Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari ikm-60 Axrorov Dilshod



Download 4,7 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi4,7 Kb.
#349549
Bog'liq
Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari-hozir.org


Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari

Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari

IKM-60 Axrorov Dilshod


  • Pul tizimi deganda nimani tushunasiz?

  • Pul tizimining elementlari nechta va ular qaysi?

  • Milliy valyuta nima? 

  • Spot, forvard, kross kurs nima?


Reja:

Pul tizimi deganda nimani tushunasiz?

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 32-moddasida pul tizimi to‘g‘risida quyidagicha yozilgan:

«O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi rasmiy pul birligini, pul muomalasini tashkil etilishini va uni tartibga solishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi so‘mdir. Bir so‘m yuz tiyindan iborat. So‘m O‘zbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi».

Umuman, pul tizimi deganda turli mamlakatlarda tarixan vujudga kelgan va odatda qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining tashkiliy shakli tushuniladi.

Pul tizimining tarkibiy qismlari

Tovarlar va xizmatlar narxlarini ifodalovchi milliy pul birligi

Naqd aylanmada qonuniy to‘lov vositasi vazifasini bajaruvchi kredit va qog‘oz pullar, mayda tangalar tizimi

Pul emissiyasi tizimi, muomalaga pul chiqarish tartibi

Pul muomalasi masalalarini tartibga soluvchi muassasalar

Pul tizimining elementlari nechta va ular qaysi?

Milliy valyuta — muayyan davlat (davlat markaziy banki) tomonidan chiqariladigan valyuta.

Milliy valyuta nima? 

Birinchi navbatda mamlakat hududida, quvvati va holatiga qarab tashqi savdo va xalqaro hisobkitob ishlarida qoʻllaniladi

Valyuta (ital. valuta, lot. valere — qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va b.).

Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda 1000, 5000, 10000, 50000, 100000 soʻm qiymatidagi banknotlar va 10, 25, 50, 100, 500 soʻm qiymatidagi tangalar muomaladadir.

Spot, forvard, kross-kurs nima?

Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi.

Ularning ko‘pchiligi spot shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb mos keladi. Bitimning bunday turida valuta sotuvchidan sotib oluvchiga shartnoma imzolanishi bilanoq (ko‘pi bilan ikki ish kunida) yetkaziladi.

Spot shartnomalariga jami valuta shartnomalarining 90 foizi to‘g‘ri keladi.

«Spot», forvard va opsion shartnomalari banklararo bozorlarda va

birjalarda amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan shartnomalarga fyuchers shartnomalari kiradi. Fyuchers operatsiyalari fyuchers shartnomalarini sotish va sotib olish bo‘yicha tuziladi.

Fyuchers operatsiyasi valutani sotib olish yoki unga qarama-qarshi

operatsiya bilan tugaydi. Fyuchers operatsiyasining natijasi bu

yutqazgan tomonning yutgan tomonga shartnoma tuzilgan va amalga oshirilgan vaqt orasidagi kursi farqini to‘lashdir. Bu farqni birjaning hisob-kitob (kliring) palatasi to‘lab beradi. Fyuchers shartnomalari imzolanishi bilan birjaning hisoblash markazida ro‘yxatdan o‘tadi.

Kross-kurs – bu ikki valuta o‘rtasida uchinchi valutaga nisbatan aniqlanadigan kurslar nisbatidir. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki yapon iyeniga nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda iyenning so‘mga nisbatan kursi dollarga asoslangan holda aniqlanadi. Misol tariqasida berilgan valuta kurslariga binoan 761,25 so‘m 1 dollarga teng. 1 yapon iyeni esa 6,4 so‘mga teng. Xo‘sh, yapon iyeni dollarda qanday aniqlanadi?

Kross-kurs = (1$ = 761,25 so‘m) / (1 yapon iyeni = 6,39 so‘m) = 119,1 yapon iyeniga teng.

Demak, 1 AQSh dollari 119,1 yapon iyeniga teng ekan. Aynan shu ko‘rsatkich kross-kurs ko‘rsatkichini o‘zida ifoda etadi.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!


http://hozir.org
Download 4,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish