2. Oddiy va murakkab foizlar haqida tushuncha.
Korxonalar xo’jalik faoliyati jarayonida yuz beradigan moliyaviy muomalalar rang-barang bo’lib, ularda pul mablag’larini vaqtdagi qiymatini hisobga olishni taqozo qiladigan katta qismini qarz olish yoki qarz berish muomalalar tashkil qiladi. Garchand bu operatsiyalar asosida, bir qarashda juda oddiy hisoblangan foizlarni hisoblash tursada, bu hisoblar moliyaviy shartnoma-kontraktlar shartlaridan kelib chiqib foizlarni hisoblash tezligi va usuliga qarab hamda qarzlarni berish va qoplash variantlariga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Moliyaviy muomalalarda foiz deganda – moliyaviy resurslarda foydalanish qiymati bo’lib, u investitsiyalar bo’yicha daromad yoki olingan kredit - qarz uchun to’lovdir. Foizlar ular hisoblanayotgan asosiy summani o’zgarishi yoki o’zgarmas-ligi nuktai nazardan ikki turga oddiy yoki murakkab foizlarga ajratilishi mumkin.
Oddiy foiz deganda - doimiy (o’zgarmas) asosiy summaga ko’paytiriladigan foiz stavkasi tushuniladi.
Murakkab foizlar - o’zgaruvchan asosiy summaga ko’paytiriladigan foiz stavkasi tushuniladi.
Ko’rinib turibdiki, oddiy va murakkab foizlar orasidagi farq ularni hisoblash uchun olingan asosiy summani o’zgarishi yoki o’zgarmas bo’lishi ekan. Aso-siy summa deganda nima tushuniladi? Asosiy summa deganda qarzga yoki foyda-lanishga olingan yoki investitsiya qilingan va foiz hisoblanishi zarur bo’lgan summa tushuniladi.
Gap moliyaviy muomalalarda keng tarkalgan asosiy tushunchalar ustida ketar ekan o’rni kelganda, ana shu moliyaviy muomalalarning mantiqi va u bilan bog’liq yana ayrim tushunchalarga ham to’xtalib o’tsak.
Biz yuqorida moliyaviy resurslarni, xususan pul mablag’larini vaqtdagi qiymati haqida gapirgan vaqtimizda, ularni hozirgi vaqt nuqtai nazaridan turib kelgusi qiymatini yoki kelgusi davr nuqtai nazaridan turib pulning hozirgi kungi – joriy qiymatini hisoblash zarurati mavjudligi haqida to’xtalib o’tgan-dik. Moliyaviy operatsiyalar mantiqi ana shu nuqtai nazaridan quyidagi chizma ta-riqasida aks ettirilishi mumkin (10.1-chizma).
10.1-chizma. Moliyaviy muomalalar mantig’i
Moliyaviy muomalalar mantiqi keltirilgan chizmadan ko’rinib turibdiki har qanday oddiy moliyaviy kelishuvda uchta qiymat ishtirok etib, ulardan ikki-tasi ma’lum, uchinchisini hisoblab topish zarur.
Agar moliyaviy hisoblarda boshlang’ich summa va foiz stavkasi berilgan bo’lsa-yu, pul mablag’larini kelgusi qiymatini hisoblab topish zarur bo’lsa bunday muomalalar pul mablag’larini o’stirilishi deb aytiladi.
Agar, moliyaviy hisoblarda kelgusida tushishi kutilayotgan (qaytari-ladigan) summa va diskontlash koeffitsenti berilgan bo’lsa-yu, pul mablag’larini o’tkazilgan (joriy) qiymatini hisoblab topish zarur bo’lsa, bunday muomalalar pul mablag’larini diskontlashtirilishi deb aytiladi.
Endi yuqorida berilgan tushunchalar mohiyatini yanada yaxshiroq tushunib olish uchun oddiy misollar yordamida oddiy va murakkab foizlarni hisoblash yo’li bilan pul mablag’larini o’stirilishi jarayonlarini batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |