5
tasavvur obrazlari bilan shaxsni asosiy xususiyatlari bog‘liq ekanligini isbotlab
bergan.
Sobiq sovetda T.Rorshaxning ismi ilk bor 20- yillarda qo‘llanilgan. Asosan
Rorshaxni metodikasi shaxsdagi anomal holatlarni aniqlashga qo‘llanilgan.
Proektiv metodikalarni tarixini xronologiyasini davom etgan holda, biz 1935 –
yildagi jurnalda ikki avtorni chop etgan “Tematik Apperseptiv Test” (TAT)
3
ma’lumot berishimiz aniq. Bu test tasavvurni eksperimental jihatdan o‘rganishga
mo‘ljallangan bo‘lib, S. Morgan va T. Myurray tomonidan yaratilgan. Bu metod
xuddi Rorshax metodi kabi o‘zini “old tarixiga” ega. Psixolog va psixiatrlarga
syujetli rasmlar yordamida shaxslarni moyilliklari, psixikani potologiyasini
aniqlashda va bu metod qodir ekanligi oldindan ma’lum edi.
T.A.T. ni paydo bo‘lishi bilan hozirgacha ham ubilan aynan uni
prognostikligi (bashoratliligi) haqida turli savollar mavjud. 30-50 yillarda
o‘tkazilgan tadqiqotlar Myurrayni TATdagi hikoyalardagi frustratsiyasi yoki
cheklangan “men” ehtiyojlari aks etilishini isbotlab bergani tasdiqlandi. Bedorlik,
sensual deviatssiyalar, omad va omadsizliklar TAT javoblariga bevosita ta’sir
qiladi.
Xromologiyaga qaytadigan bo‘lsak. Lourens – Frenkni 1939-1948 yillarda
ishlaganiga e’tibor berishimiz shart. U proektiv psixologiyani asosiy prinsiplarini
birinchi bo‘lib shakllantirgan. U “proeksiya” terminini shaxsni tadqiq qilishda
maxsus metodikalar guruhi deb ishlatgan. Uni fikricha proektiv metodikalar bu –
shaxsni ichki dunyosini, hissiyot, hayol, kutilmalarini ochishga yo‘naltirilgan
metodika, balki real hulqni ekspress – diagnostikasi emas.
Eksperimentlarga “yangi qarash” paydo bo‘lib, 40 – 50 yillarda Rorshax va
TAT testlarini nazariy isbotlari shakllana boshladi.
Stimulli sharoitlarni noaniqligi proektiv metodikalarini klinik tafakkurni
“psixoanalitik stil” metodi bilan bog‘lashga olib keldi. SHaroitlar qanchalik
noaniq bo‘lsa (ya’ni, reallikni bosimi qancha kam bo‘lsa) psixik faollik shuncha
ko‘p o‘zini “birlamchi” psixik jarayonlariga (tasavvur, gallyusional) bu jarayonlar
esa roxatlanish prinsipi bilan harkatlanadi. Hamma tadqiqotchilar ham ortodoksal
taxlil yo‘nalishiga yondashmagan edi. “Ego psixologiyasi” va anik klinik
eksperimentlarni rivojlanishi proektiv yondashuvni yangi nazariy paradigmasini
shakllanishiga olib keladi. Katta hissani amerikalik klinik psixologi D.Rapporort
qo‘shgan. SHunda u o‘z izdoshlari qilgan proektiv javoblarni stimulli xarakterini
rolini o‘rgana boshladilar. TAT da bir qator jadvallar ko‘rsatilib, ular standart
mavzularni qo‘zg‘atganlar – suitsid, dipressiya, seksual deprivatsiyalar va seksual
nafrat.
Rorshar testi va TAT va proektiv metodikalardan amaliyotda eng ko‘p
tarqalganlaridan hisoblanadi. SHuni ham ta’kidlashadiki, bu metodikalar bir
birlarini juda yaxshi to‘ldiradi, ular shaxsni shakliy, formal aspektlarini
aniqlashadi: individual kognitiv stil, nazorat va affektiv reaksiyallar usullari, va
mazmunli aspektini aniqlashadi: ehtiyojlar sturkturasi, nizoli kechinmalarni
mazmuni, “Men” va atrofdagilarni appersepsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: