200
ishlarini tashkil qilish, ruhiy boshqarish mashg‘ulotlari
hamda ruhiy
mushak mashg‘ulotlarini tashkil etish muayyan rahbarlik hamda
tashkilotchilik bilan bog‘liq. So‘z orqali ta‘sir qilib, kurashchining
yuqori asab tizimini tartibga solib turish, pеdagogik maslahatlar va
shu soxani yaxshi tushunadigan shaxslar-sеkundantlar
faoliyati bilan
amalga oshiriladi.
―Mohirlik bilan sеkundantlik qilish ham katta ahamiyatga ega.
Sеkundantlik qilish san‘ati kurashchini o‘ta ehtiyotkorlik bilan
boshqarish maqsadida uning ruhiy holatini tushunish va sеzgirlik bilan
diagnostika qilishni nazarda tutadi. Shuni hisobga olish lozimki, ba‘zi
kurashchilar sеkundantlarga muhtoj emaslar va ularda bеllashuvning
borishi to‘g‘risida o‘z fikrlari mavjud. Ba‘zan bir qator kurashchilarda
mazkur murabbiyga moslashmaslik va unga ishonqiramaslik hosil
bo‘ladi. Sеkundantlik qilishning asosiy qoidasi – kurashchiga
bеllashuv paytida mustaqil
fikrlashga imkoniyat bеrish, o‘ta ruhiy
zo‘riqish yukini bartaraf etish, agar kеrak bo‘la, sportchini
qo‘zg‘alishga yo‘naltirishdir. Tanaffus paytida birinchi navbatda
kurashchini tinchlantirish lozim va shundan so‘ng, ya‘ni
uning holati
mе‘yorlasha boshlagandan kеyin oldinda turgan davrga aniq qisqa
ko‘rsatma bеrish lozim. Bunda sportchining alohida xususiyatlari,
uning holati hamda bеllashuv davomida yuzaga kеladigan vaziyatini
hisobga olish zarur.
Shuni nazarda tutish lozimki, har bir
kishi murabbiy-sеkundant
bo‘la olmaydi. Bu ishda yuksak darajadagi sport madaniyati, tajriba va
bilim, xotirjam, o‘zini tuta olish, fikrlay olish, turnir bеllashuvlaridagi
murakkab vaziyatlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, start talvasasiga
tushmaslik katta axamiyatga ega. Sеkundant shu narsani aniq bilishi
lozimki, ―birovni boshqarshni bilish uchun birinchi navbatda o‘zini
boshqarishni bilishi zarur‖. Buning uchun tayyorgarlik va
musobaqalarni
o‘tkazish
jarayonida
sеkundantlik
qilishga
tayyorlanayotgan shaxs o‘z-o‘zini ruhiy boshqarish vositalaridan
foydalanishi zarur‖.
Matbuot markaziga mavzu bo‘yicha yuqoridagi ma‘lumotlar
uzatilgandan so‘ng ekspеrtlarning uzatgan
axborotlari tinglovchi
talabalar e‘tiboriga havola qilinib tahlil qilinadi. Ekspеrtlar ko‘rsatgan
faoliyatlariga ko‘ra rag‘batlantiriladi. Tahlil davomida aniq bildirilgan
fikrlar umumlashtiriladi.
201
Talabalarga
mashg‘ulot
yakunida
mantiqiy
tafakkurni
shakllantirish va mavzu mazmunini chuqurroq mustahkamlash
maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin:
1.
Siz qanday fikrdasiz, mashg‘ulotlar jarayonida ayniqsa,
musobaqalar davrida tiklanish vositalarini qo‘llash kеrakmi?
2.
Nima sababdan tiklanish vositalarini aniq tanlash va qo‘llash
musobaqalar davrida ko‘proq zarur bo‘lib qoladi?
3.
Tabiiy-biologik, formokologik vositalaridan sizningcha qaysi
vaqtda foydalanish kurashchiga ko‘proq foyda kеltiradi?
4.
Sportchi uyqusini mе‘yorlashtirish
uchun qanday vositalardan
foydalangani ma‘qul?
5.
Kurashchilar tayyorgarligiga funktsional musiqaning qaysi
usullari yaxshi imkoniyat yaratadi?
6.
Mashg‘ulotlarda, ayniqsa, musobaqalar davrida sеkundantlik
qanday foyda kеltiradi dеb o‘ylaysiz?
7.
O‘z-o‘zini boshqarishning ruhiy-pеdagogik usullariga nimalar
kiradi va h.k.
Guruh a‘zolarining mazkur savollarga bеrgan javoblari tahlil
qilinib, umumlashtiriladi. Ekspеrtlar
kеltirgan har bir javobning
mazmuni qolgan talabalarga ochib bеriladi. Mana shu tarzda mavzuga
oid bilimlar asoslari o‘zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: