Tavsiflash: nomlar uslublari
Bir qancha bir-biridan farqli uslublar mavjud. Keling, bu uslublar bilan yaqindan tanishib chiqam-iz. Natijada, foydalanilayotgan uslub nima maqsadda foydalanilayotganligidan qat’iy nazar tanib olishingiz oson bo‘ladi.
Odatda, quyidagi uslublar farqlanadi:
b (bittalik kichik harf);
lowercase (kichik registrdagi so‘z);
lower_case_with_underscores (tagchiziqlar bilan kichik harfli so‘zlar);
UPPERCASE (bosh harflar);
UPPERCASE_WITH_UNDERSCORES (tagchiziqlar bilan bosh harflardan iborat so‘zlar);
CapitalizedWords (Bosh harfli so‘zlar yoki CapWords yoki CamelCase). Ko‘rsatma: Siz ushbu uslubda abbreviaturalardan foydalanadigan bo‘lsangiz, bu abbreviaturadagi barcha harflar-ni bosh harflar bilan yozing. Ya’ni HttpServerError dan ko‘ra HTTPServerError ma’qulroq;
mixedCase (CapitalizedWords dan birinchi harfi kichik harfligi bilan farq qiladi);
Capitalized_Words_With_Underscores (bosh harflar bilan boshlanadigan so‘zlar va tagc-hiziqlar – unchalik chiroyli emas).
Bundan tashqari yana shunday uslub ham borki, unda bitta mantiqiy guruhga tegishli nomlar-ni bitta umumiy prefiks nomi bilan ajratish amalga oshiriladi. Bu uslub Pythonda kamdan-kam qo‘llanilsa-da, biz berilayotgan ma’lumotimiz to‘liq bo‘lishi uchun uni ham ko‘rsatib o‘tishimiz kerak. Masalan: os.stat() funksiyasi nomlari odatiy st_mode, st_size, st_mtime va h. k. bo‘lgan kortejni qaytaradi (bunday qilinishidan maqsad – bu maydonlarning POSIX tizimli so‘rovlar struk-turasiga mos kelishini ko‘rsatish bo‘lib, bu holat u bilan tanish dasturchilarga qulaylik tug‘diradi).
X11 kutubxonasida barcha public-funksiyalar uchun X prefiksi qo‘llaniladi. Pythonda bunday uslub ortiqcha sanaladi, chunki metodlarning maydon va nomlaridan oldinda obyekt nomi, funksiyalarn-ing nomlari oldida esa modul nomi turadi.
Bularga qo‘shimcha ravishda nomining boshlanishi yoki oxirida tagchiziq belgisini qo‘shib yozish-ning quyidagicha maxsus shakllari mavjud:
_single_leading_underscore: nom ichki ehtiyojlar uchun ishlatilishining kuchsiz belgisi.
Masalan: from M import * buyrug‘i nomi tagchiziqdan boshlanadigan obyektlarni import qilmaydi.
Single_trailing_underscore_ : kelishuvga binoan python tilining kalit sozlari bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Mas-alan:
84
Tkinter.Toplevel(master, class_='ClassName')
__double_leading_underscore :klas atributining nomini o‘zgartiradi, ya’ni, FooBar klassida-gi __boo maydoni _Foobar__boo bo‘ladi.
__double_leading_and_trailing_underscore__ (nomning boshlanishi va oxirida ikki-talik tagchiziq): Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan nomlar ichidagi sirli metod va atributlar. Masalan: __init__, __import__ yoki __file__. Bunday nomlarni o‘zingiz ixtiro qil-mang. Ulardan faqat hujjatlashtiish ma’lumotlarida keltirilgan ko‘rinishdagina foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |