O’quv faoliyati natijalari:
1. “Ta’lim mazmuni” tushunchasini va ta’lim mazmunini belgilashga doir yondashuvlar mohiyatini tushunib olishadi.
2. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi zamonaviy g’oyalarni o’zlashtiradilar.
3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjatlarni o’rganadilar hamda ular bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishadi.
4. Darslik va o’quv qo’llanmalarning ta’lim mazmunini yoritishdagi ahamiyati haqida aniq xulosalarga kelishadi.
Ta’lim metodlari
|
Tushuntirish, suhbat, aqliy hujum, blis-so’rov, muqobilini tanlab olish testi, asoslangan esse.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Individual va guruhlarda ishlash.
|
O’quv vositalari
|
Uslubiy qo’llanma, proyektor, markerlar, tarqatma materiallar
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
|
Nazorat va baholash
|
Yozma (topshiriqlarni daftarga yozish) va og’zaki (izohlash, bayon etish va tushuntirish) nazorat; besh ballik shkala asosida baholash.
|