3. Sezgi haqida ma’lumot
Sezgi deb tashqi olamdagi narsa va hodisalarning bevosita sezgi a’zolariga ta’siri tufayli yuzaga keladigan aks ettirish jarayoniga aytiladi.Sezgi mohiyatiga ko’ra ob’ektiv olamning sub’ektiv siymosidir. Lekin sezgilarning hosil bo’lishi uchun organizm moddiy qo’zg’atuvchining tegishli ta’sirga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o’zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. Sezgilar muayyan davr mobaynida retseptorga ta’sir o’tkazayotgan qo’zg’otuvchining o’ziga xos quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanishi natijasida hosil bo’ladi. Sezgilarning hosil bo’lishiga kuchli ta’sir qiladigan jarayonlarning ishtirokini o’rganishga bag’ishlangan ko’plab va ko’p qirrali tadqiqotlar olib borilgan.
Sezgi a’zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funktsiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonlarini bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog’langandir.
Sezgilar xilma-xil bo’ladi. Har bir sezgi turining sezish organi mavjud. Masalan, ko’rish sezgisi-ko’z, eshitish sezgisi-quloq, hid bilish sezgisi-burun, ta’m bilish sezgisi-til, teri tuyush sezgisi-muskullar. Sezgilar-aynan bir xil qo’zg’atuvchilarning aks ettirish shakllaridan iboratdir. Sezgilarning sifati, uzoq davob etishi va ko’p joylarda yuz berishi sezgi turlarining asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
Sezgilarning sifat, jadalligi, davomiyligi, joylarda yuz berishi kabi xususiyatlari bor.
4.Psixika haqida tushuncha
Psixologiya-bu insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda ularning psixikasini namayon bo ‘lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati to’g’risidagi fan.
Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi. An’anaviy ta’riflarda psixologiya fan sifatida ana shu “psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi”, - deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan obektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |