Pul va banklar


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va



Download 12,78 Mb.
bet189/513
Sana31.12.2021
Hajmi12,78 Mb.
#222287
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   513
Bog'liq
ПУЛ ва БАНКЛАР УУМ

13.3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va

funksiyalari
Markaziy bankning vazifalari va funksiyalari to‘g‘risidagi fikrlar O‘zbekiston Markaziy bankiga ham tegishlidir. Bu paragrafda biz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining ba’zi bir xususiyatli tomonlari to‘g‘irisida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Rsspublikasida Markaziy bankning asosiy maqsadi pul-kredit tizimi va mil­liy valyuta barqarorligini ta’minlash asosida iqtisodiy o‘sishga erishishdan iborat.

Pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank pul-kredit siyosatini rivojlantirishning bir yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. Bu yo‘nalishlar Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan keyin harakat dasturi sifatida qabul qilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma-xil bo‘lib, bu qonunda aks ettirilgan.

O‘zbekiston Resnublikasi Markaziy banki huquqiy shaxs sifatida, davlat mulkiga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida o‘z xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplashi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z miqyosi va faoliyat darajasiga ko‘ra respublikamizdagi eng yirik bank hisoblanadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Mar-kaziy banki to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu qonunning 3-moddasida ko‘rsatilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi milliy valyutaning barqaror-ligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx-navo va milliy valyuta kursining barqaror bo‘lish tushunchasini o‘z ichiga oladi. Albatta, pul massasi, valyuta kursi, narx-navoga ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham mavjud. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respub­likasi Markaziy banki qator muhim vazifalarpi hal etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir:

– monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakl-lantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish;

– O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash;

– banklar faoliyatini tartibga solish va banklar faoliyati usti-dan nazorat qilish;

– O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxirasini saqlash va ularni boshqarish;

– Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.

Markaziy bankka ayrim bank korxona va tashkilotlarning kapitalida qatnashishi, ularga moliyaviy yordam ko‘rsatishi, tijorat turi-dagi faoliyatlarni olib borishi man qilinadi. Markaziy bankni boshqarishning yuqori tashkiloti boshqaruv bo‘lib, u monetar siyosat-ni hamda o‘z zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirishda boshqa davlat tashkilotlarining bevosita va bilvosita arala-shuvidan holi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.

1. Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish.

2. Hisob-kitob va pul o‘tkazish operatsiyalarini bajarishni yo‘lga qo‘yish.

3. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.

4. Boshqa kredit muassasalarining kassa zaxiralarini saqlash.

5. Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash.

6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish.

7. Tijorat banklariga kredit berish.

8. Pul emissiyasi.

Markaziy bank o‘z sarf xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplovchi iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklardan ibo-rat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiri-ladi.

Respublika Markaziy bankining nizom kapitali 2 mlrd. so‘m deb belgilangan. Shuningdek, Markaziy bank soliqlar va bojlardan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasiga muvofiq ozoddir. Markaziy bank kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi mo­liya yili boshlanishidan 30 kun oldin Oliy Majlisga bu haqda axborot beradi. Markaziy bank pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlari-ning ahvoliga asoslanib, muomaladagi pul muassasining bitta yoki bir qancha ko‘rsatkichlari o‘zgarishining aniq maqsadli mo‘ljal-larini belgilashi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati iqtisodiyot vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miq-dorini yillik o‘stirish sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyosatini amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga olib muhim makroiqtisodiy jarayonlar: pulning qadrsiz-lanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi hamda mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansini barqarorlashtrishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zaro hisob-kitoblarning O‘zbekiston tijorat banki tomonidan belgilangan va hamma bank hamda mijozlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar asosida olib borilishini nazorat qiladi. CHunki belgilangan qoidalarning bir taxlitda qo‘llanilishi butun respublika hududida hisob-kitoblar-ning uzluksizligini ta’minlaydi.

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 50-moddasiga muvofiq, banklarni nazorat qilishdan asosiy maqsad bank tizimining barqarorligini ta’minlash, omonat-chi va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. O‘zbe-kiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank muassasalarining rivojini xar tomonlama hi-sobga olib va kuzatib boradi, kapitalning aynan bir xilligi, lik-vidlikka doir talablarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy me’yorlarni (52-modda), shuningdek, kreditlash hajmi, limitlarini belgilaydi. Kapitalning etarliligi, aktivlarining sifati, foydaligi va likvidliligiga qarab tijorat banklarining moliyaviy ahvoli bahola-nadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. SHu bilan bir-ga, Markaziy bank yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazishga litsenziyalar be­radi va milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash shartini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro hisob-kitob-larda zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini bajarish bilan birga dunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan mamlakatimizning oltin-valyuta zaxiralari qiymatini ham yaratadi. Boshqa moliya muassasalari, korxonalar va xususiy shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‘lish va valyuta opera-siyalari o‘tkazish huquqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respub-likasi Markaziy banki valyuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depo-zitariy bo‘lib qolishi lozim.

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va xazina vakili sifatida ish tutadi.

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 44-moddasiga muvofiq Markaziy bank hukumat bankiri sifatida hukumat muassasalari va tashkilotlarining hisob varaq-larini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi; davlat qimmatbaho qog‘ozlari bilan operatsiyalar o‘tkazib turadi; davlatga bevosita qisqa muddatli va uzoq muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid qilish tarzida kredit be­radi; hukumat idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning xazina vakili sifatida hukumat hisobvaraqlarini yuritadi, Hukumatning moliya operatsiyalariga ko‘maklashadi byudjet daromad va xarajatlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘oz-larini joylashtiradi, ular bo‘yicha hisobvaraqlar yuritadi va dav-latning boshqa qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshi-radi.

Banklar banki sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy ban-ki hisob-kitob-to‘lov operatsiyalarini o‘tkazish, banklararo to‘lov-larning hisob-kitob-kliring xizmatini uyushtirish tartibini bel-gilaydi, tijorat banklariga kreditlar, tegishlicha ko‘rsatmalar beradi.

Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisob varaqalaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar. Bundan tashqari, ularning o‘z mablag‘lari kamlik qilsa, Markaziy bankdan kredit olishlari, naqd pul bo‘yicha ham Markaziy bankka murojaat qilishlari mumkin.

SHuningdek, o‘z hisob va kredit operatsiyalari bo‘yicha stavkalarni mustaqil ravishda belgilaydi. Markaziy bank O‘zbekiston Respub-likasi hududida qonuniy to‘lov vositasida banknotalar va tanga ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

Markaziy bank va u vakolat bergan talabga ko‘ra bir nominal qiymatdagi banknota va tangalarni boshqasiga hech qanday to‘lovsiz yoki vositachilik haqisiz almashtirib beradi. Naqd pul mablag‘larini muomalaga chiqarish va qaytarib olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi.

Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zaxira miq-dorini belgilab beradi. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich milliy valyutada 15 % va xorijiy valyutada 8 %ni tashkil qiladi. U pul muomalasini barqarorlashtirish va banklar likvidligini ta’minlashda ahamiyatga ega.


Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish