Q arshi-2016 О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 107,54 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi107,54 Kb.
#331604
Bog'liq
Amaliyot hisobot 222222


Q arshi-2016


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI


5140100-Biologiya ta’lim yо‘nalishi

018-59 guruh talabasi Amandavlyatova Oliyabonuning

Qarshi shahridagi 33–imkoniyati cheklangan bolalar uchun

ixtisoslashtirilgan maktabda olib borgan

PEDAGOGIK AMALIYOTI

davomida bajargan ishlari yuzasidan



HISOBOTI




Qarshi-2021


Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulьteti

5140100-Biologiya taʼlim yoʼnalishi 018-61 guruh 4-kurs talabasi Amandavlyatova Oliyabonuning 2021 yil 6 sentyabrdan 30 oktyabrgacha Qarshi shahridagi 33-maktabda oʼtgan pedagogik amaliyoti yuzasidan

H I S O B O T I
5-noyabrь kuni soat 1000 da Tabiiy fanlar fakulьtetida Biologiya yoʼnalishi IV kurs talabalari bilan pedagogik amaliyot konferentsiyasi boʼldi.

Konferentsiyada fakulьtet dekani B. Boysunov, fakulьtet pedagogik amaliyot rahbari J. Berdiev, Biologiya kafedrasi mudiri dots. B. Xoʼjamqulov, anatomiya va fiziologiya kafedrasi mudiri O. Karimov, uslubiyotchi oʼqituvchilar Z. Zubaydova, K. Doʼstov, M. Nasriddinova, I. Hayitov, А. Rahimov, guruh rahbarlari Y. Rahmatullaev, R. Choriev, J.Sherqulova, psixologiya kafedrasi oʼqituvchisi I. Jabborov, pedagogika kafedrasi oʼqituvchisi G. Eshmurodovalar qatnashdi.

Fakulьtet dekani B. Boysunov soʼzga chiqib, pedagogik amaliyotni toʼgʼri tashkil etish tartib-qoidalari va ularga rioya qilish, talabalarning maktab oʼquvchilari bilan boʼladigan munosabatlari haqida gapirib, bunga har bir amaliyotchi talaba rioya qilishi shartligi, buni har bir talabadan qatʼiy talab qilinishini alohida taʼkidladi. B.Boysunov soʼzida davom etib, amaliyot oʼtash uchun har bir guruh alohida maktablar boʼyicha taqsimlanganligini, 41-guruh 14-maktabga, 42-guruh 29-maktabga, 43-guruh 34-maktabga amaliyot oʼtash uchun yuborilayotganligini, pedagogik amaliyot 17-noyabrdan boshlanib, 15-dekabrda tugashini aytib oʼtdi.

Fakulьtet pedagogik amaliyot rahbari dots. J. Berdiev pedagogik amaliyot davomida talabalarning oʼquvchilar bilan boʼladigan munosabatlari, har bir talaba oʼz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi kerakligini yana bir bor uqtirib, amaliyot davrida har bir guruhga alohida botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya fanlardan uslubiyotchilar tayinlanganligini aytdi.

Bizning 42-guruhga Z. Zubaydova, M. Nasriddinova va K. Doʼstovlar uslubiyotchi etib tayinlandi.

Konferentsiya oxirida barcha oʼqituvchilar amaliyotchi talabalarga pedagogik amaliyotni muvaffaqqiyatli yakunlashiga omad tiladi va konferentsiya yakunlandi.

Konferentsiyadan keyin uslubiyotchi oʼqituvchilar oʼzlari berkitilgan guruh talabalari bilan pedagogik amaliyot jarayonlari va amaliyot davomida qilinadigan ishlar toʼgʼrisida suhbat oʼtkazdi.

Uslubiyotchi oʼqituvchimiz Z. Zubaydova barchamizni 29-umumiy oʼrta taʼlim maktabiga 17-noyabrь kuni soat 800 da yigʼilishimizni aytdilar.

17-noyabrь kuni soat 800 da biz 42-guruh talabalari Qarshi shahridagi 29-umumiy oʼrta taʼlim maktabi binosi hovlisiga yigʼildik. Metodist oʼqituvchilar bilan maktab faollar zaliga chiqdik.

Bu yerda bizga Z.Zubaydova maktab rahbariyatini tanishtirdilar. Maktab direktori J.Toʼraqulova, oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari D. Toʼraeva, maʼnaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari Oʼ. Tangriqulova, direktor oʼrinbosarlari D. Bozorova ekan. Maktabda biologiya fanidan oʼqituvchilar J.Saidova, L.Sharopova, M.islomova, Sh.Polvonova, N.Norqobilovalar taʼlim berishar ekan.

Shundan soʼng maktab direktori J. Toʼraqulova maktab tarixini gapirib berdi, oʼqituvchi va biologiya oʼqituvchilari bilan tanishtirib, maktab shart-sharoitlari haqida aytib oʼtdi. Bizni oʼqituvchilardan pedagogik mahoratni va oʼqituvchilik sirlarini oʼrganishimizga masʼuliyat bilan yondoshishimizga undadilar. Direktori oʼrinbosari D. Toʼraeva talabalarni maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishtirdi. Direktor oʼrinbosarlari D. Bozorova, Oʼ. Tangriqulovalar ham oʼz maslahatlarini aytib, pedagogik amaliyotni samarlai yakunlashimizga omad tiladilar.

Yigʼilishdan keyin biz amaliyotchilar uchun ajratilgan kimyo xonasiga bordik. Bu yerda uslubiyotchi oʼqituvchilar bizga pedagogik amaliyot davomida bajariladigan ishlar rejasini taqdim etdilar va biz oʼz ish rejamizni tuzib oldik.

Shundan soʼng har bir talabaga sinflar taqsimlab berildi. Menga 7-“B” sinfga sinf rahbarlik qilish topshirildi. 7-“B” sinfga oʼqituvchi Beknazarova sinf rahbarlik qilar ekanlar. Men Beknazarova bilan 7-“B” sinfga bordim va oʼquvchilar bilan tanishdim. Shu sinfning dars jadvalini yozib oldim. Sinf rahbarining meyoriy hujjatlari bilan tanishdim va oʼzim hamshu asosda oʼz hujjatlarimni tayyorlab oldim.

1. OʼQUV IShLАRI.

18-noyabrdan 22-noyabrgacha maktab malakali oʼqituvchilarining darslarini kuzatib, dars oʼtish usullari va texnologiyalarini oʼrgandim. Jumladan Botanika oʼqituvchisi M. Islomova, kimyo oʼqituvchisi Sh. Shamsieva, ona tili fani oʼqituvchisi Z. Gʼafforova, biologiya fani oʼqituvchisi J. Saidova va N. Norqobilovalarning dars oʼtish jarayonida ularning pedagogik mahoratini va oʼquvchilarni baholash jarayoni (koʼproq savol-javob tarzda) ni kuzatdim. Har bir kuzatgan darsimni tahlil qilib bordim. Shu bilan birgalikda fan oʼqituvchilaridan dars jarayonidagi pedagogik mahoratlarini, ularning oʼquvchilar bilan munosabatlarini oʼrgandim.

24-noyabrdan boshlab belgilangan jadval asosida fanlardan dars oʼta boshladim.

24-noyabrdan 29-noyabrgacha Zoologiya fanidan dars oʼtdim. 7”G” sinfga 29-noyabrda I smena 3-soatda “Yashil bronza qoʼngʼizining tashqi tuzilishi” mavzusini oʼtdim. Darsimni kuzatgan metodist Z. Zubaydova, fan oʼqituvchisi N.Norqobilova, amaliyotchilar S.Boqieva, G. Xolmatovalar darsni tahlil qilib, oʼtilgan dars yuzasidan oʼz fikr-mulohazalarini bildirdilar, ayrim kamchiliklarni keyingi darsda tuzatishni aytdilar.

Uchinchi hafta 03.12.2014 y. kuni 8-“B”sinfga “Nafas olish aʼzolarining tuzilishi” mavzusini oʼtdim. Bunda oʼquvchilarga zamburug;larga oid va koʼrgazmali qurollardan foydalanib, qiziqarli savol-javob tarzda dars oʼtdim. Darsni kuzatish uchun metodist K.Doʼstov, fan oʼqituvchisi Sh.Polvonova, amaliyotchilar G.Norova hamda Sh. Italovalar kirishdi va darsni tahlil qilib, oʼz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

11.12.2014 y. kuni 9-“А” sinfga 6-soatda “Oqsillarning xossalari” mavzusini oʼtdim. Darsda oʼquvchilarning yaxshi tushunishlari uchun kurgazmali qurollardan turli xil rasmlar va bukletlar hamda tarqatma savolli kartochkalardan foydalandim.

Darsni metodist M. Nasriddinova, fan oʼqituvchisi J.Saidova, amaliyotchilardan S.Ergashev, M.Joʼraeva, hamda Sh. Italovalar kirishdi va dars jarayonini tahlil qilishdi.

11.12.2014 y. kuni 5-“А” sinfga “Ildizning tashqi va ichki tuzilishi” mavzusini oʼtdim. Darsda oʼquvchilarning yaxshi tushunishlari uchun kurgazmali qurollardan turli xil rasmlar va tarqatma savolli kartochkalardan foydalandim. Darsni metodist M. Nasriddinova, fan oʼqituvchisi L.Sharopova, amaliyotchilardan G.Xolmatova, M.Karimova kuzatdi va dars jarayonini tahlil qilishdi. Dars oʼtish texnologiyalarini qisman egallaganligim uchun yangi texnologiyalardan “Charxpalak” metodi asosida darslar oʼtdim.

2. TАRBIYaVIY IShLАR.

Men 7-“B” sinfga amaliyot davomida sinf rahbarlik qilish topshirilganligi uchun, sinf rahbari Beknazarova bilan 21-noyabrь kuni sinfning tarbiyaviy soat darsini oʼtdik.

Аmaliyot davomida haftaning har juma kuni 1-soatda tarbiyaviy soat oʼtdim.

Ikkinchi hafta 28.12.2014 y. kuni “Transporda yurish qoidalari” mavzusida tarbiyaviy soat oʼtdim. Bu mavzu yuzasidan sinfdagi barcha oʼquvchilar bilan olib borilgan suhbatda jamoat tarsportlarida qanday yurish, transportda oʼzini tutish qoidalari, kattalarga hurmat boʼlish va joy berish odob-axloq qoidalari toʼgʼrisida aytildi. Darsda koʼrgazmali qurollardan foydalandim.

Darsni kuzatishga QDU pedagogika kafedrasi oʼqituvchisi G. Eshmurodova, metodist Z. Zubaydova, amaliyotchilar А. Shohimardonova, Sh. Italovalar kirishdi. Dars jarayonini kuzatib, tahlil qilishdi.

05.12.2014 kuni “Konstitusiya – huquqlarimiz kafolati” mavzusini tarbiyaviy soatda oʼtdim. Oʼquvchilar bilan darsda Konstitusiya toʼgʼrisida suhbat oʼtkazdim. Oʼquvchilar bilan Konstitusiya moddalarini izohlab va Konstitusiya haqida oʼz fikrlarini bildirdilar.

Darsni kuzatishga QDU pedagogika kafedrasi oʼqituvchisi G. Eshmurodova, metodist Z. Zubaydova, amaliyotchilar А. Shohimardonova, M. Joʼraevalar kirib, darsni tahlil qilib, oʼz fikr-mulohazalarini aytishdi.

Men 7-“B” sinfga amaliyot davomida sinf rahbarlik qilish mobaynida oʼquvchilarning ota-onalari bilan suhbat oʼtkazdim, sinf oʼquvchilarining qiziqish va qobiliyatlarini psixologik jihatdan oʼrgandim.

Men amaliyot davomida 7-“B” sinf oʼquvchilari bilan maktabda tashkil etilgan ommaviy hasharlarda ham muntazam qatnashib bordim.

3. TАShKILIY IShLАR.

Аmaliyot soʼnggi haftasida 29-umumiy oʼrta taʼlim maktabida 11.12.2014 kuni soat 13:00 da 5-6-7-8-9-sinflar oʼrtasida “Kelajak yoshlar qoʼlida” deb nomlangan tadbir uyushtirdik. Tadbirda 6-7-8-9-sinflarning faol oʼquvchilari va guruh talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda ikkita jamoa boʼlib, “Qaldirgʼoch” va “Lochin” jamoalari oʼzaro bellashdilar. Har bir jamoaga 7 tadan oʼquvchi ishtikrok etishdi.

Kechani Biologiya yoʼnalishi IV kurs 42-guruh talabalari Qurbonova Mohinur va Karimova Mavludalar olib borishdi. Kechani maktab direktori oʼrinbosari D. Bozorova ochib berdilar.

Tadbirda QDU Tabiiy fanlar fakulьteti zoologiya oʼqituvchisi, fakulьtet pedagogik amaliyot rahbari dots. J. Berdiev, zoologiya oʼqituvchisi А. Rahmatullaev, pedagogika kafedrasi oʼqituvchisi G. Eshmurodova, psixologiya kafedrasi oʼqituvchisi I. Jabborov, metodistlar Z. Zubaydova, M. Nasriddinova va K. Doʼstovlar tashrif buyurdi. Shuningdek, tadbirda 29-maktab biologiya oʼqituvchilari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda “Kelajak yoshlar qoʼlida” nomli dokladni Biologiya taʼlim yoʼnalishi IV kurs 42-guruh talabasi Shohimardonova Аziza oʼqidi. Shundan soʼng 6-9 sinflar oʼquvchilaridan tashkil topgan “Lochin” va “Qaldirgʼoch” guruhlari quyidagi shartlar boʼyicha oʼzaro bellashdilar:

1. Tanishtiruv.

2. Qiziqarli savol-javob.

3. Fontamino.

4. Bahru-bayt.

Tadbir oxirida jamoalar oʼrtasida doʼstlik gʼalaba qozondi. Tadbirda faol ishtirok etgan barcha oʼquvchilar faxriy yorliq va badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.

PEDАGOGIK АMАLIYoT YuZАSIDАN XULOSАM

Mening pedagogik amaliyotdan xulosam shuki, amaliyot davomida oʼqituvchilikning quyidagi sohalari boʼyicha koʼnikma va malakalarga ega boʼldim.

- dars reja-konspektlarini tuzish malakasini egalladim.

- darsga tegishli koʼrgazmali qurollarni tanlashni oʼrgandim, jumladan “Ildizning tashqi va ichki tuzilishi” mavzusidan buklet va rangli rasmlar, savolli kartochkalar tayyorlab oʼquvchilarga namoyish qildim;

- taʼlim metodlari va usullarini tanlash koʼnikmasiga ega boʼldim, “Charxpalak” metodidan amalda foydalandim va samarali natija berishiga ishonch hosil qildim;

- laboratoriya mashgʼulotlarini oʼtkazishni oʼrgandim;

- uy vazifalarini tekshirish, baholash usullarini oʼrgandim.

Shu bilan birgalikda maktab fan kabineti uchun koʼrgazmali qurollar, tablitsalar, bukletlar va rasmlar bilan jihozlashda yordamlashdim.


Bajardi Amandavlyatova O.

Qabul qildi Nasriddinova M.R.

Bahosi “____” ______________



02.11.2021 y.
Download 107,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish