Endofulleren
- ichiga bir yoki bir nechta atomlar yoki eng sodda
molekulalar kiritilgan fulleren.
«Shaklni eslab qolish» effekti
- isitilganda dastlabki shaklga
qaytish hodisasi. Deformatsiyaga uchratilgan ba’zi materiallarda
kuzatiladi.
in vitro
- (lotincha, «shisha ichida») - tajribani tirik organizmdan
tashqarida («probirka»da) o‘tkazish texnologiyasi.
in vivo
- (lotincha, «tiriklik ichida») - tirik organizmda tajriba
o‘tkazish texnologiyasi.
251
Takrorlash uchun savollar
1. «Nanomeditsina» nima?
2. Nanotexnologiya, biotexnologiya va nanomeditsinalar orasida
qanday o'zaro bog'liqlik bor?
3. Nanomeditsinani asosiy yo‘nalishlarmi sanab o‘ting.
4. Dorilarni an’anaviy shakllarida qanday kamchiliklar bor?
5. Tirik organizmni biologik barerlari nima?
6. Yangi dorivor fermentlar yaratilishida qanday vazifalar
bajarilishi kerak?
7. Dorivor
moddalami
yo‘naltirilgan
transportining
asosiy
usullarini xarakterlab bering.
8. «Passiv maqsadga intilish»ning faol birikmalami yo‘naltirilgan
transportining bir usuli sifatida tushuntirib bering.
9. Shish to‘qimalami kapillarlari nima bilan farqlanadi?
10. Xavfli shish to‘qimalarini qanday o‘ziga xos bo'lgan
xususiyatlari nanobo‘lakchalar to‘p!anishiga yordam beradi?
11. Dorivor moddalami boshqaruvchan transporti qanday amalga
oshadi?
12. Qanday molekulalar «molekular manzil» funksiyasini bajarib,
nanobo‘lakchalami tanlab transport qilinishini ta’minlaydi?
13. Qonda nanobo‘lakchalar aylanishini davomiyligi qanday
faktorlarga bog‘liq? Qanday qilib uni cho‘zish mumkin?
14. Dorilarni yo‘naltirilgan transporti vositasi sifatida ishlatiladigan
bo'lakchalami asosiy tiplari nimalar?
15. Dorivor
moddalami
tashuvchisi
vazifasini
bajaruvchi
nanobo‘lakchalar qanday xossalarga ega bo‘lishlari kerak?
16. Liposomalar tayyorlash uchun qanday lipidlar ko‘proq
ishlatiladi?
17. Liposomalarga gidrofil (gidrofob) moddalar kiritish mumkinmi?
18. Biologik faol moddalar (BFM) yo'naltirilgan transporti vositasi
sifatida liposomalarni ustuvorligi nimada?
19. Liposomalarni o‘lchami qanday?
20. Dorivor moddalar tashuvchisi - nanobo'lakchalar tayyorlash
uchun qanday polimerlar ishlatiladi?
21. Nanosfera va nanokapsulalami farqi nimada?
22. Dendrimerlar nima?
23. Dendrimerlami qaysi xossalari, ulardan dorivor moddalami
tashuvchilari sifatida foydalanishga imkon beradi?
252
24. Fulleren uglerodning boshqa allotropik formalaridan nimasi
bilan farq qiladi? Nima sababdan u meditsinada ishlatilishi mumkin?
25. Endofullerenlar qanday tuzilgan? Ulami meditsinada ishlatish
imkoniyatlari qanday?
26. Uglerodli nanotrubkalar qanday qilib meditsinada ishlatilishi
mumkin?
27. Hujayra nanoqoziqchalarga «o‘tirganlarida» ular bilan nima
sodir bo‘ladi?
28. Nanotrubkalar majmuasi qanday qilib dorivor moddalarni
hujayraga kiritish uchun ishlatiladi?
29. Nanotrubkalar massividan dorivor moddalaming xususiyatlarini
har xil uchastkalarga yetkazish uchun foydalanish mumkinmi?
30. Qanday qilib bir massiv nanotrubkalar ishlatib, bir hujayraga bir
nechta har xil moddalar kiritish mumkin?
31. Yuqumli kasalliklarga oid qanday vazifalar tezkorlik yechimini
kutmoqda?
32. Antitanalami qanday o‘ziga xos bo'lgan xususiyatlari, ulami
atom-kuchli mikroskoplar yordamida qo‘shimcha ishlov berish bosqich-
larisiz aniqlash imkonini beradi?
33. Antitana nima?
34. Odamni immun sistemasidagi qaysi xatolar korrektirovkaga
muhtoj?
35. Sun’iy antitanalar olish bosqichlarini tavsiflab bering.
36. Rak hujayralari uchun immunomagnitli sorbent qanday yaratilgan?
37. Bir organni sog'lom va kasallangan hujayralari asosida
onkologik kasalliklami qanday davolash usullari yaratilgan?
38. Meditsina implantatlari qanday funksiyani bajaradi?
39. «Biomateriallar» nima? Ulami umumiy xossalari nimalar?
40. Implantatlar
tayyorlash
uchun
ko‘proq
qanday
metall
ishlatiladi?
41. Nanotexnologiyalar yaratilgan implantlami mukammallashti-
rishlari mumkinmi? Javobingizni tushuntirib bering.
42. Qanday metallar yoki qorishmalar «shaklni eslab qolish»
xususiyatiga ega? Bu hodisani tushuntirib bering.
43. To'qima implantati olishning bosqichlarini tavsiflab bering.
44. To‘qima muhandisligi uchun «mukammal» matriks qanday
xossalarga ega bo'lishi kerak?
45. Elektrospinningni mohiyati nima? Bu usulda olingan mikro- va
nanotolalar qanday ishlatiladi? Bu usulni kamchiligi nimalardan iborat?
253
Do'stlaringiz bilan baham: |