Pul, kredit va banklar



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/162
Sana02.01.2022
Hajmi1,98 Mb.
#308651
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   162
Bog'liq
pul kredit va banklar

5-mavzu: Pul nazariyalari 
 
5.1.Pul nazariyasining mohiyati  
5.2.Pulning metallik nazariyasi  
5.3.Pulning nominallik nazariyasi  
5.4.Pulning miqdoriy nazariyasi  
 
 
5.1.Pul nazariyasining mohiyati  
Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy 
fanlarning  bazisi  hisoblanadi.  Haqiqatda  ham  birorta  iqtisodiy  adabiyot  mavjud 
emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa.  
Pulning  nazariy  tabiati  bir  nechta  bo‘lib,  qator  kontseptsiyalarda  uning 
mavjudligini  tabiiy  asoslari  va  amal  qilishining  sabablari  keltiriladi.  Shartli 
ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” kontseptsiyalarga ajratish mumkin
22
.  
Tovarli kontseptsiyada pulning qimmatliligini  aniqlashda asosiy e’tibor real 
foydali  hisoblangan  ichki  qiymatiga  qaratiladi.  Bu  borada  juda  keng  tarqalgan 
pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. 
Pulning  tovarsiz  kontseptsiyasida  uning  tovarni  sotib  olish  huquqini 
beruvchi  qiymati,  simvoli,  ieroglifi,  umumiy  ko‘rinishi  kabi  belgilariga  e’tibor 
qaratiladi.   
Albatta,  pul  nazariyasining  ko‘pqirraliligi  va  uning  iqtisodiy  kategoriya 
sifatida  amal  qilishi  juda  ko‘p  iqtisodchi  olimlar,  mutaxassislar,  ekspertlar 
tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va 
mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi 
haqidagi qarashlari, ta’limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir  – biridan farq 
qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi 
olimlar,  mutaxassislar  va  ekspertlarning  pul  nazariyasi  haqidagi  asarlarining  turli 
vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir. 
Jamiyatda  mehnat  taqsimotining  mavjudligi,  kishilarni  bir  –  biriga  bog‘lab 
turadilar,  ular  o‘rtasida    mahsulotlar  va  resurslar  almashuvini  ta’minlaydigan 
mexanizmni  amal  qilishini  talab  etadi.  Ushbu  mexanizm  bozor  bo‘lib,  bozor 
kishilar  faoliyatini  tartibga  soladi  va  ularning  manfaatlarini  bir  –  biriga  mos 
kelishini  ta’minlaydi.  Kishilar  faoliyatini  harakatga  keltiruvchi,  ular  o‘rtasidagi 
ayirboshlashni  ta’minlovchi  va  ularning  manfaatlarini  tartibga  soluvchi  vosita 
sifatida pul maydonga chiqadi. 
                                                           
22
Dengi. Kredit. Banki: ucheb,  – 2 izd., pererab. i dop. / pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK Velbi, Izd – 
vo Prospekt, 2008. –S. 224. 


Ma’lumki,  jamiyatda  ayirboshlash  munosabatlarining  dastlabki  davrlarida 
kishilar  barterdan  juda  keng  ravishda  foydalangan,  keyinchalik  ular  barter,  ya’ni 
tovarni  –  tovarga  almashtirish  jarayoni  ma’lum  qiyinchilik  va  qo‘shimcha  vaqtni 
talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar. 
Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan 
“maxsus  tovar”  bo‘lib,  uning  yordamida  barcha  tovarlar  qiymati  o‘lchanadi.  
Pulning  jamiyatda  amal  qilishi  va  uning  evolyutsiyasi  bilan  bog‘liq  masalalar 
iqtisodiy  adabiyotlarda  pul  nazariyasi  sifatida  talqin  etiladi.  Ushbu  iqtisodiy 
adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi 
uchta guruhga ajratib o‘rganiladi.   

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish