4-bob: Python tili sintaksisi
Python tilining sintaksisi ham tilning o‘zi kabi juda sodda.
Sintaksis
Satrning yakuni ifodaning ham yakuni hisoblanadi (nuqtali vergul talab etilmaydi).
Ichki ko‘rsatmalar qoldirilgan bo‘sh joylarga qarab bloklarga birlashtiriladi. Bosh joylar soni ixtiyoriy bo‘lishi mumkin; asosiysi, bitta ichki blok chegarasida bo‘sh joylar soni bir xil bo‘li-shi lozim. Bu yerda kodning oson o‘qilishiga ham e’tibor qaratish kerak. Masalan, 1 ta bo‘sh joy tashlash – mumkin emas. Yaxshisi, 4 ta bo‘sh joy tashlang (yoki, hech bo‘lmaganda, tabulyatsiyadan Tab foydalaning).
Pythonda ichki ko‘rsatmalar bitta shablon asosida yoziladi: asosiy ko‘rsatma ikkita nuqta bilan yakunlanganda, undan keyin, odatda, kod bloki bir xil bo‘sh joy tashlagan holda yozila-di.
asosiy ko‘rsatma:
ichki ko‘rsatmalar bloki
Do'stlaringiz bilan baham: |