Pulning funktsiyalari
Biz pulni iқtisodiy kategoriya deb karab, iқtisodiy jiҳatdan rivojlangan mamlakatlarda keng tarқalgan funktsiyalarini taҳlil қilib, pul tўrt funktsiyani bajaradi degan fikrni tahkidlamokchimiz. Bular:
Pul қiymat ўlchovi sifatida. Pulning birinchi funktsiyasi uning қiymat ўlchoviligidir, yahni pul barcha tovarlarning қiymatini ulchaydi, ularning baҳosini aniқlashda vositachi bўlib ҳizmat қiladi. қiymat ўlchovi funktsiyasida pul, tovar ishlab chiқarishga sarflangan ijtimoiy meҳnatni ifodalaydi va shu mexnat asosida tovarning қiymatini belgilaydi. Pulning bu fuiktsiyasida naқd pullar emas ўlchovdagi pullar ishtirok қiladi. Masalan, biz savdo dўkoniga kirib, biron tovarni baҳosini kўrib, baҳo shu tovarga arziydigan baҳomi, yoki tovarga baҳo yuқori yoki past қўyilganmi - shu tўғrisida ўzimizning xulosamizga ega bўlishimiz mumkin. Mana shu bizning xulosamiz asosida pulning қiymat ўlchovi funktsiyasi yotadi.Pulning қiymat ўlchovi funktsiyasida bir tovarning қiymati ikkinchi bir tovar қiymati orқali ifoda kilinadi. Agar tarixan olib қaraydigan bulsak, bu vazifani ўz қiymatiga ega bўlgan tovar-oltin yoki oltinni ўzida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kalgan.Pulning қiymat ўlchovi funktsiyasi қiymat konuniga asoslanib aniқ^lanadi.Pulning қiymat ўlchovi funktsiyasi baҳolar masshtabini urnatishni talab қiladi.Baҳolar masshtabi ҳukukiy ҳarakterga ega bўlib, u davlat tomonidanurnatiladi va tovar қiymatiga asoslangan ҳolda uning baҳosini ifodalaydi. Baҳolar masshtabi orқali, fikran namoyish қilingan tovar baҳosi davlat baҳosi yoki bozor baҳosiga aylanadi va milliy pul birligida ifodalanadi.
80 - yillar oxirigacha baҳolar masshtabi deb, davlat tomonidan tasdiklanga'"n, tovar қiymatini ўlchash va baҳolar belgilash uchun kiritilgan, mahlum oltin miқdorini ўziga ifodalagan pul birligiga aytilgan. Қariyb 30 yil davomida 1961 yildan boshlab Sobik SSSRda baҳolar masshtabi қilib rublg’ kabul қilingan va u 0,987412 gramm oltinga tenglashtirilgan edi. 80 yillarning oxiriga kelib ittifokda pul birligini oltinga tenglash ғoyasi ўz kuchini yўқotdi. Vaҳolanki, boshқa kўpgina mamlakatlar amaliyoti bu tenglashtirish 70 - yillardan boshlab ehtiborga olinmadi. Rivojlangan iқtisodga ega bўlgan mamlakatlarda valyutani oltinga tenglashtirish ҳal қiluvchi dastag emasligini ularning iқtisodiy va sotsial taraққiyot isbotlab berdi.60 - yillarda yangi pul tizimi vujudga kelganda, pul isloҳati ўtkazilganda, devolg’vatsiya yoki revolg’vatsiyada davlat konuniy ravishda baҳolar masshtabini, pul birligining oltin miқdorini baҳolarni belgilash uchun urnatib bergan. Pul birligi mahlum miқdor oltinga tenglashtirilgan bulsada, muomalaga chiқarilgan pul birliklari ҳech kachon oltinga almashtirilgan emas. SHuni tahkidlash kerakki, ҳozirgi vaқtda jaҳondagi biror mamlakat ўz pulini oltinga almashtirmaydi. Bahzi mamlakatlar pul birligini oltinga tenglashtirsada, pul birligiga tўғri kelishi mumkin deb belgilangan oltin miқdorini muomaladagi pul birligiga almashtirib bermaydi. SHuning uchun bu tenglashtirish ўzining iқtisodiy moҳiyati va kuchini yўқotganligi aniқ. CHunki oltin oddiy tovarga aylandi va uning қiymata ҳam pulda ifolanadigan bўldi. Pulning funktsiyalari oltindan ajraldi, ўzgaruvchan valyuta kurslari joriy қilindi.
Ҳozirgi vaқtda baҳolar masshtabi talab va taklif tahsirida tashkil topadi va baҳo orқali tovarlar қiymatini ўlchashga ҳizmat қiladi. SHuni tahkidlash kerak-ki, pul yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Ikkala tomon uchun ҳam tenglashtirishning asosi bўlib abstrakt meҳnat ҳisoblanadi.
Tovar қiymatining pulda ifodalanishi baҳo deyiladi. Baҳo - bu ideal shaklda ongimizdagi қiymat ўlchovi. Қiymat ўlchovi vazifasini fikran ifoda қiladigan pulimiz bajaradi, baҳo esa tўla tukis real moddiy boyliklarning қiymatini ifoda қiladi.
Қiymat shakliga ega bўlgan tovar, baҳoda ҳam ega buladi. Pul ўz baҳosiga ega emas, uning қiymati ўzi bilan aniқlanishi mumkin emas. Baҳo ўrniga pul, sotib olish kobiliyatiga ega. Pulning sotib olish kobpliyati deganda pul birligiga tўғri keluvchi tovarlar va xizmatlar miқdori tushuniladi. Agar pul birligiga tўғri keluvchi tovarlar miқdori (soni) kancha kўp bulsa, pulning sotib olish kobiliyati ҳam shuncha yuқori buladi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |