Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi.
O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki faoliyati "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida O'zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan. O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.
Markaziy bank - o'z sarf-xarajatlarini o'zining daromadlari hisobidan
amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bank davlatga qarashli yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan va moliyaviy faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Markaziy bank davlat organi bo'lib, o'z vakolatlari doirasida yagona davlat pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi, qonuniy to'lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko'rinishdagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega, davlat tomonidan valyutani tartibga soluvchi va nazoratini olib boruvchi organ hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti sifatida banklar va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan iborat bo'lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi.
Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
-banknotalar (naqd pullar) emissiyasi,
-davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saqlash,
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish,
-kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
-davlat banki sifatida faoliyat ko’rsatish,
-to’lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish,
-valyuta kursini muvofiqlashtirish.
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi va u bu sohada monopol huquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur. Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o’zida yig’adi va burezervlar xaltaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to’lov balansi defitsitini koplash va mamlakat uilliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatiladi.Markaziy bank orkali davlatning iktisodiy siyosati, yanada anikrogi davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning shugisodni boshkarish siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat.Pul-kredit siyosati ikki yo’nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo’nalish - kredit ekspantsiyasi bo’lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo’li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chikarish sur’atlari tushib ketgan holda, konyunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo’nalish - kredit restriktsiya siyosati bo’lib, u iqtisodiy o’sish davrida pul-kredit emissiyasining qiskarishiga asoslanadi.Markaziy bank “tor” va “keng” ma’noda pul -kredat siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko’rash olib borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to’lov balansi kabi masalalarning echimiga karatilgan bo’ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo’lib quyidagilar xisoblanadi:
-minimal majburiy rezerv normalarini o’rnatish,
-foiz (diskont) siyosati ,
-tijorat banklarini qayta moliyalashtirish,
-ochiq bozor siyosati,
-targetlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |