Sana va vaqt (datetime moduli)
Sana yoki vaqt bilan ishlash uchun datetime modulini ishga solamiz. Bu modul bilan yildan tortib millisekundlargacha ma’lumot olish mumkin.
Masalan, quyidagi kodni ishga tushirsak, joriy vaqtni ko’rsatadi. Bunda to’liq holda, ya’ni yil, oy, kun, soat, minut, sekund, millisekundlar ko’rinadi:
import datetime as dt
x = dt.datetime.now() print(x)
2020-11-14 14:00:56.561937
O’lchov turlari
datetime modulida juda ko’p funksiyalar bor. Ular orqali vaqtni nafaqat to’liq holda, balki faqatgina bizga kerakli holda ham aniqlashimiz mumkin. Masalan, bizga faqat joriy yil yoki bugungi hafta kuni kerak. Bularning alohida funksiyalari bor. Quyidagi kodimizda dastlab faqat joriy yilni so’ngra bugungi hafta kunini ekranga chiqaramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |