Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chikarishda monopol xukukka ega.. Uni amalga oshirish xukuki nisbatan mustakil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “ Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi xududida konuniy to`lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga chikarish mutlak xukukiga ega”*. Ammo pul taklifini ko`paytirish imkoniga yoki pul yaratish kobiliyatiga tijorat banklari xam ega. Ular kreditlar bera borib, to`lov vositalari emissiyasini yoki kredit mul’tiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so`mga o`sgan bo`lsa, zaxira normasi 20 % ga teng bo`lganda (zaxira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma`lum kismini Markaziy bankda saklab turish normasi), u 400 so`mni Markaziy bankda zaxiralab, kolgan 1600 so`mni karzga beradi. SHunday kilib, A bank pul taklifini 1600 so`mga ko`paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so`mni tashkil etadi. YA`ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so`mdan tashkari yana 1600 so`m karz oluvchilar ko`lida koladi. Agar, 1600 so`m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo`lgan zaxira normasida u 320 so`mni zaxirada koldirib, 1280 so`mni kreditga beradi xamda shu mikdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so`nggi pul birligidan foydalanishga kadar davom etadi. YAkuniy xisob kitob bank depozitlari jami 10000 schkmga ko`payganligini ko`rsatadi. Bu jarayonni formula ko`rinishida kuyidagicha yozishimiz mumkin:
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi xajmi; rr – majburiy zaxiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga boglik bo`lib, uni bank mul’tiplikatori yoki pul ekspansiyasi mul’tiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zaxiralar normasida ortikcha zaxiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p mikdorini bildiradi.
Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Pul mul’tiplikatori.
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli xamda pulning bir kismini depozitlardan nakd pullarga okib o`tishni xisobga olgan xolda yoziladi. Bu model bir kator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi.Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yukori kuvvatli pullar) – bank tizimidan tashkaridagi nakd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saklaydigan depozitlar summasi;
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
Do'stlaringiz bilan baham: |