Pul bozori reja



Download 34,19 Kb.
bet7/7
Sana08.12.2022
Hajmi34,19 Kb.
#881621
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Pul bozori 1

3 – savol bayoni: Xalqaro tajribaga ko‘ra, pul bozori instrumentlariga quyidagilar kiradi:
- davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari;
- qayta sotib olinuvchi shartnomalar;
- depozit sertifikatlari;
- tijorat qog‘ozi;
- bankir kafolati;
- yevrodollar.
Davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari (T-Bills) asosan davlat qarzini qoplash uchun emissiya qilinadi. Ya’ni davlat o‘zining soliqlar orqali byudjetiga tushuvchi mablag‘lari kelguniga qadar qisqa muddatli qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli qog‘oz Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilinsa, boshqalarida G‘aznachilik tomonidan emissiya qilinadi. AQSh misolida ko‘radigan bo‘lsak, ushbu qimmatli qog‘oz G‘aznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya qiladi hamda T-Bills deb ataladi. Ularning muddati asosan 28; 91 va 182 kunni tashkil etadi. 1998-yildan beri AQSh hukumati investorlar uchun ushbu turdagi qimmatli qog‘ozlarni internet orqali sotib olish imkonini yaratdi va bu o‘z navbatida ularni individual investorlar orasida yanada kengroq tarqalishiga olib keldi. G‘aznachilik ushbu qimmatli qog‘ozlar uchun hech qanday foiz to‘lovini amalga oshirmaydi. Ular o‘zining nominal narxidan past bahoda bozorga joylashtiriladi hamda so‘ndirilish muddatida nominal narx bo‘yicha so‘ndiriladi. Ularning bozorga joylashtirilish hamda so‘ndirilish baholari orasidagi farq asosan muddatga bog‘liq hisoblanadi. Ushbu turdagi qimmatli qog‘ozlarning risklilik darajasi nolga teng deb hisoblanadi, sababi hattoki davlatda ularni so‘ndirish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmay qolgan taqdirda ham, davlat shunchaki qo‘shimcha valyuta emissiya qilish orqali ularni so‘ndirishi mumkin. Ularning muddati qisqa bo‘lganligi sababli inflyatsiya darajasining ta’siri ham unchalik yuqori hisoblanmaydi.
Qayta sotib olinuvchi shartnomalar (Repurchase agreements). Korxonalar davlat qimmatli qog‘ozlarini qayta sotib olish sharti bilan boshqa shaxsga sotishi mumkin. Bunda qancha miqdorda va qachon qaytarib sotib olish oldindan kelishib olinadi. Aksariyat qayta sotib olinuvchi shartnomalar 3 kundan 14 kungacha bo‘lgan muddatga ega bo‘lsada ayrim hollarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha ham bo‘lishi mumkin. Depozit sertifikatlari bank tomonidan emissiya qilinuvchi qimmatli qog‘oz bo‘lib, o‘zida muddatni hamda foiz stavkasini aks ettiradi. Ushbu turdagi qimmatli qog‘oz oraliq instrument bo‘lib, belgilangan muddat tugagandan so‘ng ushbu sertifikatni bankga taqdim etgan shaxs asosiy summani hamda foiz to‘lovini qo‘lga kiritadi. AQSh misolida ko‘radigan bo‘lsak, depozit miqdori $100 000 dan $10 milliongacha bo‘ladi.
Real sektor korxonalari tomonidan emissiya qilinadigan pul bozori instrumenti bu tijorat qog‘ozi (Sommercial paper) hisoblanadi. Tijorat qog‘ozi ta’minlanmagan qarz majburiyatini ifodalovchi, korxonalari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘oz bo‘lib, odatda muddati 270 kungacha bo‘ladi. Sababi ushbu qimmatli qog‘oz ta’minlanmagan bo‘lib, buning muddatini uzaytirish bankrotlik riskini oshirib yuboradi. Faqatgina kreditga layoqatli korxonalar ushbu turdagi qimmatli qog‘ozni emissiya qilish imkoniga ega. Ularni emissiya qilish talablari mavjud bo‘lib, unga ko‘ra ularning muddati AQSh amaliyotida 270 kundan oshmasligi lozim. Bundan ko‘zlangan maqsad ushbu qimmatli qog‘ozni registratsiyadan o‘tkazishdan qochish, ya’ni qonunchilikda 270 kundan ortiq muddatga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar Qimmatli qog‘ozlar va ularni ayriboshlash komissiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Asosiy qimmatli qog‘ozlar asosan 20 kundan 45 kungacha bo‘lgan muddatga ega bo‘lib, asosan diskontlash asosida emissiya qilinadi. Taxminan 60% tijorat qog‘ozlari bevosita emitentdan investorga sotiladi. Bu turdagi qimmatli qog‘ozlar uchun ikkilamchi bozor mavjud emas. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy. Pul bozori instrumentlarining daromadlilik darajasi qanday aniqlanadi? Ular emissiya qilingandan so‘ng o‘zining nominal bahosidan past narxda sotiladi va muddati kelganda esa uni sotib olgan investor qimmatli qog‘ozni emitentga taqdim etib, qimmatli qog‘ozning nominaliga teng bo‘lgan summani qaytarib oladi.
Bankir kafolati (Banker's acceptance) XII asrdan boshlab qo‘llanila boshlagan. Aniqrog‘i shu turdagi operatsiyalar amalga oshirilishining ilk bosqichlari o‘sha davrga to‘g‘ri keladi. Ushbu qimmatli qog‘oz sotuvchidan xaridorga hali yetkazilmagan mahsulotni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Tasavvur qilamiz, ABC kompaniyasi Yaponiyaning XYZ kompaniyasidan buldozer sotib olmoqchi, ammo XYZ kompaniyasi pulni qo‘lga kiritishdan oldin buldozerni yuborish niyatida emas, sababi u kompaniya haqida unda yetarli ma’lumot yo‘q. O‘z navbatida ABC kompaniyasi ham buldozerni qabul qilishdan avval pulni o‘tkazib berish niyatida emas. Ushbu vaziyatda bank Banker's acceptanceni emissiya qilish orqali eksport qiluvchi tomon nomidan import qiluvchi tomonga kafolat beradi. Ushbu qimmatli qog‘oz qisqa muddatli ya’ni 30 kundan 180 kungacha bo‘lib, ikkilamchi bozorda ushbu muddat tugaguniga qadar sotilishi ham mumkin. Bank bu vaziyatda o‘z xizmati uchun 23% atrofida haq oladi. Yevrodollar (Eurodollars). Dollarning barqaror valyuta ekanligini inobatga olgan holda aksariyat shartnomalar dunyo bo‘yicha AQSh dollarida amalga oshiriladi. Shu sababdan ko‘plab kompaniyalar va davlatlar dollarda zaxira saqlashni afzal ko‘radi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Yevrodollar nima? Yevrodollar xorijiy banklar yoki Amerika banklarining xorijiy filiallarida dollarda shakllantirilgan depozitlar hisoblanadi.
Pul bozori instrumentlarini taqqoslaydigan bo‘lsak, ularning foiz stavkalari orasida deyarli tavofut yo‘q. Ularning barchasi diskontlash amaliyotini qo‘llash orqali so‘ndirilishini inobatga oladigan bo‘lsak, diskont stavkalarining yuqori yoki past bo‘lishi faqatgina ushbu qimmatli qog‘ozlarning muddatiga bog‘liq hisoblanadi. Ularning likvidlilik darajasini taqqoslaydigan bo‘lsak, davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarining likvidlilik darajasi tijorat qog‘ozlarinikiga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi, sababi, tijorat qog‘ozlarini sotishning aksariyat hollarda imkoni yo‘q, shu sababli investorlar ushbu qimmatli qog‘ozni so‘ndirilish muddatini kutadi. Tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan overdraft, overnayt kreditlari ham pul bozorida keng qo‘llaniladigan amaliyotlardan hisoblanadi. Mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan overdraft kreditlari keng doirada qo‘llanila boshlanganligini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tish zarur.



1 Грей С., Нидлз Б. Финансовый учет: Глобальный подход. М.: Издательство Волтерс Клувер, 2006.

2 Панков Д.А. Анализ хозяйственной деятельности. - М.: ООО «Новое знание», 2003.

3 Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins, Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall, 2012. – P. 255

Download 34,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish