Ik k in c h i bo'lim .
ELEKTRONIKA A SO SLA R I
1-bob.
ELEKTROVAKUUM VA GAZORAZRYAD ASROBLAR
1.1. Elektrovakuum lampalarning tuzilishi va ishlash tartibi,
diod, uning volt-amper tavsifi, parametrlari,
ishlatiladigan sohasi
Elektrovakuum asboblarning ishi zaryadlar tashuvchilari —
elektronlarning vakuumda harakatlanishiga asoslangan.
Birinchi elektrovakuum (elektron) lampalar (ko'pincha ular
rad io la m p a lar deyiladi) 1873-yilda rus olim i A .N .L o d ig in
tomonidan ixtiro qilingan. Ular tiniq shisha ballon shaklida bo‘lib,
kanal ipi tiniq yongan.
Radiotexnikani rivojlantirishda elektrovakuum lampalari juda
katta rol o ‘ynadi va tez orada ishlab chiqarishning hamma sohalarida
muvafTaqiyatli qoMlanila boshlandi.
Elektrovakuum lampalarining tuzilishini va ishlash tartibini
ko'rib chiqamiz. Har qanday eiektrovakuum lampa po‘lat, shisha
yoki keramika ballonli bo‘lib, ichidagi metall tirgovichiarda uning
detallari elektrodlar mahkamlangan. Ballon ichidan havo so'rib
olingan. Havo ballonning pastki yoki ustki qismidagi bo‘rtib chiqqan
joy orqali kuchli tortib olinadi. Ballonning ichidagi havoni kuchli
tortib olish tufayli hosil boMgan vakuum elektrovakuum lampalari
ishlashining asosiy sharti hisoblanadi.
Elektrovakuum asboblari elektronlarning harakatlanishiga
asoslangan. Lampa ichida 500—2400”C haroratni yuzaga keltirib
elektronlarning yetkazib beruvchi «katod» deb nomlangan manfiy
elektrod bor Katod volframdan tayyorlangan, qalinligi odam
sochidek boMib, u elektr lam pochkaning cho‘g‘lanuvchi ipiga
o'xshagan yoki m etall silindr shaklida boMadi. Katod rolini
104
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘ynovchi volframli ip c h o ‘g‘lanuvchi ip deb ham yuritiladi.
Shunday qilib, elektrovakuum lampalarida qizitilgan elektronlar
katod metalida yuqori tezlikda harakatlanadi. Bunda elektronlaming
ba'zi birlari katodni tark etib, uning atrofida elektron «bulut» hosil
qiladi. Bu termoelektron emissiya hodisasi deb ataladi. Katod qancha
ko‘p qizigan bo‘lsa, shuncha ko‘p elektron chiqaradi, natijada
elektron «bulut» qalin bo'ladi. Ushbu emissiya bajarilmaganda
elektrovakuum asboblari ishlamaydi.
Endi diod qanday ishlashini ko'rib chiqamiz.
Eng oddiy radiolampa — bu dioddir. Boshqacha aytganda, ikki
elektrodli lampa hisoblanadi. Diod ikki elektrod — termokatod va
anoddan iborat bo‘lib, ular shisha, metall yoki keramik ballonda
joylashgan. Elektron iampali ballonda 1 0 M 0 6 m n/sm 2 atrofida
vakkum hosil qilinadi. Termokatod bo'sh elektronlarni chiqaradi,
anod ulami yig‘adi.
Elektrovakuum texnikasida diod deb, kichik quvvatli ikki
elektrodli lampalarga aytiladi, ular yuqori chastotali signallarni
aylantirib yoki o'zgartirib beradi. Diodning tuzilishi 1.1.1 -rasmda
ko'rsatilgan.
Diodda katod rolini cho‘g‘lanuvchi ip bajaradi ( /) , shisha
ballonning yuqori qismida joylashgan (2), metalli anod
(3),
tashqariga chiqih turuvchi shapkacha shaklidagi qismga ega. Ikki
1.1.1-rasm
Ikki elektrodli lampaning tuzilishi (/)
va shartli belgilanishi (//).
105
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |