Milliy valyuta kursining o’zgarishiga fundamental omillar ta’siri179
№
|
Ko’rsatkich nomi
|
O’zgarishi
|
Mil.val/kursi o’zgarishi
|
|
Ichki foiz stavkalar
|
o’sish «↑»
|
o’sish «↑»
|
|
Xorijiy foiz stavka
|
o’sish «↑»
|
pasayish «↓»
|
|
Ichki narxlarni kutilgan darajasi
|
o’sish «↑»
|
pasayish «↓»
|
|
Kutiladigan saavdo cheklovlari
|
o’sish «↑»
|
o’sish «↑»
|
|
Kutiladigan import darajasi
|
o’sish «↑»
|
pasayish «↓»
|
|
Kutiladigan eksport darajasi
|
o’sish «↑»
|
o’sish «↑»
|
|
Kutiladigan ishlab chiqarish xajmi
|
o’sish «↑»
|
o’sish «↑»
|
20.7.Valyutaning xarid qobiliyati
Paritet so’zi, lotinchadan “paritas” so’zidan olingan bo’lib, “muvozanat” degan ma'noni anglatadi. Valyuta pariteti (currency parity) - bir valyutaning boshqasiga almashinuvi mustahkam, rasmiy belgilangan munosabatga aytiladi.
Oltin (kumush) standarti sharoitida valyuta pariteti metall pullarning miqdorligi nisbati orqali aniqlanadi.
Yagona baholar qonuni. Agar A valyuta kursi B valyuta paritetga nisbatan oshsa A mamlakati tovarlarini sotib olish va B mamlakatga eksport qilish ma‘qul hisoblanadi.180
20.6-jаdvаl
Yagona baxolar qonuni
sotuvchi
|
Ichki narx
|
Valyuta kursi
|
Dollarda
Xisoblash
|
Dollardagi narxi(paritet)
|
Amerika
|
190
|
|
|
190
|
Angliya
|
116
|
1,65
|
116*1,65
|
191,4
|
Yaponiya
|
20000
|
110
|
20000/110
|
181,82
|
Angliya
|
116
|
1,5
|
116*1, 5
|
174,0
|
The Ekonomist jurnali tomonidan chop etiladigan Big Mak indeksi ikkita davlat pul birligining xarid qilish paritetini (XQP) o’lchashning norasmiy yo’li bo’lib, turli mamlakatlardagi bir xil narxdagi tovarlarga nisbatan valyuta kurslarini tadqiq qilishga, valyuta kursi nazariyasini yanada aniqroq baholanishiga yordam beradi. Dastlabki ishlab chiqarilgan kuni 1967 yilda big-mag 47 tsent turar edi. Keyingi yilda u Amerika standartiga aylandi va narxi 49 sentni tashkil etdi. 1986 yildan boshlab The Economist jurnali Big Mac Index xisoblab e'lon qiladi va u paytda uning narxi$1.60 etdi. U paytda 15 mamlakat narxlari berilardi.
Bu indeksning nomi “Mc Donald’s” restorantlar tizimida sotiladigan “Big Mac” gamburgeri nomidan olingan. Big Mak indeksi 1986-yilda Ekonomist jurnali muxbiri Pam Vudel tomonidan yarim hazil ko’rinishida birinchi marta tanishtirilgan edi va shundan buyon har yili jurnalda nashr ettirilib kelinadi.
Tadqiqotchilar tomonidan bitta big mak mahsuloti sotib olish uchun mamlakatdagi o’rtacha ishchi sarflashi mumkin bo’lgan vaqt miqdori va boshqa ko’rsatkichlar qo’shilib Big Mak indeksi to’g’risidagi g’oya boyitildi. Indeks mahalliy ish haqqi singari faktorlar asosida o’rtacha ishchining xarid qobiliyati va boshqa ko’rsatkichlarni nisbatan haqqoniyroq ko’rsatib beradi.
Valyuta kursi harakatini oldindan bashorat qilishning usullaridan biri shuki, har ikkala valyutada ham tovar va xizmatlar savati bir xil narxda bo’lishi uchun valyutalar kursi tabiiy ravishda o’rnatilishi kerak. Big Mak indeksida keng tarmoqli restorantlar tizimida sotiladigan big mak burgeri tovar va xizmatlar savati vazifasini bajaradi. Aynan big mak tanlanganing sababini dunyoning ko’plab mamlakatlari bo’ylab keng tarqalgan “McDonald’s” restorantlari tarmog’i orqali narxlar to’g’risida yetarlicha malumot olishning imkoniyati mavjudligi va boshqalar orqali ko’rsatish mumkin. Shu asoslarga ko’ra indeks ko’plab mamlakatlar valyutalarini taqqoslash imkoniyatini beradi.
Kеyingi yildа u аmеrikа stаndаrtigа аylаndi vа nаrхi 49 tsеntni tаshqil etdi. 1986 yildаn bоshlаb The Economist jurnаli Big Mac Indexхisоblаb e’lоn qilаdi vа u pаytdа uning nаrхi $1.60 еtdi. U pаytdа 15 mаmlаkаt nаrхlаri bеrilаrdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |