22. Diqqat haqida umumiy tushuncha.
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalaming hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’iiqdir.Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’Ia aks ettiriladi.Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta’riflar keltirilganligini ta’idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob’ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalaming fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniailikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikmi doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga fdradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
23.Diqqatning xususiyatlari
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligL diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning mazkur xususiyatlari quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta’rif berib o’tamiz.Diqqatning kuchi va barqarorligiga ko’ra odamlaming diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlaming diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlaming diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi.Diqqatning kuchi va barqarorligi deb. odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma'lum muddat biror narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.Odamning diqqati bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga ham birdaniga qaratilishi mumkin. Ana shunday paytlarda diqqatning bo’linishi talab qilinadi. Demak, diqqatning bo’linishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishimizga aytamiz. Agar diqqatimiz bitta narsaga qaratilgan bo’isa, ya’ni diqqatimiz bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa, uni konsentra-siyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksincha agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan, diqqat deb yuritiladi.
Diqqatning ko’chuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ko’chuvchanligi diqqatning bo’lunuvchanligi bilan bog’liq xususiyatdir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga qaratilishi, ya’ni diqqatning bo’linishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez ko’chishidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |