Pul, moliya va bank tizimi



Download 79,09 Kb.
bet3/10
Sana21.05.2022
Hajmi79,09 Kb.
#605606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 мавзу

Pul muomalasi. Pul o’z xususiyatiga ko’ra, avvalo muomala vositasidir, ya’ni tovarlarni bir-biriga almashtirish pul vositasida amalga oshadi. Chunki, tovar egasi bo’lgan sotuvchi xaridorga tovarni sotib, tovarning qiymatini pul sifatida oladi. Shuning uchun talab bilan taklifni bir-biriga pul ulaydi va ularning uzilishiga barham beruvchi bo’lib hisoblanadi.
Tovarlarning siljishi, harakat tezligi, bir-biriga yaqinlashuvi pul vositasida amalga oshadi, deyish mumkin. Ayirboshlashning eng yuqori pog’onasi bo’lgan muomala mazmunan pul tufayli yuzaga keladi. Tovar-pul mu-omalasi esa bozor
sharoitining asosidir. Demak, bundan pul va pul muomalasining bozor iqtisodiyoti rivojidagi o’rnini baholash qiyin emas.
Mamlakat iqtisodiyotining muvozanati, uning muomalasini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul talab qilinadi. Buni aniqlashda bir necha tomonlarga e’tibor berish zarur. To’lovlar naqd yoki naqd pulsiz bo’lishi mumkin. Agarda tovarning xaqi bevosita pul to’lovi orqali amalga oshsa, buni naqd pul asosidagi oldi-sotdi deyiladi. Basharti bevosita pul to’lovisiz oldi-sotdi yuz bersa, bunday oldi-sotdi pulsiz to’lov deyiladi. Asosan banklar orqali pul o’tkazuv shu usulga kiradi. Shuning uchun ham zaruriy pul miqdorini belgilashda bunday voqelik e’tiborga olinadi. Chunki, u bevosita pul zaruriyati darajasiga ta’sir etadi.
Bundan tashqari zarur pul miqdorini aniqlashda pul harakati tezligi ahamiyatlidir. Bu pul birligining yil ichida necha marta qo’ldan-qo’lga o’tib, tovar egalarining o’zgarishidagi ishtiroki darajasiga bog’liqdir, ya’ni pul qancha ko’p "ishlasa" — tovarlar, xizmatlarning oldi-sotdisida ko’p qatnashsa, shuncha tez harakat qilganligi aniqlanadi. Masalan, bir yilda shartli ravishda 100 mln so’m tovar, xizmatlar sotilishi 10 mln so’m pul tufayli amalga oshgan bo’lsa, har bir so’m yiliga o’rtacha 10 marta aylanib, o’z harakat tezligi darajasini belgilaydi (V).
Shunga asoslangan holda normal muomala uchun zarur pul miqdorini belgilash mumkin bo’ladiki, bu ayirboshlashni tenglashtirishga yordam beradi.
Mamlakat muomalasi uchun zarur pul miqdorini — M, sotiladigan tovar, xizmatlar bahosining o’rtacha darajasini — R, yil ichida sotiladigan tovar, xizmatlar umumiy hajmini Q, pul harakati tezligini — V bilan belgilasak, unda quyidagi tenglikka ega bo’lamiz: Pul miqdori

M = RQV


Demak, mamlakatda qancha pul ko’p bo’lsa mamlakat shuncha boy va yaxshi holatda bo’ladi deyish, noto’g’ridir. Chunki, pul ortiqchaligi ham, etishmovchiligi ham yaxshi emas, ya’ni pul hajmi ixtiyoriy bo’lmaydi. Aytaylik, ishlab chiqarish o’zgarmay, narxlar ko’tarilsa, albatta qo’shimcha pul miqdori talab etiladi yoki pul harakati tezlashib, ishlab chiqarish hajmi va baholar o’zgarmagan holda pul kam miqdorda talab etiladi. Aytish mumkinki, gap pulning umuman, ko’p-ozligida emas, balki u ifoda etadigan boyliklar hajmidadir.


Zarur pul miqdori bilan mavjud miqdor o’rtasida farq katta bo’lsa, u iqtisodiyotda salbiy oqibatlarga, chunonchi inflyatsiyaga olib keladi. Chunki, muomalada pul ko’p bo’lib, ortiqchalik darajasi ko’tarilib borsa inflyatsiya ro’y beradi. Bunday holat iqtisodiyotni tebrantiradi, aholi turmush darajasini pasaytiradi. Giperinflyatsiya, qimmatchilik, qashshoqlanish kuchayadi va umuman iqtisodiyot izdan chiqadi.
Inflyatsiya mamlakatda bahoning umumiy darajasining ko’tarilishi jarayonidan iborat bo’lib, ilgari buning sababini qog’oz pullardan axtarishar edi. Lekin pul
chiqarish qattiq nazorat ostiga olinganda ham inflyatsiya holati mavjudligi aniqlangan, ya’ni gap faqat davlatning pul chop etishi imkoniyati mavjudligida emas ekan. Uning sabablari ko’p va ular bir necha xil ko’rinishda bo’ladi. Iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarish tuzilishining keng hajmdagi o’zgarishi, umuman, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o’tish kabi o’zgarishlar albatta inflyatsiya bilan bog’liq bo’ladi. Chunki, bunday holatlar talab va taklif muvozanatining o’zgarishi, pulga bo’lgan ishonchning pasayishi, narx-navoning tezlik bilan o’zgarishi, aksar hollarda uning ko’tarilib borishi natijasida yuz beradi.
Buning ikki tomoni ta’sirlidir: birinchisi talab inflyatsiyasi bo’lsa, ikkinchisi xarajatlar inflyatsiyasidir. Tijorat, firmalar, hukumat yuzaga keladigan zaruriyatlar tufayli ishlab chiqariladigan tovarlarga nisbatan ko’proq pul sarf etadi. Bu taklifga nisbatan talabning o’sishiga olib kelib, o’z navbatida, baholarning ko’tarilishi bilan yakunlanadi. Хarajat inflyatsiyasi ishlab chiqarish xarajatlarining o’sib borishi vositasidir. Bundagi bahoning o’sishi resurslarga xarajatlarning ortib borishi va buning esa tovarlar bahosida o’z aksini topishi inflyatsiyani kuchaytiradi. Aytaylik, energiya, xomashyo va materiallar qimmatlashuvi xarajatlar inflyatsiyasi sabablaridir. Bunda ish xaqining o’sib borishi, ko’tarilayotgan baholarni oldindan ko’zlab, ishchilarning ish xaqini oshirish uchun urinishlar va shunga o’xshash boshqa harakatlar kuchayadi va bu inflyatsiyada o’z aksini topadi.
Inflyatsiyaning oldini olishda normal tovar-pul muomalasi jarayonini ta’minlash, uning uchun pulning ma’lum miqdorda bo’lishi, uning na ko’p va na oz bo’lishiga qarshi kurash eng ma’qul yo’l. Bu talab va taklif muvozanatini ta’minlaydi. Baho ko’tarilishining oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar inflyatsiyaga qarshi qaratilgan harakat hisoblanadi.



  1. Download 79,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish