Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida.
Maqsad va vazifa
|
Psixologiya faniga kirish, tabiiy va ijtimoiy fan sifatida uning hayotdagi o’rni haqida nazariy bilim, malaka yo’llari ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash
|
O’quv jarayonini mazmuni
|
Talabalarga yangi bilim berish
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari
|
Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Tur: “Rezyume”
Vosita: Ko’gazmali material, manbalar.
Usul: Og’zaki ko’rgazmali.
Nazorat: Og’zaki
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida
|
Kutiladigan natija
|
O’qituvchi:Talabalada_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish.
|
Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)
|
O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.
|
8-mavzu.
Psixologiya kursidan laboratoriya mashg’ulotlari tashkil etish metodikasi.
Reja:
Psixologiyadan o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlarining axamiyati.
Psixologiyadan o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar.
Laboratoriya mashg’ulotlarining turlari.
Laboratoriya mashg’ulotlari samaradorligini oshirish omillari.
Tayanch tushunchalar:laboratoriya mashg’ulotlari,turlari,mashg’ulot ishlanmasi,hisobot daftari.
Laboratoriya mashg’ulotlari psixologiya kursining o’qitishning muhim tarkibiy qismidir. U talabalar egallagan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustaxkamlaydi va konkretlashtiradi.
Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar psixologik tatqiqot o’tkazishning sodda metodlari va usullarini o’rganib boradilar. Keyinchalik ular bu metotlarni kundalik pedagogik faoliyatlarida qo’llashlari mumkin. Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalarning o’zlari sinaluvchi sifatida ishtirok etadilar va ishtirok etayotgan eksprementlarini mustaqil o’tkazishga o’rganadilar. Tajribalarda qatnashish, turli hil test topshiriqlarni bajarish har doim talabalarda qiziqish uyg’otadi.CHunki bu chora – tadbirlar ularning o’zlariga o’zlarini bilish va o’z psixologik hususiyatlarini diagnostika qilish imkoniyatini beradi.
O’z bilimlarini talabalar xilma xil psixologik masalalarni echishda namoyish etishlari mumkin. Psixologik masalalarni echish jarayonida talabalar egallanayotgan bilimlar bo’lajak faoliyat uchui qanchalik muhimligiga yaia bir bor amin bo’ladilar. Talabalarga masalalarni tushuntirish orqali o’qituvchi materiallarning o’zlashtirilish darajasini tekshirish imkoniyatiga xam ega bo’ladi.
Amaliy mashg’ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabalarga tez o’z bilimlarini tekshirish uchun sharoit yaratadi. Bu esa talabalarning o’z o’ziga beradigan baxosini shakllantiradi va o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi.
Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlardan xilma xil faoliyat turlarida foydalanish mumkin. Qanday faoliyat turining tanlanishi mavzu xarekteri, o’qituvchi imkoniyatlari va sharoitiga bog’liq bo’ladi. Biroq xar qaysi amaliy mashg’ulot boshida o’qituvchi talablarining nazariy tayyorgarligini tekshiradi. Tajribalar jarayoni va natijalarini yozib borish uchun talabalar ikki xil- qoralama va xisobot daftarlarini tutishlari kerak.
Qoralama daftarga tajriba davomida zarur qaydlar yozib boriladi, so’ngra ular tartibga keltirilib xisobot daftariga ko’chiriladi.
Mashg’ulotlarining maktabdagi material , ya’ni turli metodikalar yordamida maktabda olingan natijalar asosida tashkil etilgani ma’qul. Bu talablarning o’quvchi psixologiyasi bo’yicha bilimlarini chuqurlashtiradi va uning yosh davrlari psixologiyasi masalalariga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
Tadqiq uchun berilgan xar bir topshiriqni ikki nafar talaba yoki pedagokika bilim yurti o’quvchisi bajaradi. Ularning biri tadqiqotchi, ikkinchisi qaror (protokol) yozuvchi rolini bajaradi. Ko’pincha rollar o’zaro almashtirib turiladi.
Tadqiqotni boshlashdan oldin bolalar psixologiyasining xar bir bo’limlariga tegishli bo’lgan zaruriy adabiyot materiyallari bilan chuqur tanishib, tadqiqot qaysi yoshdagi bolalar bilan o’tkazilgan bo’lsa, shu yoshga xos bo’lgan xususiyatlarini o’rganib chiqiladi. Har qaysi eksperimental juftlar istalgan yoshdagi ikkita bolani tanlab, ular bilan tekshirish o’tkaziladi va psixologik o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Psixologik topshiriqlarini bajarishda tekshirilayotgan xar bir bola uchun aloxida maxsus daftar tutib, kuzatish va o’tkazilgan tajribalarning natijalari yozib boriladi. So’ngra bu natijalar tahlil qilib chiqiladi.
Qo’lga kiritilgan miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarga asoslangan xolda ilmiy hulosalar chiqarib, ular asoslab beriladi. So’ngra xar bir tadqit qilingan bola to’g’risida olingan ma’lumotlar qiyosiy taxlil qilinib, umumiy xulosa chiqariladi. Tadqiqot natijalarini umumlashtirishda ko’lga kiritilgan faktlar va ma’lumotlarni yosh davrlar psihologiyasining nazariy asoslari bilan bog’liq holda tushintirib berish kerak. Mazkur tadqiqotlarni maktabgacha tarbiya muassalarda va boshlangich sinflarda o’tkazish maqsadga muvofiq.
Laborotoriya mashg’ulotlarida xilma-xil faoliyat turlaridan foydalanish mumkin.Qanday faolicht rurining tanlanishi mavzu xarauteri,o’qituvchi imkoniyatlari va sharoitga bog’liq bo’ladi.Biroq har qaysi laboratoriya mashg’uloti boshida o’qituvchi talabalarning nazariy bilimlarini tekshiradi.Ttajribalar jarayoni va natijalarini yozib borish uchun ikki xil qoralama va hisobot daftarlarini tutishlari kerak.Qoralama daftarga tajriba davomida zarur qaydlar yozib boriladi,so’ngra ular tartibga keltirilib hisobot daftariga ko’chiriladi.
Quyida umumiy psixologiyadan o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotining taxminiy ishlanmasini keltiramiz:
Laboratoriya mashg’uloti №1.
Psixologiya metodlari.
1.talabalar bilan psixologiyada metod,metodika va metodologiya tushunchalarining ma’nolarini muhokama qilish.
2.Talabalarga ayrim so’rovnomalar namunalarini taxlil qilishni taklif etish.
3.Test metodini o’rganish maqsadida talabalar qo’liga SHTUR(yoki MATT-maktab aqliy taraqqiyot testi) testini berish.Agar har bir talabaga ushbu yoki boshqa testni berish imkoniyati bo’lmasa,test savollarini o’qib berish, talabalar esa, barcha savollarning tartib raqamlarini qo’yib,tegishli variantlar yordamida javob beradilar va javoblarni tegishli tartib raqami oldiga yozib qo’yadilar.Ish so’ngida o’qituvchi test kalitini beradi.
Savollar-vazifalar:
1. Nima uchun kuzatish va eksperiment metodlari psixologiyaning asosiy metodlari bo’lib hisoblanadi?
2. Inson psixikasini o’rganishning metodlari haqidagi quyidagi fikrlarni o’zaro solishtiring. Ularning qaysilariga qo’shilasiz, qaysi biriga qo’shilmaysiz? Nima uchun? (o’qituvchiga eslatma: fikr muallifini darhol aytmaslik kerak)
“Psixik jarayonlarni bilishning yagona manbai o’z-o’zini kuzatishdir” (G.CHelpanov)
“Odamning haqiqiy xarakteri kulganidagina chinakamiga namoyon bo’ladi” (I.Gyote)
“Psixik faoliyat doim muayyan harakatlar,nutqiy reaktsiyalar,ichki a’zolar faoliyatining o’zgarishida o’zining ob’ektiv aksini topadi” (I.M.Sechenov)
3. Odamning xafa yoki xursand ekanini o’zi aytmasa nimadan bilishimiz mumkin? Bunda bilishning qanday metodlaridan foydalanamiz?.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Psixologiyadan o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlariga qanday talablar qo’yiladi?
2. Laboratorya mashg’ulotlarida qatnashish talabaga nima beradi?
3. Laboratoriya mashg’ulotlaridan qaysi faolicht turlarida foydalaniladi?
4. ”Qoralama daftar” va “Hisobot” daftarlari qanday yuritiladi?
5. Ilmiy xulosalar qanday ko’rsatkmchlarga asoslanishi kerak?
6. Umumiy psixologiyadan “Sezgilar” mavzusi bo’yicha laboratoriya mashg’uloti ishlanmsini tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |