Jamiyat
|
Maktab
|
Jamiyatni yangilash.
|
Pedagogik jarayon ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni insonparvarlashtirish.
|
Demokratiyalashtirish.
|
Hamkorlik:
O’qituvchi-o’quvchi.
O’qituvchi - pedagogik jamoa.
O’quvchi - o’quvchi.
|
Xo’jayinlik tarbiyasi.
|
Har bir o’quvchining shaxsiy mas’uliyati, har tomonlama rivojlanish.
|
Hamma narsa o’qituvchining o’quvchilar bilan mohirona maqsadga muvofiq munosabatlarni o’rgatishga bog’liq, chunki bunday munosabatlar o’z navbatida ijodiy muloqotni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ko’pchilik 25 % o’qituvchi o’zining maktabdagi yetakchilik rolini anglamaganligi uchun hamma aybni o’quvchilarning “tarbiyasizligi” ga to’nkaydi.
Muomala - pedagogik faoliyatning muhim kasbiy quroli bo’lib, olimlar A.A.Kovalev, N.B.Kuzmina, U.A.Kan-Kalik, A.A.Leontyev, A.N.Mudrik, A.U.Sherbakovlar muomalaning o’qituvchi faoliyatida muhim rol o’ynashini isbotlashgan.
Pedagogik muomala - bu o’qituvchining o’quvchilar bilan dars va darsdan tashqari paytdagi qulay psixologik holat yaratish maqsadida olib boradigan kasbiy muloqoti.
Pedagogik muomala ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funksiyalarga ega: shaxsni anglash, axborot almashuv, faoliyatni tashkil etish, rol almashtirish, hamdardlik, o’z qadrini bilish, ishtirokchilarni almashtirish, kechinmalar hosil qilish, o’zida ishonchni shakllantirish va hakozo.
Axborotlarning almashinish funksiyasi materiallarning va ma’naviy sifatlarni almashtirish, ta’lim-tarbiyaviy jarayonni rivojlantirish, ichki ijoboy o’zgarishlarni hosil qilish, hamkorlikda bilishga oid qidiruv hamda ongli fikrlashga zarur sharoit yaratadi. .
Pedagogik muomala tuzilishi. 1) Pedagog tomonidan sinf bilan bo’ladigan muomalani modellashtirishi (pragnostik bosqich).
2) Dastlabki o’zaro faoliyatga kirishuvdanoq bevosita muomalaga kirishuv (kommunikativ hukum).
3) Pedagogik jarayonda muomalani boshqaruv.
4) Kelajakdagi faoliyatni inobatga olgan holda qo’llanilgan muomala sistemasi va modellashtirishni tahlil qilish.
Noto’g’ri pedagogik muomala o’quvchilar qo’rquvini, ishonchsizligini, diqqati, xotirasini bo’shashtiradi, bilish qobiliyatini pasaytiradi, mustaqil fikrlashni susaytiradi va salbiy xulq-atvorini shakllantiradi. Natijada o’quvchida o’qituvchi va predmetga nisbatan munosabat shakllanadi. Pedagogik faoliyatda o’qituvchi va o’quvchilar hamkorligidagi uning samaradorligini ta’minlaydi. A.S.Makarenko o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlarida asosiy narsa talabchanlik va hurmat bo’lishi kerakligini alohida ta’kidlagan. Suxomlinskiy quyidagi mahoratni o’qituvchi “Maktab partalaridan aytilgan har bir so’z o’ylantiradigan donishmandona, maqsadga yo’naltirilgan, to’la ma’noli bo’lmog’i kerak”.
Do'stlaringiz bilan baham: |