2-ma’ruza:
Psixologiyaning ilmiy
tadqiqot metodlari
va metodologik asosi
2-ma’ruza: Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari
va metodologik asosi.
Reja:
1. Psixologiyaning tarmoqlari va fanlar tizimida tutgan o’rni.
2. Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga hosligi.
Tayanch so
`
z va iboralar:
Metod: asosiy: kuzatish, eksperiment, yordamchi: suhbat, so`rov, test,
korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o`rganish, egizaklar, B.G.Ananev
bo`yicha metod turkumi: tashkiliy, emperik, natijalarni qayta ishlash, sharhlash:
genetik, donalash, fan tarmog`i: umumiy, eksperimental, mehnat, ekstremal,
aviatsiya, pedagogik, ijodiyot, maxsus, muhandislik, yosh davri, zoopsixologiya
.
Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos
qilib olinadi:
1. Konkret faoliyat;
2. Rivojlanish;
3. Odamning jamiyatga, o’zi yashayotgan muhitga munosabatlari.
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya
sohalari-umumiy psixologiya, zoopsixologiya.
2. Kishilarga ta’sir etish, ularga ta’lim va tarbiya berish, psixik rivojlanishni
boshqarish, ya’ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o’rganadigan
soha psixologiyasi
(yosh
psixologiyasi, pedagogik psixologiya).
3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o’rganuvchi psixologiya-
mehnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik
psixologiya, savdo psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san’at psixologiyasi va h.
Bu tarmoqlar ichida yana bir qancha tarmoqlar ham
mavjudki, bular tegishli
soha odamlari uchungina zarurdir. Masalan, yosh psixologiyasi o’z navbatida
maktabgacha tarbiya psixologiyasi, kichik maktab yoshi psixologiyasi, o’smirlik
psixologiyasi, o’spirinlik psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, qarilik davri
psixologiyasi-gerontoliya singari tarmoqlarga ajralishi mumkin.
Hozirgi zamon psixologiya fani ko’p tarmoqli fanlar sohasi bo’lib o’z ichiga
40 dan ortiq nisbatan mustaqil tarmoqni oladi. Umumiy va ijtimoiy psixologiya
boshqa psixologik fanlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Umuman psixologiya fan sifatida ikkita asosiy funktsiyani bajaradi:
fundamental fan sifatida u psixologiya nazariyasini ishlab chiqaradi,
insonlar
psixikasining individual va guruhiy hamda uning ayrim fenomenlarini
qonuniyatlarini aniqlaydi; amaliy fan sifatida insonlarning kundalik va kasbiy
faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Demak, hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy bilimlar tizimida o’ziga xos o’ringa
ega. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
Borgan sari psixologiya texnik fanlar, insonning texnik
hayot faoliyati bilan
o’zaro aloqasi kuchayib bormoqda. Bu aloqada ikkala tomonlama bir-birini
to’ldiruvchi jihatlar mavjud.
Hozirgi zamon psixologiyasi ko’pgina fanlar kesishmasida, falsafa, tabiiy,
ijtimoiy va texnik fanlar o’rtasida o’rin egallagan, ular birgalikda muammolarni
echishlariga qaramay, bu ularning
mustaqillikdan mahrum qilmaydi, ular o’z
predmeti, o’zlarining nazariy tamoyil va predmetini o’rganish yo’llariga egalar.
Psixologiyada markaziy o’rinlaridan birida psixikani, uning mohiyati, kelib
chiqishi, mazmuni, namoyon bo’lish shakllari, funktsiyalari va h.larni
tushunish
turadi.