PUL BOZORIDA BEQARORLIK OMILLARI
Reja:
I.bob Pul bozori va ularning kamchiliklari
1.1. Pul bozori tarkibi
1.2.Pul bozori funktsiyalari
II.bob PUL BOZORI MODELI
2.1.Pul bozorining asosiy vazifasi
2.2.Tovar va pul bozorining muvozanati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Jamiyat xo’jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliyvalyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga ob’ektiv zarurattug’diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning ta’siri asosida valyutani o’ziga xosbahosi – valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tug’ilib, amalga oshadi.
Mazkur bozor o’z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilanbog’liqjami munosabatlarni olgan holda, ularning mohiyati, hukmron valyuta tiziminixarakteri bilan belgilanadi. Jahon bozori tizimida xorijiy valyutalar bozori,tovarlarva kapitallar bozoriga nisbatan ob’ektiv ravishda ikkilamchi o’rinni egallab, ulargaxizmat ko’rsatadi.
Rivojlangan davlatlar iqtisodchilari, ko’p hollarda, valyuta bozorini milliy,xorijiy banklarni va broker firmalarni o’zaro bog’lovchi zamonaviy aloqavositalarni tizimi deb atashadi. Ba’zi paytlarda, valyuta bozori deganda, uningasosiy sub’ektlari sifatida, odatda banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlaryig’indisi tushuniladi. Masalaga bunday yondoshish, bozorni tashqi tashkiletilishini o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan holda, uning mohiyatini ochibbermaydi.
Kurs ishi maqsadi: Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda valyuta siyosati muhim o’rinniegallaydi. Valyuta siyosati milliy valytani barqaror saqlab turishda eng yaxshivosita hisoblanadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin, biz eng avvalo, o’z milliy valyutamizga egabo’lish muammosini o’rtaga tashladik. Chunki milliy valyuta ega bo’lgan davlatdao’z fuqarolari uchun, qisqasini aytganda o’z hududida erkin savdoni amalgaoshirish oson bo’ladi. Shu bilan birga o’z milliy valyutasining qadrini jahonmiqyosida oshirishga qaratilgan siyosatlar olib borildi. Milliy valyutamiz ta’sisetilgandan keyingi davrlada O’zbekiston milliy valyuta qadrini oshirishni ko’zdatutgan valyuta siyosati, eksport va import siyosatlarini olib borishdi. 1994yildamilliy valyutamiz qadri chet el valyutalarga nisbatan ancha past bo’lgan bo’lsa, birqancha vaqt o’tgandan keyin, 1998 – 1999yillarda milliy valyutamiz qadriko’tarildi. Hozirgi davrga kelib milliy valyutamizning qadri esa chet elvalyutalariga nisbatan anchagina yaxshi holatda desak adashmagan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |