Publitsistik matnlarda siyasiy atamalarning qollanishi


 Mustaqillik va siyosiy atamalar



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana02.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#479498
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2.3. Mustaqillik va siyosiy atamalar 
O’zbekiston huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lini 
tanlab olingach, fuqarolarning siyosiy saviyasi, ijtimoiy faolligi va huquqiy 
savodxonligi hamda madaniyatini yuksaltirish davrning qat’iy talabiga aylandi. 
Qisqa davr ichida aholining siyosiy va ijtimoy- siyosiy bilimini oshirishga yordam 
beruvchi siyosiy matbuot shakllandi. Binobarin, istiqlol davrida siyosiy nashr 
sahifalari orqali davlat siyosiy ibora va atamalar, demokratik institutlar hamda 
qadriyatlar kirib kelib, fuqarolarning siyosiy voqelik va tushunchalar haqidagi 
bilim va tasavvurlarining kengayishiga ta’sir etdi. 
Izlanishlardan ma’lum bo’ladiki, zamonaviy siyosiy terminologiya 
muntazam o’zgarib, boyib borayotgan soha bo’lib, uning hisobiga tilimiz lug’at 
tarkibi 
yildan-yilga 
yangi 
so’z 
va 
iboralar 
bilan 
boyib 
bormoqda, 
siyosatshunosligimiz va amaliy faoliyatimiz doirasiga ilgari qo’llanilmagan yangi 
iboralar, siyosiy tushunchalar kirib kelmoqda. Shu jumladan, «XXI asr» 
gazetasining 
barcha 
sonlarida 
berib 
borilayotgan 
matnlarda 
bunday 
yangilanishlarni kuzatishimiz mumkin. Bunga misol tariqasida quyidagi matnlarda 
siyosiy atamalarning qo’llanilishini ko’rib chiqaylik:
1.
«Parlament faoliyati Konsepsiya talablariga moslashtirilmoqda» (Q. 
Saydaliyev,20.01.2011) maqolasida qo’llanilgan siyosiy atamalar: qo’shma majlis, 
qonunchilik palatasi, vazirlik, liberallashtirish, sud, qonun chiqaruvchi hokimiyat, 
ijro etuvchi hokimiyat, abolitsiya, quyi palata, huquqiy hujjat, parlament va b.qlar.
2.
«To’rtinchi hokimiyat: demokratik jamiyatning tamal toshi» 
(A.Abdullayev 03.02.2011). Siyosiy atamalar miqdori: respublika, integratsiya, 
sektor, agentlik, assotsatsiya, fuqarolik jamiyati, hukumat, Favqulodda va Muxtor 
elchi, jamiyat, «to’rtinchi hokimiyat», adliya, agentura, adminstratsiya, Interpol 
kabi.
3.
«Davr bilan hamohang» (M. Usmonov, 10.03. 2011. ). Siyosiy 
atamalar: demokratik yangilanish, Oliy Majlis, majlis, Bosh vazir, hokimiyat, 
deputat, partiya, senat, platforma, mahalliy kengash, prezident, vakillik organlari,


- 36 - 
4.
«Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda O’z LiDeP 
ning ustuvor vazifalari» (M. Teshaboyev,17.03.2011)maqolasida qo’llangan 
siyosiy atamalar: siyosiy kengash, ko’ppartiyaviylik, demokratik prinsiplar, saylov, 
ijroiya qo’mita, fraksiya, quyi palata, yuqori palata, mahalliy hokimiyat, 
konsepsiya, saylovoldi dastur.
5.
«Qonun takomillashtirilishi kerak» (O. Rajabov, 31.03.2011) 
maqolasidagi siyosiy atamalar: jamiyat, kontrafakt, tartibot, idora, musodara, 
intizom, o’zini -o’zi boshqarish organlari, emansipatsiya, qo’mita, viloyat, 
diplomatik aloqa, kongress, farmon, da’vatnoma, buyruq, delegatsiya, bojxona, 
moliya qo’mitasi va shu kabi siyosatga oid terminlardan foydalanilgan. Bu 
atamalarning o’zbek tilining izohli lug’atida qanday ma’noda izohlanganini ko’rib 
o’taylik:
Abolitsiya – (lot. abolitio- bekor qilish) qonun yoki qarorni bekor qilinishi. 
Agentlik – II. biror idora, muassasa yoki korxonaning joylardagi bo’limi. 
shuningdek, axborot yig’ish va tarqatish, vositalik qilish vazifasidagi ba’zi 
mussasalar nomi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish