Psixologiya va gumanitar fanlar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/71
Sana26.06.2022
Hajmi1,39 Mb.
#706612
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
Proyektiv metodika seminar ishlanma

Motivlarning turlari.
Motiv kengroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan 
to’rgan moyillik xozirlikni tushuntirib beruvchi sabablarni nazarda tutadi. Maphur 
nems olimi Kurt Levin motivlar muammosi ayniqsa shaxsdagi ijtimoiy xulq 
motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani 
aniqladiki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va 
baholashga moyil bo’ladi. Konkret vaziyat xususiyadagi turli shaxslarning baholari 


27 
ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, 
kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga 
moyil bo’lar ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini 
o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimunlarga uning bergan bahosi yoki 
reaksiyasi sifatida qaramay, balki, unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga 
ichki bir hozirlik dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. 
Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardagi orttirilgan tajribaga 
tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida 
shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika 
oliygohlarida: “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni 
o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali 
kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga 
nisbatan 
ustanovka shakllanadiki
, albatta bu kurs qiyin, uni olib boruvchi 
o’qituvchi o’ta talabcha, qattiaqqo’l va xokazo. Bunday motivatsiya mana necha 
avlord talabalari boshdina kechirayotgan holat. Endi aniq shaxsning dars jarayoni 
boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq 
talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida 
darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun bu darsdan keyin dars yo’q va u 
qachon shu semestr tugushini kutib harakat qiladi. 
Motivni o’rganish hozirda psixologiya va pedagogikaning asosiy markaziy 
muammolaridan biri hisoblanadi. Motivni o’rganish bo’yicha olimlarimiz 
anchagina yutuqqa erishgan bo’lishsada, uni tizimga solish aniq yo’nalishlar ishlab 
chiqilmagan. Motivni tizimga solish, uning me’zonlarini ko’rsatib berish bo’yicha 
ijtimoiy 
va 
bilishga 
oid 
ayrim 
turlari 
ishlab 
chiqilgan: 
Keng doiradagi ijtimoiy motivlar (burch, javobgarlik, o’qishning ijtimoiy o’rnini 
bilish) shaxsning jamiyatdagi o’rni va moslashishini belgilab beradi; 

Tor doiradagi ijtimoiy motivlar (kelajakdagi birorta mansabga erishish, atrofdagilar 
e’tiborida bo’lish o’z mehnatiga yarasha taqdirlani;) 

Ijtimoiy hamkorlik motivlari (sudda o’z o’rni, holatiga ega bo’lish, atrofdagilar 
bilan o’zaro munosabat turlariga yo’nalganlik;) 

Keng bilish motivlari (bilim egallashning yo’llarini bilish, aniq bir o’quv fanini 
o’rganish;) 

O’z ustida ishlash motivlari (qo’shimcha bilim olishga yo’nalganlik;) 
Motiv tushunarli va tushunarsiz, anglangan va anglanmagan bo’lishi mumkin. Har 
qanday motivlar orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Maqsadli hayotda shaxsda 
avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va ayynan ularning tabiati va zaruratiga 
bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv 
faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, bilim olish, qiziquvchanlik 
ehtiyojini paydo qiladi. 
Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. 


28 
Umuman har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki gurpuhga bo’lish 
mumkin: 
1.
Biologik ehtiyojlar – bu fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu) jinsiy moslashuv 
ehtiyojlari. 
2.
Ijtimoiy ehtiyojlar – 
mehnat qilish
, bilish, estetik va axloqiy ma’naviy ehtiyojlar. 
Umuman shaxs xulq motivi haqida gap ketganda uning ikki tomoni ya’ni elementi 
ajratiladi. Harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishning 
vositalariga aniqlik kiritadi. Dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga 
erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur hech narsa bermaydi. Masalan, ota-
onaning bolaga shartlar qo’yib o’z idealidagi shaxs qilishi uchun qat’iy nazorati 
oqibatida keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan qaysar, ijtimoiy sharoitda 
qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, 
ehtiyojlar movufiqlashtirilgan aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq 
jamiyatga mos bo’ladi. 
Motivlardan biri turli hil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib, 
bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Makleland, D.Atkinson va 
nems olimi X.Xekxauzenlar. ularning yikricha odamda turli ishlarni bajarishni 
ta’minlovchi ikki turdagi motiv bor: 
1.Muvaffaqiyatga erishi motivi. 
2.Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi. 
Motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga odamlarga va o’z-o’ziga 
munosabatlardan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish