Psixologiya va gumanitar fanlar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/71
Sana26.06.2022
Hajmi1,39 Mb.
#706612
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
Proyektiv metodika seminar ishlanma

 
Aylana. 
Geometric jihatdan aylana- bu garmoniyaning afsonaviy simvolidir. 
Ishonch bilan o’zining asosiy shakli sifatida aylanani tanlagan odam eng avvalo 
yaxshi shaxslararo munosabatlar tarafdoridir. Aylana uchun eng yuksak qiymat- 
odamlar, ularning baxti. Aylana beshta shakl orasida eng ochiqko’ngilidir. U 
ko’pincha ish jamoasini ham, oilani ham mustahkamlab turuvchi “yelim” 
vazifasini bajaradi, ya’ni guruhni stabillashtiradi.
Aylanalar beshta shakl orasida eng yaxshi kommunikatorlardir., chunki, ular 
eng yaxshi tinglovchilardir.(uchburchak ham yaxshi kommunikator, lekin ular 
boshqalardfan ko’ra ko’proq o’zlarini tinglaydilar). Ular yuqori sezgirlikka egadir. 
Rivojlangan empatiya-hamdard bo’la olish, boshqa odamlarning hissiy 
kechinmalariga hissiy sherik bo’la olish qobiliyatiga egadirlar. Aylana 
boshqalarning quvonchini, boshqalarning qayg’usini o’zinikidek his qiladi. 
Tabiiyki, odamlar aylanaga intiladilar. Aytish kerakki, aylanalar odamlarni juda 
yaxshi “O’qib oladilar” va bir daqiqadayoq mug’ombirlarni, aldoqchilarni bilib 
oladilar. Aylanalar o’z jamoasi uchun kurashadilar va hamkasabalari orasida 
yuqori mavqega ega bo’ladilar. Ammo ular odatda, biznes sohasida kuchli menejer 
va rahbar bo’la olmaydilar.
Birinchidan, aylanalar ishdan ko’ra ko’proq odamlarga yo’nalganliklari uchun 
har bir odamga yoqishga juda harakat qiladilar. Ular tinchlikni saqlashga harakat 
qiladilar va shuning uchun ham ba’zida “qattiq” pozitsiyani egallashdan hamda 
hammaga ham ma’qul kelavermaydigan qarorlarni qabul qilishdan qochadilar. 
Aylana uchun shaxslararo konfliktga kirishishdan ham og’ir narsa yo’q. hamma 
odam bir-birlari bilan kelishib yursa, aylana baxtli bo’ladi. Shuning uchun aylana 
kim bilandir konfliktga kirishsa, aynan aylana birinchi bo’lib, yon berish ehtimoli 
kuchli. Boshqalar bilan yarashish,-xulq-atvorning tipik “ay;lanaviy” belgisidir. Bu 
belgi boshqalarga xursandchilk keltirsa, aylanani esa o’z hamkasblari orasida 
taniqli qilsada, haddan ziyod yon berishlar aylananing o’ziga bo’lgan hurmatining 
yo’qolishiga, o’z-o’zini ayblash tendensiyasining kuchayishiga olib kelishi 
mumkin. 
Ikkinchidan, aylanalar qat’iyatlilik bilan ajralib turmaydilar. Agar ularga 
boshqaruv zarur bo’lib qolsa, ular rahbarlikning yaqqol demokratik uslubini ustun 
qoyadilar va har bir qarorni ko’pchilik bilan muhokama qilishga hamda ularni 


85 
qo’llab-quvvatlashlariga tayanishga intiladilar. Ma’lumki, bu narsa har doim ham 
o’zini oqlamaydi: yaxshi imkoniyatni boy berishi mumkin. Bundan tashqari 
aylanalar “siyosiy oyinlar”da ojizlar, ko’pincha o’zlarini va “guruhini zarur tarzda 
ko’rsata olmaydilar. Bu hammasi shunga olib keladiki, ko’pincha aylanalarni 
kuchli shaxslar masalan, uchburchaklar o’ziga qaratib oladilar, natijada ularni 
manipulyatsiya qila oladlar. Aylanalarning baxti shundaki, ular hokimiyat 
kimnining qo’lida ekanligidan unchalik xavotir olmaydilar. Asosiysi, hammaning 
ko’ngli to’q bo’lsa va atrofda tinchlik hukm sursa bas.
Ammo bitta narsada aylanalar havas qilgudek qattiqlik namoyon qiladlar. 
Agarmasala axloq va haqiqatning buzulishiga borib taqalsa, aylana odamlarning 
ehtirosli himoyachisiga aylanadi. Bunda aylanalar agar xohlasalar, juda ishonarli 
bo’lishlar mumkin. Odatga ko’ra, ularning shaxslararo konfliktlarni a’lo darajada 
yechishlarida ulardagi alohida fikrlash shakli “aybdor”.
Aylana to’g’richizqli bo’lmagan shakldir. O’zini sihonch bilan aylanaga 
taaluqli deb hisoblaganlar “o’ng yarim sharli” fikrlovchilarga xosdir. “O’ng yarim 
sharli” tafakkur- obrazliroq, emotsional tusli bo’lib, unda tahlil qiluvchanlikka 
nisbatan integrativlik ustundir. Shuning uchun ham aylanada informatsiyani qayta 
ishlash kvadratdagi, uchburchakdagi singari ketma-ketlikda bo’lmay balki ko’proq 
mazoik, uzuq-yuluqroq shakllarda bo’ladi. Bu aylanalar mantiqni yoqtirmaydi 
degani emas. Ularni hayotiy muammolarni hal etishda formalizmlar yetakchi emas. 
Insoniy munosabatlar sohasida ular uchun asosiy narsa muammoning subyektiv 
omillariga e’tiborini qaratish, ya’ni hatto qarama-qarsh nuqtai-nazarlarda ham 
umumiylikni topishga intilishdir. 
Aytish mumkinki, aylana-tug’ma psixolog. Ammo, katta biznesni boshida 
turish uchun aylanaga tashkilotchilik ko’nikmalari yetishmaydi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish