depozit siyosati
orqali mamlakat resurs bozori, tijorat
banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta’sir ko’rsatadi. Odatda
Markaziy bank tijorat banklari depozit operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalarining
eng yuqori darajasini belgilaydi. Shuningdek, tijorat banklari depozit siyosatini
ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha asosiy mezonlarni
aniqlab beradi.
12-mavzu: Tijorat banklari va ularning funktsiyalari
12.1. Tijorat banklari va ularning tashkil topishi
12.2. Tijorat banklarining funktsiyalari
12.1. Tijorat banklari va ularning tashkil topishi
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining ikkinchi bo’g’inidagi
moliyaviy muassasa hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari va iqtisodiy
adabiyotlarda
tijorat
banklari
jamiyatdagi
vaqtinchalik
bo’sh pul
mablag’larini jalb qilib, ushbu mablag’larni tegishli shartlar (to’lovlilik,
qaytarishlik,
muddatlilik,
ta’minlanganlik,
maqsadlilik)
asosida
iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismoniy
va yuridik shaxslarga to’lov hisob – kitoblarni amalga oshirish bo’yicha
xizmat ko’rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.
Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik
shaxslarga ko’rsatadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari ortib
bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat asosida tashkil
etiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, tijorat banklarining faoliyati tijoratga
asoslangan bo’lib, ularning asosiy faoliyati yuqori darajada foyda olishga
yo’naltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab chiqarish korxonalaridan farqli
o’laroq, o’z foydasini qo’shimcha qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas
balki, korxona, tashkilotlar va aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul
mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag’larga ehtiyoji
mavjud bo’lgan shaxslarga tijorat yo’sinda berish orqali foydasini
shakllantiradigan o’ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi.
O’zbekistonda tijorat banklarining tashkil etilishi bevosita mustaqillik
yillariga to’g’ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar “bank
tizimini faqatgina bir necha banklar, ya’ni SSSR Davlat banki, Tashqi
iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat omonat
jamg’armalari kassalari mavjud bo’lib, ittifoqdosh respublikalarda ushbu
banklarning respublika, viloyat idoralari va tuman bo’limlari faoliyat
ko’rsatar edi
58
”.
O’zbekistonda dastlabki tijorat banklarini tashkil etilishining huquqiy
asosi bo’lib 1991 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
“Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonuni xizmat qildi.
Albatta, mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va
iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi natijasida tijorat banklari maqomi,
kapitali va faoliyatiga qo’yilgan talablar doimiy ravishda o’zgarib bormoqda.
Bularning natijasi o’laroq, O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank
faoliyati to’g’risida”gi qonunining yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda
qabul qilindi. Mazkur qonun mamlakatimiz bank tizimi, xususan tijorat
banklarini tashkil topishi va rivojlanishiga mustahkam huquqiy baza bo’lib
xizmat qilmoqda.
O’zbekistonda tashkil etilgan dastlabki tijorat banki Tashqi iqtisodiy
faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994 – 1995 yillarda
ixtisoslashtirilgan “Asaka” bank (avtomobil sanoatini qo’llab quvvatlash
uchun),
“G’allabank” (g’alla etishtirishni moliyalashtirish uchun),
“Paxtabank” (qishloq xo’jaligi korxonalarini qo’llab – quvvatlash uchun)
yakka xo’jaliklarni qo’llab – quvvatlash uchun “Tadbirkor” tijorat banki
tashkil etildi”
59
.
O’zbekistonda tijorat banklari faoliyatiga litsenziya berish, ularning
faoliyatini nazorat qilish va to’xtatish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan
bo’lib, tijorat banklarini tashkil etishda asosiy omillardan biri ularning ustav
kapitaliga qo’yilgan talab hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz
58
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov tahriri ostida. –T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 2001y. 73 –
bet.
59
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2 – tom. –T.: “O’zbekiston”, 1996. 16 – 17 – betlar.
tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo’yilgan talab doimiy
ravishda oshib bormoqda. Quyidagi jadvalda bu haqda ma’lumotlar
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |