«Umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovar pul deyiladi» qoidasi keng tarqalgan. Klassik nazariya vakillari pulning besh funktsiyasini: qiymat o’lchovi, muomala, to’lov va jamg’arish (xazina to’plash) vositasi, jahon pulini ajratib ko’rsatishgan. Pul qiymat o’lchovi. Pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi. Buyumning pulda ifodalangan qadr-qimmati baho (narx) deyiladi. Tovarlarning bahosi umumiy ekvivalent rolini bajarayotgan tovar-oltinning miqdorida ifodalanadi. Qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarish uchun naqd pulning o’zi kerak emas. Sotuvchi tovarga narx belgilar ekan, tovar narxiga teng bo’lgan pul miqdorini xayolan ko’z o’ngiga keltiradi. Bu pul ma’lum miqdordagi oltinga teng bo’lib, u davlat tomonidan belgilangan baholar mashtabiga bog’liq. Baho mashstabi deb, pul birligida ifodalangan oltin miqdoriga aytiladi. Masalan: AQShchda 1971 yilgacha dollar 0,818513 gramm sof oltinga teng bo’lgan, agar biror buyum, aytaylik oyoq kiyimining bahosi 100 dollar bo’lsa, u 0,818513 x 100=81,8513 gramm oltinga teng degan ma’noni beradi. Xar bir mamlakatning pul birligidagi oltin miqdori turlicha bo’lgan. Pul ayirboshlash vositasi funktsiyasini bajarganda xaridor va sotuvchilar qo’lida uzoq ushlanib turmaydi. Pulning qo’ldan-qo’lga o’tib yurishi oxir oqibat to’laqonli pullarni to’laqonli bo’lmagan pullar bilan almatirishga olib keladi. Dastlab, oltin ayirboshlash vositasi funktsiyasini tilla quymalar tarzida bajargan. Har safar almashuv jarayonida quyma oltinlarni tarozida tortib, kerakli miqdorini ajratish borgan sari qiyinlashib borishi sabab avvaliga alohida savdogarlar, keyinchalik davlat uncha katta bo’lmagan oltin bo’lakchalariga ma’lum shakl berib, undagi oltin miqdorini belgilab muhr bosadigan bo’ldilar. Natijada har bir oldi-sotdidan so’ng oltin tortishdek mashaqqatli ish engillashtirildi. Oltin pul sifatida tanga moneta shaklini oldi. Keyinchalik, muomaladagi pullarni eyilib, undagi tillani kamayishi, o’z og’irligini yo’qotishi muomalada qog’oz pullarni paydo bo’lishiga olib keldi. Muomalada metall monetalarning o’rinbosari sifatida qog’oz pullar ishlatila boshladi. Tovarlarni sotib olganda puli to’lanmay nasiyaga olinishi mumkin. Tovarlarni pulini ma’lum muddati o’tgach to’lanishi mumkin, bunda pul to’lov vositasini bajaradi. Pulning harakati alohidalashadi. Masalan: ish haqi to’lanishi o’z navbatida turli moliyaviy - majburiyatlarni (qarz bo’yicha, soliq, ijara va shunga o’xshash) bajarilishiga olib keladi. Qarz majburiyatlari o’z navbatida pulning yangi shakli kredit pullarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
- O’z tovarini qarzga sotgan sotuvchi xaridordan veksel (qarz majburiyati) olishi mumkin
- va uni o’z navbatida pul o’rnida ishlatishi mumkin. Lekin veksel ishlatish cheklangan, chunki u faqat bitta veksel egasining mulki bilan qanoatlanadi. Banklar xususiy vekselllar o’rniga ularga nisbatan kafolati mustahkam banknot (bank biletlari) chiqara boshladilar. Ular oltin bilan ta’minlangan bo’lib, muomalada keng ishlatila boshlandi.
- Pul xazina to’plash vositasi bo’la oladi. Agar xaridor puliga zarur tovar olishni keyinga surib, uni muomaladan chiqarar ekan, pul xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. U umuman, boylik sifatida to’planadi. Bunda faqat oltin monetalar emas, quyma tillalar, quyma tilla buyumlar ham (pul yasaladigan xom ashyoning hamma ko’rinishlari) bu vazifani bajarishi mumkin.
- Xalqaro miqyosda pul jahon puli funktsiyasini bajaradi.
- Bunda pullar o’z «milliy kiyim»larini echib, natural shaklda, quyma oltinlar shaklida ishlatilgan. Mamlakatlar o’rtasida hisob-kitob har bir mamlakatning pul birligida ifodalangan oltin miqdori asosida yuritilgan. Banklar orqali o’zaro bir-birini qoplovchi hisob-kitoblar qilinib qarz qoplanmay qolgandagina oltin bilan to’langan.
- Monometall pul tizimi o’rniga kredit va qog’oz pul muomalasi tizimi kirib kelishi Bilan
- pul avvalgi iqtisodiy mazmunini birmuncha yo’qotdi. Qog’oz pullar oltindan farq qilib ichki qiymatga ega emas.
- Qog’oz pulda ko’rsatilgan raqam uni tayyorlash uchun qilingan xarajatlarni ifodalamaydi. Masalan, AQShning 100 dollarini zarb qilish uchun 25 tsent sarflanar ekan, 100 so’mlikni bosib chiqarish uchun ham albatta undan kam mablag’ sarflanadi.
- Pulning oltin asosini bekor qilinishi bilan ilgari berilgan ta’rif endi to’g’ri kelmay qoldi.
- Hozirgi paytda ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha qog’oz-kredit pul tizimida pullar
- dekret (qonun kuchiga ega bo’lgan qaror) pullaridan iborat. U holda pulga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |