Pul nazaryalari Reja: Pul nazariyasi. Pulning asosiy xususiyatlari Pulning metal nazariyasi, pulning nominal nazariyasi. Pulning funktsiyalari Pul miқdoriy nazariyasi. Pul muomalasi muammosi Zamonaviy pul massasining tashkiliy tuzilishi Pul



Download 58,89 Kb.
bet1/8
Sana12.05.2023
Hajmi58,89 Kb.
#937677
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu pul nazaryalari


Pul nazaryalari

Reja:


  1. Pul nazariyasi. Pulning asosiy xususiyatlari

  2. Pulning metal nazariyasi, pulning nominal nazariyasi.

  3. Pulning funktsiyalari

  4. Pul miқdoriy nazariyasi. Pul muomalasi muammosi

  5. Zamonaviy pul massasining tashkiliy tuzilishi


Pul nazariyasi. Pulning asosiy xususiyatlari
Ҳar bir iқtisodiy kategoriya amal қiluvchi mamlakat rivojlanishining Asosiy dastaklaridan biri pul bўlib, bozor iқtisodiga ўtish va unda ishtirok etishda uning roli va aҳamiyati yana oshib boradi. Ҳar bir iқtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar baҳosi, tўlovlar, daromadu ҳarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iқtisodiy aloқalar makro va mikro darajalarda faқat pulda ifoda қilinadi. Bozor iқtisodiga ўtish sharoitida pulni aҳamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud ҳuқuқiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi-daromadi pul bilan boғliқ. SHuning uchun ҳam pul barcha iқtisodiy rivojlanish poғonalarida odamlarni ўziga jalb қilib kelgan. Avstraliyalik iқtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul tўғrisida jaҳonda besh-olti mingdan ortiқ maxsus ishlar chop қilingan. Agar biz ҳozirgi kunda pul tўғrisida yozilgan va chop қilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolaғa bўlmasa kerak. Tadқiқotlar shunchalik kўp bўlishiga қaramasdan pul va uning xususiyatlari, ҳar bir tizimda ishlatilishi, ўrni, iқtisodga tahsiri, nega aloҳida olingan individumlar қўlida pulning kўpayishi ularning boyligining kўpayishiga olib keladi-yu, jamiyat miқyosida muomaladagi pul massasining kўpayishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy tahsir kўrsatadi degan savollarga ҳali tўliқ javob berilgan emas.
Pul va uning vazifalari tўғrisida mavjud xorijiy mamlakatlar iқtisodchilarning қullanmalarini olib қaraydigan bўlsak, pulning kelib chiқishi tўғrisida ikki xil ғoya mavjudligini kўrishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion ғoyalardir.
Ratsionalistik қarashning asoschilaridan biri Aristotelg’ bўlib, u pul kelib chiқishining asosini ўzaro bir-biriga teng қiymatni ҳarakatga keltiruvchi biror bir maxsus “kurol”, kishilar orasida ўzaro kelishuv natijasida қabul қilingan shartli birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining bўlishiga olib kelgan deydi. Ўzaro tovarlarni almashtirishga pul қatnashganida tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar ўrtasidagi proportsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bўlgan maxsulotga talab kay darajada va uning miқdorining kam yoki kўpligiga boғliқ ҳolda ўrnatilgan. Keyinchalik shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent rolini ўynovchi bahzi tovarlar ajralib chiқdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi.
Rivojlanishning birinchi bosқichlarda bular mis, bronza, temir bўlib almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar ўrtasidagi shartnoma vositasi deb karab kelingan. Xozirgi vaқtda ҳam bahzi chet el olimlari, masalan, Polg’ Samuelg’son pulni sunhiy sotsial shartlashish belgisi deb izoҳlagan. Boshқa amerikalik olim Jon Ge-toreit қimmatbaҳo metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar ўrtasidagi kelishuvning maҳsulidir deb uқtirmoқda.
Ўzok yillar davomida sobik SSSRda pul va pul muomalasi soҳasidagi tadқiқotlar K.Marksning tahlimoti asosida olib borildi. Pulning kelib chiқishini tadқiқot қilishda, albatta K.Marksning xizmati katta. U.A. Smit,
D. Rikardolarning tadқiқotlariga asoslangan ҳolda pulning moҳiyatini aniқroқ ifodalab berdi. Pulning ўzi ҳam tovar ekanligini, pulning kelib chiқishi bosқichlarini izoҳlab bera oldi. U oltin va kumush қazib olish va ishlatish uchun mahlum meҳnat sarflanadi, shu meҳnat oltin va kumushda gavdalangan ҳolda, boshқa tovarlarning қiymatini ўlchashning asosi bўlib xizmat қiladi deb kўrsatgan. Ҳozirgi vaқtda yuқoridagiga ўxshagan real pullar ўrniga ўz қiymatiga ega bўlmagan қoғoz va kredit pullar muomalada ishlatilmoқda. SHuning uchun, қoғoz va kredit pullar, pul kelib chiқishi tўғrisidagi ratsionalistik kontseptsiyaning tўғridan tўғri isboti bўla olmaydi. Қoғoz pullar yuzaga kelguncha jamiyat bir necha rivojlanish bosқichlarini bosib ўtgan.
Pulning kelib chiқish tarixi pulning evolyutsion nazariyasi bilan kўproқ boғliқ. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini ҳar xil tovarlar uynagan. Ҳar bir jamoa ўz tovarini ekvivlent sifatida ўrtaga қўygan. Lekin jamiyat taraқiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruҳ tovarlarning ajralib chiқishiga olib keldi. Bular eҳtiyoj uchun zarur bўlgan tovarlar va zebu-ziynat tovarlaridir.
Ishlab chiқarishning rivojlanishi natijasida deҳkonchilik va chorvachilikdagi mexnat taқsiymoti, tovar turlarining kўpayishi almashinuv jarayonining yana rivojlanishini taқozo қiladi. Almashuv jarayonida tovar egalari ўzaro muloқatda bўlib, tovarning egasi ўz maxsulotini (mulkini) baҳolagan. SHu baҳolash jarayoni biror ўlchov birligi bўlishini taқazo қilgan.
K.Marks pulni «pul - bu tovarlarning tovari» deb ifodalagan va uning қuyidagi xususiyatlarini izoҳlab bergan. Birinchidan, pulning istehmol қiymatida boshқa tovarlarning қiymati ўz ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniқ meҳnatning asosini abstrakt meҳnat tashkil қiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy meҳnat ijtimoiy meҳnat sifatida namoyon bўladi.
SHunga asoslangan ҳolda pul ҳam tovar, lekin boshқa tovarlardan farқ қiluvchi xususiyatlarga ega bўlgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning қiymatini ўzida ifoda қiluvchi, umumiy ekvivalent ҳisoblanadi,
Umumiy ekvivalent rolini ўzoқ yillar davomida oltin bajarib kelgan bўlsada, tovar xujaligining va pul muomalasining rivojlanishi қoғoz pullar, boshқa kredit vositalari, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablaғlarining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga ўtkazilishi kabi jarayonlar bўlishiga olib kelgan. Pul қanday shaklda bўlishidan kathiy nazar u pul bўlib қoladi. Yuқoridagilarga asoslangan ҳolda pulning moҳiyatini қuyidagicha tahriflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bўlib, abstrakt meҳnat ҳarajatlarini ўzida aks ettiradi va tovar xўjaligidagi ijtimoiy ishlab chiқarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu tahrif pulning barcha xususiyatlarini ўzida tўliқ ifodalaydi deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan; pulning boshқa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi; ikkinchidan - pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bўlib, қolgan tovarlarning қiymatini ўzida ifoda қilishi, (boshқa xoxlagan bir tovar bu xususiyatga ega bўla olmaydi); uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan meҳnat va boshқa ҳarajatlarini ўzida ifoda kilishi; turtinchidan, pulning ҳar bir iқtisodiy tizimda, tovar ishlab chiқarishda kishilar ўrtasida yuzaga keladigan iқtisodiy munosabatlarini ifoda қilishi va boshқalardir.
Pul tўғrisidagi evolyutsion nazariya uning ўlchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi.
CHet el iқtisodchilari pulning iқtisodiy kategoriya sifatidagi moҳiyati va aҳamiyatiga kam ehtibor berishgan. SHuning uchun chet el iқtisodchilari uni chetlab ўtishgan. 50-yillardagi darsliklarning avtorlari pulning bu sifatidan kўra uning iқtisodga, ishlab chiқarish va bandalik, moddiy boyliklar va ulardan foydalanishga tahsirini ўrganish muҳimroқdir deb ҳisoblashgan va kўp chet el olimlari shu yunalishda ish olib borishgan. Xozirgi vaқtda pul tўғrisida bizda mavjud chet el adabiyotlarida kurilgan manbalar bu fikrimizning isboti bўlishi mumkin. Ҳaқiқatda ҳam bozor munosabatlariga ўtish sharoitida pulning zarurligi, moҳiyatini tadқiқot kilishdan kўra pulning iқtisodga, ishlab chiқarishga, bandalikka tahsirini tadқiқot қilish jamiyatimiz uchun aҳamiyatliroқ deb uylaymiz.



Download 58,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish