81
Shaxs asosiy shakllarining qisqacha psixologik tavsifi
.
Kvadrat.
Agar sizning shaklingiz kvadrat bo’lsa, demak,
siz hormas-tolmas
mehnatkashsiz. Mehnatsevarlik, tirishqoqlik, boshlagan ishni oxiriga yetkazishga
bo’lgan ehtiyoj, ishini tugallashga erishishga imkon beradigan qat’iyatlilik-
bular
haqiqiy kvadratlarni mashhur qiladigan narsalardir. Chidamlilik, toqat va ishni
ko’zini bilishlik odatda kavadratlarni o’z sohasida yuqori malakali mutaxassis
bo’lishini ta’minlaydi. Kvadratlarda informatsiyaga nisbatan
juda kuchli ehtiyoj
mavjud, ular turli-tuman ma’lumotlarning kolleksionerlari hamdir. Chunonchi bu
kolleksiya qayerda-miyadami yoki maxsus kartotekadami saqlanishidan qa’tiy
nazar, u juda tartibli saqlanadi. Barcha ma’lumotlar sistemalashtirilgan, javonlarga
ajratilgan. Kvadrat zarur informatsiyani shu zahotiyoq bera oladi. Shuning uchun
kvadratlarni haqli ravishda erudit (juda bo’lmaganda o’z sohasida) deb
hisoblashadi. Fikriy tahlil-kvadratlarning eng kuchli tomondir. Agar siz o’zingiz
uchun to’g’ri chiziqli shakl bo’lmish kvadratni qat’iy tanlagan bo’lsangiz, demak
shu narsa aniqqi, siz ”chap yarim sharli” fikrlovchilar tipiga kirasiz.
Kvadratlar
natijani tahmin qilishdan, ko’proq hisoblab chiqadilar. Ular fikrlash zanjirida
bironta xalqani tashlab ketmaydilar. Kvadratlar mayda ikir-chikirlarga haddan
tashqari e’tiborlidirlar. Aynan kvadratlar boshqa shakl egalari bergan buyuk fikrlar,
proyektlar va rejalarning barcha konkret detallarini ishlab chiqadilar.
Kvadratlar o’zgarmas tartibni yaxshi ko’radilar: har bir narsa o’z joyida bo’lishi
va o’z vaqtida amalga oshishi zarur. Kvadrat ”stoldagi
tartibsizlik-miyadagi
tartibsizlikdir” degan maqolga chin dildan ishonadilar. Kvadratning ideali –
rejalashtirilgan , oldindan aytish mumkin bo’lgan hayotdir, unga turli ”syurprizlar”
va voqealarnng borishi odatining buzulishi yoqmaydiu doimo odamlarni va
narsalarni o’z atrofida ”tartiblashtiradi” va tashkil etadi. Ushbu barcha sifatlar
shunga olib keladiki, kvadratlar juda yaxshi adminstrator bo’lishlari
mumkin va
bo’ladilar ham, lekin kamdan-kam hollarda yaxshi rahbar, menejer bo’lishadi.
Tabiiyki, yuqorida ko’rsatilgan barcha ustunliklar undagi ojiz tomonlar bilan
yonma-yon yuradi. Ikir-chikirlarga haddan tashqari berilganlik,
qaror qabul
qilishga qo’shimcha, aniqlovchi informatsiga ehtiyoj ularni tezkorlikdan mahrum
etadilar. Saranjom-sarishtali, tartib-qoida va odatlarga rioya qilish haddan tashqari
ortiqcha bo’lib ketishi mumkin. Qachonki, qaror qabul qilish vaqti kelsa, ayniqsa
bu qaror tavakkilchilik bilan yoki o’z obro’siga putur yetkazishi bog’liq bo’lsa,
kvadrat xoxlab yoki xoxlamay bu qarorni qabul qilish muddatini cho’zaveradi.
Bundan tashqari, ratsionallik, hissiy quruqlik va sovuqlik
kvadratga turli ayniqsa
yoqmaydigan shaxslar bilan aloqaga kirishishiga xalaqit beradi, bu narsa esda
odamlarni boshqarishda muvaffaqiyatga erishishda xalaqit beradi. Kvadrat amorf,
ya’ni ”chap qo’l nima qilayotganining o’ng qo’li bilmaydigan” holatda samarasiz
harakat qiladi. Ammo yaxshi tashkillashtirilgan,
ijro muddatlari belgilangan,
ma’lumotlar va asbob-uskunalardan foydalanish aniq bo’lgan, aniq talablar
shakllantirilgan va harakatning aniq ko’rsatmalari berilgan sharoitlarda kvadrat
qolgan shakllardan ustun bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: