Pul, kredit va banklar



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/162
Sana02.01.2022
Hajmi1,98 Mb.
#308651
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   162
Bog'liq
pul kredit va banklar

Ikkinchi  bosqich
  1993  yil  noyabrdan  1994  yil  iyun  oyiga  to‘g‘ri  keladi. 
Ushbu davrda, ya’ni 1993 yil 15 noyabrdan muomalaga oraliq «so‘m – kupon»lar 
kiritildi.  
1993  yil  15  noyabrdan  boshlab  Rossiyaning  nominali  5000  va  10000 
bo‘lgan  rubllari  muomaladan  chiqarildi.  Bu  pullar  Jamg‘arma  bank 
muassaslarigagina  topshirilishi  kerak  edi.  Shu  bilan  birga,  bu  kupyuralarni  bank 
muassasalarida qiymati past bo‘lgan kupyuralarga almashtirish ta’qiqlandi. 
Uzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  22  noyabrdagi 
«Iste’mol bozorini himoyalash va respublikada pul muomalasini mustahkamlashga 
doir  qo‘shimcha  chora  –  tadbirlar  to‘g‘risida»gi  qaroriga  muvofiq  1993  yil  1 
dekabrdan boshlab sobiq SSSR Davlat bankining 1961 – 1992 yillar namunasidagi 
200,  500  va  1000  rubllik  pul  biletlarining  muomalada  to‘lov  vositasi  vazifasini 
bajarishi to‘xtatildi. 
Bu kupyuralar 25 ming rublgacha bo‘lgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar 
haqi  tarzida  hamda  Jamg‘armabank  muassasalari  tomonidan  doimiy  turar  joy 
ro‘yxatida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1993 yil 1 dekabrgacha 
qabul  qilindi.  Fuqarolarning  Jamg‘armabank  muassasalariga  qo‘yadigan 
omonatlarining  cheklangan  summasi  kupyuralar  qiymatidan  qat’i  nazar  200000 
rubl  miqdorida  belgilandi.  Ushbu  miqdordan  oshgan  summalar  1993  yil  4 
dekabrgacha alohida maxsus foizsiz hisobvaraqlarga kiritildi.  


Mazkur qarorda 1961 – 1992 yillar namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50 
va  100  rubl  bo‘lgan  kupyuralar  cheklovlarsiz  parallel  to‘lov  vositasi  sifatida 
muomalada bo‘lishi qayd etilgan edi. 50 va 100 rubl qiymatidagi kupyuralar 1993 
yil 15 dekabrgacha, qiymati 1, 3, 5, 10 va 25 rubl bo‘lgan kupyuralar esa, 1994 yil 
1  yanvargacha  muomalada  bo‘ldi.  Ushbu  banknotlarni  1993  yil  6  dekabrdan 
boshlab  Jamg‘armabank  muassasalari  tomonidan  omonatlarga  qabul  qilish 
to‘xtatildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi 
«O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  «so‘m  –  kupon»larning  muomalada  bo‘lish 
tartibini 
yanada 
takomillashtirish 
chora 
–  tadbirlari  to‘g‘risida»  gi 
qaroridaO‘zbekiston  Respublikasi  hududida  1993  yil  15  noyabrda  muomalaga 
chiqarilgan, qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5.000, 10.000 bo‘lgan 
so‘m  –  kuponlar  qonuniy  to‘lov  vositasi  hisoblanishi  belgilab  qo‘yildi.  Bunda, 
Rossiya  Davlat  bankining  1993  yil  namunasidagi  barcha  qiymatdagi  banknotlari 
dastlabki  davrda  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  so‘m  –  kuponlar  bilan  bir 
qatorda cheklovlarsiz to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. 
Shu  tarzda,  1993  yilning  dekabr  oyida  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 
quyidagi uch turdagi pul birligi muomalada bo‘ldi: so‘m  – kuponlar, sobiq SSSR 
Davlat  bankining  qiymati  100  rublgacha  bo‘lgan  kupyuralari  va  Rossiya  Davlat 
bankining 1993 yil namunasidagi kupyuralari. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994  yil  11  aprelda 
qabul  qilingan  «Pul  muomalasini  mustahkamlash  va  “so‘m  –  kupon”  xarid 
qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo‘lmaydigan chora  – tadbirlari to‘g‘risda»gi 
qarori  pul  muomalasini  barqarorlashtirish,  so‘mning  xarid  qobiliyatini  oshirish 
uchun  zarur  shart  –  sharoitlarni  yaratishda  muhim  tadbir  bo‘ldi.  Ushbu  qarorga 
muvofiq,  1994  yil  15  apreldan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 
Rossiya  banki  banknotlarining  muomalada  bo‘lishi  hamda  yuridik  va  jismoniy 
shaxslar tomonidan turli to‘lovlarga qabul qilinishi ta’qiqlab qo‘yildi
21
.   

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish