99
baland, goh past eshitiladi. Bir – biriga yaqin bo’lgan yorug’lik farqini ajratishda
ham xuddi shunday xodisa yuz beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari
hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo’lishicha, diqqat tebranishning davomiyligi uncha
katta bo’lmay, 1, 5 sekunddan 2, 5 sekundgacha yetadi.
Diqqatning bo’linishi – psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki,
bunda aynan bir vaqtning o’zida diqqatimiz ikkita va undan ortiq narsalarga
qaratiladi. Diqqat haqiqatan ham bo’linadimi? Bu sohada ko’plab
tajribalar
o’tkazilgan. Natijada, ayrim tadqiqotchilar diqqat bo’linadi desalar, boshqalari u
bo’linmaydi, aksincha bir faoliyatdan ikkinchi faolyaiga tez ko’chadi degan
xulosaga kelganlar.
Albatta, diqqatning bo’linishi uchun bajarayotgan ishlarimiz ma’lum
darajada avtomatlashgan bo’lishi lozim. Masalan, rulga yangi o’tirgan shofyor
tormozni bosaman deb gazni bosib yuboradi yoki mashinani boshqarishga
diqqat qilgan holda yo’ldagi chuqurlikni ko’rmay qoladi.
Diqqat xususiyatlaridan yana biri uning ko’chishidir. Diqqatning ko’chishi
deganda uning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez o’tishini tushunamiz.
Masalan, talabaning diqqati ma’ro’za tinglashdan uni yozishga, so’ng yozganini
tushunishga, yana ma’ro’za tinglashga tez ko’chib turadi. Diqqatning
ko’chishini olimlar komplikasiya degan asbob bilan o’lchaydilar.
Parishonxotirlik – bu diqqatning kerak bo’lganida
boshqa obyektga tez
ko’chmasligidir. Parishonxotirlik diqqatning salbiy xususiyati bo’lib
hisoblanadi. Uni ikki xil ma’noda tushinish mumkin: biri kerak bo’lganida
diqqatning ko’chmasligi bulsa, ikkinchisi, aksincha, uning bir faoliyat ustida
tuxtab turmasdan chalg’ib ketaverishidir.
Birinchi xil parishonlik ko’proq yozuvchilarda, olimlarda uchraydi.
Masalan, yozuvchi fikrga astoydil berilganligi sababli atrofidagi narsalarni, hatto
yonidagi odam murojaat qilayotganini ham sezmaydi.
Ikkinchi xil parishonxotirlikda odam biror
narsa ustida diqqatini uzoq
to’play olmaydi, bir narsadan ikkinchi narsaga, bir xodisadan ikkinchi xodisaga
tez o’tib turadi. Bu holat yosh bolalarda tez uchrab turadi, ya’ni ular aytilgan
gapni tez unutib qo’yadi. Diqqatning salbiy xususiyatlaridan yana biri uning
chalg’ishidir. Diqqatning chalg’ishi deganda uning asosiy faoliyatdan ikkinchi
darajali narsalarga o’tib ketaverishi tushuniladi. Masalan, sinfda o’tirgan
o’quvchi diqqatini qo’ldan tushib ketgan kalam tovushi ham,
deraza orqasida
eshitilayotgan odam tovushi ham chalg’itishi mumkin.
Diqqatning xususityalariga uning ko’lamini ham qo’shish mumkin.
Diqqat ko’lami jihatdan tor va keng bo’lishi mumkin. Buni biz taxistoskop
degan asbobda o’lchab bilishimiz mumkin.
Diqqat bolaning birinchi yoshidanoq taraqqiy eta boshlaydi. Dastlab
ixtiyorsiz diqqat namoyon bo’ladi. Chunki bola rangdor narsalarga, shaqildoq
ovoziga diqqat qiladi. Ixtiyorsiz diqqatning o’sishi extiyoj va qiziqishlar bilan
bog’liqdir. Lekin inson faoliyatining asosiy qismi
ixtiyoriy diqqat asosida
amalga oshiriladi. Ixtiyoriy diqqat esa bolada ikki yoshlardan boshlab ko’rina
boshlaydi. Uning shakllanishida kattalarning roli beqiyosdir. Masalan, ular
bolaga «buyoqqa qara», «gapimni eshit», «musiqaga quloq sol» deb
100
gapiradilar. Kattalar tomonidan diqqat mana shunday yo’llar bilan o’sib boradi.
3-5 yoshlardan boshlab esa diqqat bolaning o’z tashabbusi bilan usa boshlaydi.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o’sishida o’yin katta
ahamiyatga egadir. Chunki o’yin qoidalarini va etaplarini bilib olish uchun bola
unga ixtiyoriy diqqat bilan razm solib turishi lozim.
Bundan tashqari, uydagi
ba’zi
bir ishlarga qatnashtirish, o’z-o’ziga xizmat qilish kabilar ham ixtiyoriy
diqqatni o’sishiga yordam beradi.
Maktab yoshidan boshlab esa ixtiyoriy diqqat juda tez o’sa boshlaydi.
O’qish ishida – darsni eshitish, kitob o’qish, masalalarni yechishda ixtiyoriy
diqqat talab qilinadi. Bundan tashqari, o’qish ixtiyoriy diqqatni o’stirib
qolmasdan, balki uning kuchi, barqarorligini o’sishiga ham yordam beradi.
Iroda diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turuvchi asosiy faktordir.
Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlarning keyingi taraqqiyoti ham iroda
taraqqiyoti bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: