162
4-amaliy mashg’ulot mavzusi: Shaxsning individual xususiyatlari.
Temperament. Xarakter. Qobiliyatlar.
Reja:
1. Shaxsning individual xususiyatlari so’zlarini eshitganingizda fikringizga
qanday so’zlar, iboralar keladi. (Aqliy xujum) - 5 daqiqa
2. Temperament tiplari va ularning psixologik xarakteristikasi.
(«Charxpalak» pedagogik texnologiyasi asosida) -15 daqiqa
3. Temperament tiplarini aniqlash testi orqali amaliy mashq -15 daqiqa
4. Xarakter. Qobiliyatlar (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali) 25 daqiqa
5. Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash testi orqali amaliy
mashq - 15 daqiqa
6. Darsga yakun yasash - 5 daqiqa
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik
tarqatma materiallar
1. Shaxsning individual xususiyatlari so’zlarini eshitganingizda fikringizga
qanday so’zlar, iboralar keladi. (Aqliy xujum) - 10 daqiqa
2. Temperament tiplari va ularning psixologik xususiyatlarini o’rganish, bu
haqida olingan ma’lumotlarni mustahkamlash va ushbu masala bo’yicha
talabalar o’zlashtirishi saviyasini aniqlash uchun «Charxpalak» pedagogik
texnologiyasini qo’llash mumkin. Buning uchun guruh 3 ta kichik guruhga
bo’linadi. Xar bir guruhga oldindan tayyorlangan quyidagi didaktik tarqatma
material beriladi. Uning yuqori qismiga chap tomonga guruh nomeri yoki
shartli nomi, o’ng tomonga guruh a’zoloari belgilash uchun tanlagan belgi
qo’yilishi va guruh muhokama qilib, jadvalning chap qismidagi 2 ustunda
ifodalangan 12 ta xulq atvor ko’rinishlari qaysi temperament tiplariga mos
kelishini belgilash taklif etiladi. Bu belgilar qo’yilgan qog’ozni (soat strelkasi
yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga uzatish talab etiladi. Keyingi guruh esa
yana guruh fikri bo’yicha tegishli belgilar bilan to’ldirishi va keyingi guruhga
uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, guruxlar fikrlari belgilangan qog’ozlar
charxpalak singari guruhlar orasida aylanib bo’lgach, natijalar muhokamasi
tashkil etiladi. Bunda jadvalning chap qismidagi 2 ustunda ifodalangan 12 ta
xulq atvor ko’rinishlari qaysi temperament tiplariga mos kelishi bo’yicha
belgilashlarda qanday bandlarda farqlar mavjud bo’lsa, shu banddagi xulq atvor
ko’rinishining muayan temperament tipiga mansubligi muhokama etilib,
umumiy bir to’g’ri xulosaga kelinadi.
«Charxpalak» pedagogik texnologiyasi uchun didaktik tarqatma material
Quyidagi xulq atvor xususiyatlari qaysi temperament tiplariga mos keladi?
Temperament tiplari
Xole-
rik
Sang-
vinik
Fleg-
Matik
Melan
-
xolik
163
Do'stlaringiz bilan baham: |