Kolontitullar bilan ishlash.
Ko‘p sahifali hujjat yaratish zarur bo’lsa, u holda
bu sahifalarda kolontitullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kolontitullar
nafaqat hujjatning tashqi ko‘rinishini bezaydi balki hujjat tuzilishi va mazmunini
tez anglashga yordam beradi.
Kolontitul
hujjat sahifalarining yuqori va quyi qismida joylashgan axborotli
satr hisoblanib, unga chop etiluvchi matn yoki rasm kiritiladi. Odatda kolontitulda
sahifa nomeri, kitob nomi yoki hujjatda bajarilayotgan ishlar mazmunidan kelib
chiqqan holda qo‘yilgan nom joylashadi. Kolontitulga kiritilgan matn, oddiy
matnlar singari formatlanadi. Kolontitulni varatish uchun lentaning
ВСТАВКА
bandidagi
Колонтитулы
ilovasi buyruqlaridan biri tanlanadi. Hozirgi zamon
ishchi hujjat kolontitulida tashkilot nomi, mahsulot belgisi yoki hujjat yaratilgan
sana va vaqti ko‘rsatiladi. Quyi kolontitul odatda sahifaning tartib raqamini
qo‘yishda ishlatiladi. Sahifalarning tartib raqamlarini kolonraqam va kolontitul
bilan hujjatning asosiy matnini ajratib turuvchi chiziqni esa kolonchizg‘ich deb
ataladi. Foydalanuvchi:
butun hujjatga, yarni hujjatning har bir beti uchun bir xil kolontitullar
qo‘llash;
46
hujjatning juft yoki toq snhifalari uchun alohida kolontitullar qo‘llash;
ko‘p saliifali hujjatning har bir boblari uchun ham alohida kolontitullar
yaratish imkoniga ega.
Topshiriqlar:
1-Topshiriq:
Hujjat sahifalariga kolontitul o‘rnatishni o’rganing.
1-Topshiriqni bajarish tartibi:
Microsoft Word dasturini ishga tushiradi.
Kolontitul o‘rnatishning ikki xil yo‘li mavjud bo‘lib, ularga:
Lentaning
ВСТАВКА
bandidagi
Колонтитулы
amali yordamida;
Ishchi varaqning yuqori yoki quyi chegaralarida chap tugmani ikki marta
bosish orqali kolontitullar o‘rnatish kiradi.
Bulardan qaysi birini tanlashdan qat’iy nazar, menyu satrida yuqori yoki quyi
kolontitullari yaratish va ulari tahrirlash uchun lozim bo‘lgan КОНСТРУКТОР
bandi paydo bo‘ladi.
Lentaning ВСТАВКА bandini tanlash natijasida КОНСТРУКТОРga tegishli
tasma(lenta) paydo bo‘ladi. Ulari ichida uch xil ko‘rinishdagi buyruqlardan tashkil
topgan Колонтитулы guruhiga ko‘zingiz tushadi. Ya’ni,
Верхний колонтитул;
Нижний колонтитул;
Номер страницы.
Yuqorida keltirilganlardan biri tanlanib amaliy ish bajariladi.
2. 5x25 o‘lchamli jadval yarating.
3. Guruhingiz ro‘yxatini yozing.
4. Jadvalning birinchi satrini pastdan yuqoriga qarab yozilgan matnga
o‘tkazing.
5. Sahifaga kolontitul o‘nating va ismingizni yozing.
6. Kolontitullarni sahifaning yuqoriga va pastiga almashtiring.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |