning harakati va holati xaqida axborot beradi.
Eksterioseptorlar o’z navbatida yana ikki guruhga bo’linadi: kontakt va 
distant sezgilar. Kontakt sezgilarga teri-tuyg’u va ta’m bilish sezgilari kirsa, 
distant sezgilarga ko’rish, eshitish, hid bilish sezgilari kiradi. Hozirgi zamon 
fani ma’lumotlariga asoslanib sezgilarni tashqi va ichki sezgilarga bo’lish yetarli 
emas. Sezgilarning ba’zi bir turlarini tashqi-ichki deb hisoblasa ham bo’ladi.
Ularga harorat va og’riq, tam bilish va tebranish, mushak-bo’g’in va statik-
harkat sezgilari kiradi. 
Sezgilarga xos bir qancha qonuniyatlar mavjuddir. Avvalo sezgining hosil 
bo’lishligi uchun qo’zg’atuvchi ma’lum kuchga ega bo’lishi lozim. 
Qo’zg’atuvchi ta’sir etishi bilan sezga hosil bo’lmaydi, balki oradan 
ma’lum vaqt o’tadi. Bu vaqt 0, 02 sekunddan 0, 1 sekundga tengdir. Xuddi shu 
singari, sezgi hosil bo’lgach, ma’lum muddat davom etadi. Davom etish 
muddatiga qarab sezgilar qisqa va uzoq muddatli bo’ladi. Sezgilar kuchli va 
kuchsiz ham bo’lishi ham mumkin. Bu qo’zg’atuvchi kuchiga bog’liqdir.
Sezgi chegaralarga ham egadir. Uning quyi va yuqori chegarasi 
farqlanadi. Sezgirlikni mashq yo’li bilan yoki maxsus morfiy modda ta’sirida 
kuchaytirishga sensibilizasiya deyiladi.
Adaptasiya ham sezgiga xos xususiyatdir. Adaptasiya deb sezgi 
organlarining tashqi qo’zg’atuvchilarga moslashishiga aytiladi. Adaptasiyaning 
uch turi farq kilinadi: 
1. Qo’zg’atuvchining uzoq vaqt ta’siri natijasida sezgining yo’qolib qolishi. 
2. Kuchli qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgining zaiflashishi.
3. Kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgirlikning ortishi.
Sinesteziya – bu ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo’lib qo’shilib ketishi 
demakdir.

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish