Topishmoqlar
1.
Topishmoqlarni ba’zan qanday atashgan?
– “Topmacha”, “jumboq”, “matal”.
2.
Topishmoq mumtoz adabiyotda qanday atalgan? –
“Chiston”.
3.
“Chiston” so‘zi qaysi tildan olingan? –
Forschadan “chist” – “u”, “on” – “nima” degan
ma’noni bildiradi.
4.
Topishmoq qanday savollar vositasida ifodalanadi?
– O‘xshatish, taqqoslash savollari
vositasida.
5.
Topishmoqda yashirin ma’no, ko‘pincha, qanday shaklda keltiriladi? –
Majoziy shaklda.
6.
Aqlni chiniqtiradigan, bolani yoshlikdan mantiqiy fikrlashga o‘rgatadigan ko‘ngilochar o‘yin
janri bu … -
Topishmoq.
7.
Kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradigan, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka
o‘rgatadigan janr bu … -
Topishmoq.
8.
Topishmoqlar necha xil shaklda bo‘ladi? –
2 xil: nasriy va she’riy.
9.
Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra … -
2 xil: bir yoki bir necha predmetli bo‘ladi.
10. “Qoziq ustida qor turmas?”
–
Tuxum.
11. “O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich?”
–
Igna.
12. “Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yog‘i oq?”
–
Yil
(daraxt), o‘n ikki oy (shox), o‘ttiz kun (o‘ttiz yaproq), o‘ttiz kecha va kunduz (bir yog‘i
qora, bir yog‘i oq).
13. “Teg desa, tegmaydi, tegma desa, tegadi?”
–
Lab.
14. “Chin qushim, chinni qushim,
Chin tepaga qo‘ndi qushim,
Tumshug‘ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi, qushim?” – Choynak.
Do'stlaringiz bilan baham: |