Pul, uning kelib chiqishi va


O’zbekistonda qog’oz pullar



Download 320,5 Kb.
bet8/10
Sana01.07.2022
Hajmi320,5 Kb.
#728069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
pul 2

O’zbekistonda qog’oz pullar1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300,
500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qog’oz pullar tanga deb atalgan.
1920 yilda Buxoro Sho’ro qo’shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro amirligi o’rniga Buxoro Sovet Xalq Respublikasi (BSXR) tashkil etiladi. Yangi BSXR da 1920 yilda Buxoro amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog’oz tangalar muomalada bo’lib keladi, hamda ularni bir oz o’zgartirilgan holda chiqarish, ya ‘ni sovet simvolikasi qo’yilgan holda tanga nomi bilan qog’oz pullar muomalaga chiqarish davom etgan. 1921 yilda BSXR muomalaga yangi, nominali rublda ko’rsatilgan qog’oz pullarni chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominalda muomalaga chiqarilgan.
1922 yilda BSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullarning nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan. Ammo ko’p o’tmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul birliklari bozor ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila boshlagan16.
Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, bularning ichida kishilar o’rtasida mehnat taqsimotining paydo bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullarning vujudga kelishi uning tarixi va sivilizatsiyasi juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi.
    1. Pulning funksiyalari.

Pulning funksiyalari.


Pul chig’anoq yoki brilliant, oltin yoki qog’oz pul ko’rinishida bo’lishidan qa ‘tiy nazar, iqtisodiyotda pul uchta funksiyani bajaradi. Pul ayirboshlash vositasi, qiymat ulchovi va jamg’arish funksiyalarini bajaradi. Aynan ayirboshlash funksiyasi pulning boshqa aktivlar – aksiyalar, obligatsiyalar va uylardan farqini belgilab beradi.
Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o’rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko’rsatish jarayonida namoyon bo’ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.
Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo’lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko’rsatish uchun to’lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.
Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta – qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali aylanish tezligi qancha yuqori bo’lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo’lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi.
Odamlar o’rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi, 1 – rasmga qarang. Mehnat qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo’lib, ular o’z mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi.
Masalan, tosh asrida Evropada eng ko’p tarqarlgan ayirboshlash vositasi kremnivie boltalar hisoblangan. Manbalarga ko’ra ular juda yirik bo’lib, ayrimlarini og’irligi 40 kgni tashkil etgan. Evropada kremnivie boltalar juda keng tarqalgan bo’lib, unga ega bo’lgan kishilar juda boy va mavqie yuqori hisoblangan32.
Agar Evropada bolta juda keng tarqalgan to’lov vositasi hisoblansa, Russiyada iste ‘mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan. Masalan, iste ‘mol tovarlar ichida buqalar asosiy to’lov vositasi sifatida tan olingan. Barcha narsaning qiymati, hatto erlar ham buqalar bilan o’lchangan.
Manbalarga ko’ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar chorvachilik bilan shug’ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida buqalar, mayda to’lov vositasi sifatida qo’ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning rivojlanishi natijasida bug’doy o’lchov biriligi vositasida foydalanilgan. Bug’doyni uzoq saqlash imkoniyati bo’lmaganligi, u ma ‘lum muddat o’tgandan so’ng buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig’onoqlari, tosh bolta va shu kabi boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan, 2 – rasmga qarang.

Qadimda natural pullar turli ko’rinishda bo’lib, (2 – rasmga qarang) ulardan
to’lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta ‘sir qilgan. Xususan:

    • odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo’lgan buyumlar;

    • mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi;

    • kamyob buyumlar va ularni etishtirishning murakkablik darajasi;

    • uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.

Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish