Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz
23-Seminar mavzusi: Inson psixikasini ta’riflashda naturalizm va K.D.Ushinskiy g‘oyalari. (2soat)
Reja:
1. Inson psixikasini belgilab beruvchi ta’lim psixologiyasi haqidagi qarashlar
2. K.D.Ushinskiy g‘oyalari.
Hozirgi vaqtda psixologlar, pedagoglar hamda metodistlar bilan birgalikda ta’lim ishlari va o‘quvchilarga tarbiya berishning saviyasini ko‘tarishga
yordam berishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilishga e’tibor bermoqlari kerak.
Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi masala shunday muammolar jumlasidandir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyati o‘quv
materialining mazmunigagina, ta’lim-tarbiya metodlarigagina bog‘liq emas.
Bu muvalfaqiyat ko‘p jihatdan o‘quvchining qanday o'qiyotganligini bilishga,
ya’ni o‘quvehining yosh xususiyatlariga, dastlabki aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq bilim va malakalar o‘zlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga ham bog’liqdir. 0‘quv materiali mazmunini tanlash, o‘quv
programmalari va rejalari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tuzish, shuningdek,
maktab ta’limining har xil bosqichlarida turli o‘quv predmetlari bo’yicha
o‘qitish metodlari sistemasini tashkil qilish va tanlash ham ko‘p jihatdan
ta’limning psixologik asoslarini bilishga va hisobga olishga bog‘liq.
Umumiy ta’lim predmetlari bo'yicha ta’lim psixologiyasi sohasidagi
ishlar chet ellarda va Rossiyada XIX asr o’rtalaridan boshlab o’tkazila
boshladi. Ta’limni psixologik jihatdan asoslash masalalari K.D. Ushinskiyning barcha pedagogik asarlarida muhim o‘rin egallagan.
Hozirgi vaqtda ta’lim psixologiyasi va xususiy metodlarni psixologik
jihatdan asoslash bo‘yicha bizda ko‘p eksperimental ishlar o'tkazilayapti.
Biroq bu ishlar hozircha maktabning o‘quv materiali mazmunini belgilash,
ayniqsa, yangi, yanada samarali o'qitish metodlarini qidirish bilan bog‘liq
bo‘lgan, tez o‘sib kelayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shuning uchun
ham psixologiyaning hozirgi vaqtdagi eng muhim vazifasi ta’lim psixologiyasi
masalalarini yanada chuqur ishlab chiqishdan iboratdir.
Bu masalalarning ishlab chiqilishi uch rejada olib borilishi kerak.
Ta’lim psixologiyasining umumiy masalalari — ta’limda xotira, tafakkur,
nutq, xayol, irodalarning roli hamda o’quvchilarning individual xususiyatlari: temperamenti, xarakteri, qiziqish-havaslarining ahamiyati.
Sinflar bo‘yicha bolalarning yosh xususiyatlariga binoan ta’lim psixologiyasi masalalari (1-sinfdagi ta’limning psixologik asoslari, 2-sinfdagi
ta’limning psixologik asoslari va hokazo).
0 ‘quvchilarning yosh xususiyatlari va o‘quv predmetlari (matematika,
geografiya, tarix kabilarjning xususiyatiga binoan ta’lim psixologiyasi masalalari.
Ta’lim-tarbiya amaliyotida yana bir qancha masalalar borki, ulami hal
qilishda ham psixologlar ishtirok etishlari kerak. Masalan, o‘quvchilaming
o‘quv vaqtini, darsda o’tiladigan o‘quv materialining hajmini, uy vazifasining
hajmini qanday qilib unumli taqsimlash mumkinligi haqidagi masala bolalarning internet sharoitidagi hayotining ta’lim va tarbiya jarayoniga ta’siri
va shu sharoitda bola shaxsini shakllantirish haqidagi masala: maktabinternatlarda va kuni uzaytirilgan maktablarda o‘quvchilar mustaqil
mashg‘ulotlarini tashkil qilish haqidagi masala. Ta’lim berish va rivojlantirish
haqidagi, boshqachasiga aytganda, rivojlantiruvchi ta’lim haqidagi masalani
ham juda dolzarb deb hisoblamoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |