Publitsistika – ijtimoiy hayot oynasi.
NamDU o’zbek tili yo’nalishi 1-kurs magistranti Yokubbayeva Umida Abduvahob qizi
Anotatsiya
Maqolada publitsistik uslubning vazifaviy uslublar ichida tutgan o’rni, bugungi kunda jamiyatimizda bo'layotgan barcha voqea hodisalarni ko'rsatib turuvchi tosh oynasi sifatida ish olib borayotgani, uslub rivojini ta’minlayotgan yangi qarorlar, ilmiy ishlar sirasi haqidagi, publitsistik uslub na’munalari xalqimiz ma’naviyatini yanada rivojlantiruvchi, yurtimizning har jabhadagi hayotiga e’tiborli bo’lgan jurnalistlar faoliyatini yuksaltirib borishi haqidagi mazmun mohiyat aks etgan
Bugungi kunda hayotimizning barcha jabhasida ro’y berayotgan ijobiy va salbiy o’garishlar ijtimoiy ko’zgu, ya’ni publisistikada aks etib bormoqda. Publitsistika (lot. publicus - ijtimoiy) - davrning ijtimoiy-siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. Zamonning ijtimoiy hayoti, unga aloqador o’tmish va kelajak faktlari publitsistikaning predmetidir [ 1,194 ].
Publitsistikaning vazifasi ijtimoiy fikr uygʻotish va uni shakllantirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli fakt maʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat. Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, siyosiy chiqishlarda va majlislardagi nutqlarda namoyon bo’ladi [2,83 ]. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ong va qarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning, yaʼni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifodalash tamoyili ham oshdi. Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham publitsistikaga kiradi. Publitsistika mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. Publitsistika janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. Publitsistika hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ijtimoiy publitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Publitsistika ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin.
Publitsistika bugun vazifaviy uslublar ichida alohida ahamiyat kasb etib,ijtimoiy hayotimizning barcha jihatlarini qamrab olmoqda. Aynan qaysi xususiyatlari uni boshqa uslublardan farqlab, unga “ijtimoiy hayotimizning oynasi” deya qarashimizga olib kelmoqda? Bu uslub o’zbek tilining nutq stillari tizimida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi [3,26]. Publitsistika xususiyatlari "Qobusnoma"da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Mahbub ul-qulub" asarlarida Publitsistikaning tugal xususiyatlari uchraydi. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy matbuot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiq va oshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi bilan ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar "Taraqqiy" gazetasidan boshlab keng koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fitrat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. Muin, M. Abdurashidxonov, S. Ajziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub oʻlka va xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar "Shuhrat", "Xurshid", "Osiyo", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot", "Turon", "Hurriyat", "Yurt" kabi gazeta va jurnal sahifalarida chop etilgan. Xususan, Behbudiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan "Samarqand" gazetasi hamda "Oyna" jurnalida chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamoatchiligi tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan ("Sayohat xotiralari", "Til masalasi", "Bizni kemirguvchi illatlar", "Ehtiyoji millat" va boshqalar). Publitsistika har bir davrning “ havosidan nafas olib, zamon ruhidan oziqlanib” rivojlanib boradi. Ayni paytda o’zi mavjud bo’lgan zamonning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy holatini o’zida aks ettirib turadi. Ushbu soha ayotimizda 2 xil shaklda uchraydi. Uning dastlabki shakli matbuot, ya’ni bosib chiqariladigan ahborotlar bo’lsa, ikkinchisi texnikaga asoslangan yangi turlari — radio, teleko'rsatuvlardir. Bularning umumiy majmuasiga ommaviy axborot vositalari deb nom berildi. Matbuot insoniyat jamiyatida doimo muhim o'rin tutib kelgan. Sivilizatsiyalashgan har qanday jamiyatda har qanday ijtimoiy-siyosiy harakat matbuotsiz bo'lib o'tishi mumkin emas. Hozirgi zamon insoniyati hayotini matbuotsiz, gazeta va jurnallarsiz, radio va teleko'rsatuvlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson nonsiz, noz ne'matlarsiz yashay olmaganidek ma'naviy ozuqa bolmish matbuotsiz ham yashay olmaydi [4,4]. Ayniqsa, XXI asr- axborotlar asri sifatida ta’kidlanmoqda. Yangi qabul qilinayotgan qarorlarlardan tortib,san’at madaniyat va xalqning ijtimoiy ahvoli izchil ravishda televideniya, radio va matbuot sahifalarida hamqadam yoritib borilmoqda. Bugungi kunda bu sohaning jadal rivojlanishi yo’lida bir qator qarorlar qabul qilindi. Xususan 2018-yil 24-mayda prezidentimizning PQ3737 sonli qarori bugungi kunda yetuk jurnalistlarni yetishtirib chiqarish bo’yicha bir qator masalarni o’z ichiga olgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan murojatida quyidagi fikrlar mavjud: "Bugungi kunda Oʻzbekistonda 1,5 ming dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat koʻrsatmoqda. Ular mulk shakli, yoʻnalishi, axborot uzatish vositalariga koʻra turlichadir. Oʻz-oʻzidan ravshanki, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar zarur. Afsuski, bunday keng koʻlamli vazifani bir joyda markazlashtirgan holda hal etadigan tayanch oliy oʻquv yurti mamlakatimizda mavjud emas" [5,4]. Bundan ko’zlangan maqsad, malakali journalist matbuot va televideniyani asosli axborotlar bilan to’ldira olishi va bu sohani rivojlanishi, shunga bog’liq ravishda xalqning ma’naviy va ijtimoiy ahvolini yanada boyitishini ko’zda tutilgan. Bugungi kunda keng tarqalgan gazetalarni ham malakali jurnalistlarning ayni paytga daxldor siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy mavzudagi maqolalari xalqimizni yurtimizda sodir bo’layotgan yangiliklar bilan tanishib borishini ta’minlamoqda. Chunonchi,
Do'stlaringiz bilan baham: |