Plastik deformatsiya
ko‘chishlar (dislokatsiya) vujudga
kelishi va siljishi bilan bog‘liq, u sirpanish va moslashish bilan
amalga oshishi mumkin. Agar deformatsiya vaqtida zo‘riqish
chekli qiymatiga yetsa, metall yemiriladi. Yemirilish ikki xil
bo‘ladi: mo‘rt va qovushoq yemirilish.
Mo‘rt yemirilishda
atomlararo bog‘lanishlar buziladi va
plastik deformatsiya bo‘lmaydi. Odatda, mo‘rt yemirilish
donlarning chekkalarida sodir bo‘ladi va sinish kristall xusu-
siyatli bo‘ladi. Lekin sof mo‘rt yemirilish amalda uchramaydi.
Qovushoq yemirilish
oldidan anchagina plastik deformatsiya
sodir bo‘ladi. Sinish tolali bo‘ladi, chunki yemirilish donning
butun sirti bo‘yicha sodir bo‘ladi. Metallning yemirilishi, ko‘-
pincha, murakkab xususiyatga ega bo‘ladi.
5.2. Qattiqlikni aniqlash
Qattiqlik
deganda, metallarning plastik deformatsiyaga
qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi.
Qattiqlikni o‘lchash uslublarining keng tarqalganligi quyi-
dagi sabablar bilan tushuntiriladi: buyumlar sifatiga tez baho
berish mumkin, buyumlar yemirilmaydi va sirti buzilmaydi.
Qattiqlikni aniqlashning bosib kiritish, urgich bilan urib
ko‘rish, tirnash usullari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |