Maktab kursidagi informatika faninidan bizga ma’lumki, sonlar nafaqat o`nlik sanoq sistemasida balki boshqa sanoq sistemalarida ham bo`lishi mumkin. Masalan: kompyuter ikkilik sanoq sistemasidan foydalanadi ya’ni 19-soni ikkilik sanoq sistemasida (kompyuterda) 10011 ko`rinishida ifodalanadi. Bundan tashqari sonlarni bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga o`tkazish kerak. Python bu uchun bir qancha funksiyalarni taqdim etadi:
int([object],[sanoq sistemasi asosi])- butun sonni berilgan sanoq sistemasidan o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
bin(x)- butun sonni ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazadi
hex(x)- butun sonni o`n oltilik sanoq sistemasiga o`tkazadi
oct(x)- butun sonni sakkizlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |