Byudjet tashkilotidagi kassa muomalalari hisobi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» ga qatiy amal qilingan xolda tashkil etiladi. Tashkilot kassasi uchun ajratilgan xona «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» talablari bo’yicha jihozlanishi kerak. Tashkilotlar kassasiga naqd pul mablag’larini qabul qilish bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son shakldagi kirim kassa orderi bo’yicha amalga oshiriladi.Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablag’larini berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa orderi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan holda amalga oshiriladi.
Pul mablag’larini berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar (arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar)da tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart emas. kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar ular bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) ko’rsatilgan holda “to’langan” shtampi qo’yiladi yoki so’z bilan yozib qo’yiladi. kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi hujjatlar kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan ko-3-son shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olish jurnalida qayd etiladi
Ish haqini berish to’lov (hisob-kitob-to’lov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin ro’yxatga olinadi. Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag’lari bo’yicha alohida kassa daftari yuritiladi. Buxgalteriya hisobida kassa operatsiyalari hisobi 12 “Kassa” schyotida 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag’larining (milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks ettiriladi.