Bosqichli toblashda
qizdirilgan detal harorati M
v
nuqtadan
balandroq (odatda 230—250 °C) bo‘lgan toblash muhitida sovi-
tiladi va harorat shu muhitda tutib turiladi. Tutib turish mud-
dati juda uzoq bo‘lmasligi kerak, aks holda austenit beynitga
aylanishi mumkin. Shundan keyin havoda uzil-kesil sovitish
lozim, bu vaqtda austenit martensitga aylanadi. Bosqichli
toblashda hajmiy o‘zgarishlar, tob tashlashlar va darz paydo
bo‘lish xavfi kamayadi. Tob tashlashga moyil detallar havoda
sovitish vaqtida to‘g‘rilanadi. Uglerodli po‘latlar uchun bos-
qichli toblash buyumning diametri ko‘pi bilan 10—12 mm,
legirlangan po‘latlar uchun esa 20—30 mm gacha bo‘lgandagina
tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |