4. Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy bank, davlat banki sifatida, Davlat byudjetining kassali bajarilishini amalga oshiradi, davlat organlarining naqd pulsiz operatsiyalarini ma’lum qismini amalga oshiradi, xukumatning tashqi qarzlarini to’lashga xizmat qiladi, byudjet defitsitining ma’lum qismini qoplashga va boshqa davlat muassasalarining xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlariga qisqa muddatli kreditlar beradi. Hamda xukumatga pul-kredit va valyuta masalalari boyicha maslahatlar beradi.Masalan, Bundesbank davlat banki sifatida Federatsiyaga, ma’muriy-hududiy bo’linmalarga hamda Federatsiyaning parabyudjet fondlariga kreditlar berish huquqiga ega. Bu kreditlar hajmi cheklangan bo’lib, qisqa muddatli xarakterga egadir.
Davlat banki sifatida Bundesbank, xukumat nomidan uning obligatsiyalarini, moliyaviy veksellarini sotadi va ularni sotish uchun e’lon qiladi. U federal zayomlar kursini barqaror darajada saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Markaziy bank davlatning asosiy bankiri va xukumatning moliyaviy maslahatchisi bo’lib hisoblanadi. Bu borada:
xukumat miqyosidagi tashkilotlarning hisob raqamlarini yuritadi;
davlat zayomlarini chiqarish, saqlash va ular bilan tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi;
xukumatga kredit beradi;
davlatning oltin-valyuta va qimmatbaho toshlardan iborat rezervini o’zida saqlaydi va boshqaradi;
mamlakat miqyosida valyuta kursini o’rnatadi, foiz siyosatini yurgizadi va davlatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlariga javob beradi. Ular bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatadi va olib boradi.
Markaziy bankning davlat banki sifatidagi funktsiyasining muhim kqrinishlaridan biri xukumatning tashqi qarzlarini tqlash jarayonida namoyon bo’ladi.
Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar boyicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo’lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi.Rivojlangan davlatlarda xukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo’lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo’lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo’ladi. qarzni tqlash muddati kelishi bilan xukumat Markaziy bankka tqlov topshiriqnomasi yozadi. Bank qzining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to’laydi va to’langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi.Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an’anaviy funksiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar.Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma’lumotlar bilan ta’milash funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga kiritish mumkin. Markaziy bankning ma’lumotlar talab qilish huquqi to’g’risida tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy bankning ma’lumot - tadqiqot funktsiyasining bir ko’rinishi sifatida ko’rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning funktsiyalari qo`yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yo`lida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank funktsiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab etadi. Yuqorida qayd etib o`tilgan Markaziy bankning asosiy an’anaviy funktsiyalari xalqaro bank tizimida an’anaviy ko’rinish sifatida keng tarqalgan, ya’ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining funktsiyalari bir-biriga o’xshab ketadi
Xulosa O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi. Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi. Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori kuchga ega bo`lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga ega bo`lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan chiqadi
Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga
hisobdordir va bu uning ish faoliyatining alohida xususiyatidir. Xalqaro amaliyotda ham markaziy banklar milliy pul birligining ichki va tashqi barqarorligi uchun javobgar, o'zining parlamenti oldida hisob beradi, lekin o'z faoliyatida parlamentga bo'ysunmaydi. Shuningdek, u bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni belgilaydi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
Banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to`g`risida axborot so`rash va olish;
Banklar, ularning filiallari va bank bilan uzviy bog`langan yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish hamda tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo`llash;
Xulosa qilib aytganda yurtimizda Markaziy bankning maqomini yanada oshirishda bank kredit tizimi va uning asosiy yo`nalishlarini belgilab olish, aholi mablag`larini tijorat banklari omonatlariga jalb etish ishlarining samaradorligini oshirish, pul kredit siyosatini isloh qilish, mamlakatda inflyatsiya darajasining o`sishiga yo`l qo`ymaslik va boshqa shu kabi chora tadbirlarni amalga oshirish kerak deb o`ylayman.