Pythonni mustaqil


Qatorning maksimal uzunligi



Download 2,79 Mb.
bet49/109
Sana31.12.2021
Hajmi2,79 Mb.
#223336
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
Bog'liq
PYTHONNI MUSTAQIL O‘RGANAMIZ

Qatorning maksimal uzunligi
Qator uzunligini eng ko‘pi bilan 79 tadan oshirmang.
Tuzilmaviy cheklashlari ozroq bo‘lgan uzunroq matnli bloklar uchun esa (rasmiylashtirish satrlari yoki izohlar uchun) satr uzunligini 72 tadan oshirmaslik tavsiya etiladi.
Muharrir oynasining zarur kengligini cheklash imkoniyati bir necha ochiq faylni yonma-yon joy-lashtirish imkonini beradi hamda yonma-yon ustunlarda ikki xil variantni ko‘rsatib turuvchi kod tahlili vositalari qo‘llanilganda, yaxshi natija beradi.
Ba’zi jamoalar satrlarining uzunroq bo‘lishini ma’qul ko‘radi. Ushbu uzunlikdagi kodni qo‘llab-quv-vatlaydigan jamoa bu masalada alohida kelishuvga kelishlari mumkin, bunda izohlar va rasmi-ylashtirish satrlari hali ham 72 tadan oshmasligi sharti bilan boshqa satrlar uzunligini 80 tadan 100 tagacha (aslida esa maksimal uzunlikni 99 tagacha) oshirish oddiy holdir.
Pythonning standart kutubxonasi bu masalada konservativ bo‘lib, satr uzunligini 79 tadan hamda izohlar va rasmiylashtirish satrlarining 72 tadan oshirilmasligini talab qiladi. Satrlarning keyingi satrga o‘tkazilishi uchun eng ma’qul metod bu – Python satrlarining dumaloq, kvadrat va figurali qavslari ichidagi nazarda tutilgan ko‘chirishlaridan foydalanish metodi. Uzun satrlar qavslar ichiga olingan bir necha satrga bo‘lib yozilishi mumkin. Bu metod satrni davom ettirish uchun teskari egri chiziq (teskari slesh)dan foydalanish metodidan ko‘ra afzalroqdir.
Teskari egri chiziqdan ham ba’zida foydalanish mumkin. Masalan, with konstruksiyasi uzun bo‘lganda, u aniq bo‘lmagan satr ko‘chirishlardan foydalana olmaydi. Mana shunday hollarda teskari sleshdan foydalanish metodini qo‘llash mumkin:

with open('/path/to/some/file/you/want/to/read') as file_1, \ open('/path/to/some/file/being/written', 'w') as file_2:


file_2.write(file_1.read())
Yana bir holat – assert.
Ko‘chirilgan satrlar uchun to‘g‘ri siljishlarni o‘rnating. Satr ko‘chirishni man-tiqiy operatorlardan avval emas, keyin amalga oshirish ma’qulroq. Masalan:

76

class Rectangle(Blob):


def __init__(self, width, height,
color='black', emphasis=None, highlight=0):
if (width == 0 and height == 0 and
color == 'red' and emphasis == 'strong' or
highlight > 100):
raise ValueError("sorry, you lose")
if width == 0 and height == 0 and (color == 'red' or emphasis is None):
raise ValueError("I don't think so -- values are %s, %s" % (width, height))
Blob.__init__(self, width, height,
color, emphasis, highlight)
Bo‘sh satrlar
Yuqori darajali funksiya va klasslarning tavsifini ikkita bo‘sh qatorlar bilan ajrating.
Klass ichidagi metodlarning tavsiflari bitta bo‘sh satr bilan ajratiladi.
Qo‘shimcha bo‘sh satrlardan bir-biriga o‘xshash funksiyalar guruhlarini ajratish uchun qo‘llash mumkin. Bo‘sh qatorlar bir nechta o‘zaro bog‘liq bir satrliklar (masalan, fiktiv realizatsiyalar uchun) orasida qo‘yilmasligi ham mumkin.
Funksiyalarda mantiqiy bo‘limlarni ko‘rsatish uchun bo‘sh satrlardan foydalaning.
Python Ctrl+L kombinatsiyasini oddiy bo‘sh joy (whitespace) sifatida qabul qiladi va siz undan ham foydalanishingiz mumkin, chunki aksariyat muharrirlar uni sahifa bo‘linishi sifatida qabul qiladi, buning oqibatida fayldagi mantiqiy bo‘laklar turli qismlarda joylashadi. Ta’kidlash joizki, hamma muharrilar ham Ctrl+L ni qo‘llayvermaydi, uning o‘rnida boshqa belgini chiqarishi ham mumkin.




Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish