Psixologiyaning tarixiy rivojlanishi



Download 76,76 Kb.
bet18/37
Sana18.07.2022
Hajmi76,76 Kb.
#820690
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
nazorat javoblari

24. Idrokning xususiyatlari.
Idroknnig doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari o’zgarishiga qaramay, narsaga xos bo’lgan kattalik, shaql, rang va boshqa xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajasi o’zgarishiga qaramay, biz qorni oq, ko’mirni qora narsa sifatida idrok qilaveramiz. qizil chiroq ostida kitob sahifasi qizil bo’lib ko’rinsa ham uni oq deb, samolyotdan qaraganda erdagi odamlar va narsalar kichkina bo’lib ko’rinsa ham ularni odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. Kitob qanday ko’rinsa ham uni to’rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko’rinsa ham uni butun deb idrok qilamiz.
Narsalarning shaqli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok qilish amaliy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Idrokning konstantliligi tevarak atrofdagi narsalarni aslida qanday bo’lsa shundayligicha ob’ektiv ravishda bilishga imkon beradi.
Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining o’tmish tajribasiga bog’liq bo’lib, bu xususiyat appertseptsiya deyiladi.
Demak, idrok faqat narsaga emas, idrok etayotgan sub’ektning o’ziga ham bog’liqdir. Idrokda hamisha idrok etuvchi kishi shaxsining xislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, qizikishlari, intilishlari, istaqlari va his-tuyg’ulari u yoki bu tarzda aks etadi. (qandaydir shaqllarni «uchburchak», «aylana», «krujka» deb idrok qilish).

25. Xarakter haqida tushuncha.
Psixologiyada xarakter deganda shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida namoyon bo’ladigan, tipik sharoitlarida ko’rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyat yig’indisi tushuniladi. Xarakter termini fanda qadimgi yunoncha «tamg’a», «xususiyat» ma’nosini anglatadi. Teofrast o’zining xarakterga bag’ishlangan «Traktat»ida 30 xil xarakterni ko’rsatadi.
Xarakter-ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topi, shaxsning atrofdagi voqelikka va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatida ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig’indisi. Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xususiyatlari deyiladi.
Shaxsning individualligi psixik jarayonning o’tish xususiyatlarida (yaxshi xotira, xayol, zehni o’tkirlik va h.k.) va temperament xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Xarakter – shaxsning turmush tajribasida tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyatlar bo’lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Kishining xarakterini tashkil etuvchi individual xususiyatlar birinchi navbatda irodaga - (dadillik, qo’rqoqlik) va hissiyotga (xushchaqchaqlik, qovog’i soliqlik, tushkunlik va h.k.) taalluqli bo’ladi.
Xarakterning shaqllanishi shaxsning rivojlanish darajasiga ko’ra turli xildagi sharoitlar bilan qo’shilgan holda (oilada, do’stlar davrasida, mehnat va o’quv jamoasida, asotsial uyushmada va h.k.) yuz beradi. Uning uchun referent bo’lgan guruhda shaxsning individuallashuvi shaqllanadi. Kishining xarakterini bila turib, uning u yoki bu holatlarda o’zini qanday tutishini, kishi xulq atvorini qanday izga solishini oldindan bilish mumkin. Jumladan, o’quvchilarga jamoat topshiriqlarini taqsimlayotib, ularning nafaqat bilimlarini va malakalarinigina emas, balki xarakterini ham hisobga olish lozim.
Shaxsning individual xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, mag’rurlik, xudbinlshik, samimiylik, rostgo’ylik, bahillik, tortinchoqlik, quvnoqlik va hokazo. Xarakter hislatlari ikki katta guruhga bo’linadi:
1. Xarakterning ma’naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo’ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar.
Xarakterning irogdaviy hislatlar-maqsadga intiluv-chanlik, qat’iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o’z-o’zini tuta bilish kabilar.
Inson shaxsining xarakteri hamisha ko’p qirralidir. Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlari ajralib ko’rsatilishi mumkin, lekin ular bir birlaridan ajratilgan, alohida holda mavjud bo’lmaydi, balki, ma’lum darajada xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o’zaro bog’liq bo’ladi.
Kishining xarakteri, birinchidan, u boshqa odamlarga qanday munosabat bildirayotganida namoyon bo’ladi.
Ikkinchidan, kishining o’ziga munosabatida - obro’talablik va o’z qadrini xis qilish yoki kamtarlik.
Uchinchidan - xarakter kishining ishga munosabatida namoyon bo’ladi (vijdonlilik, ma’suliyat, ishchanlik, jiddiylik).
To’rtinchidan - xarakter kishining narsalarga munosabatida namoyon bo’ladi. (Narsalariga, kiyimiga va hokazo).
Xarakter xislatlari ichida eng ustun ko’zga tashlanadigan xususiyatlar majmui xarakter aktsentuatsiyasi deyiladi. (Surbetlik, molparastlik, vijdonsizlik rostgo’ylik, yolg’onchilik, saxiylik, ochko’zlik, dilkashlik va hokazolar).
Xarakter aktsentuatsiyasiga qarab odamlarni quyidagicha farqlash mumkin: introvert tip - odamovi, ichimdagini top, boshqalar bilan til topishga qiynaladigan tip, ekstrovert tip - his xayajonga berilganlik, ko’p gapiradigan, maqtanchoq, ko’p narsaga beqaror qiziqadigan tip.


Download 76,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish